Standart zinapoyalar uchun ajratilgan joy zinapoyaxona deyiladi va
uning kengligi 6000 mm, eni 2000 mm bo‘lib,
balandligi qavatlaming
soniga bog‘liq. Bu oMchamlar o ‘rtacha hisoblanadi. Zinapoyalaming
chizmasini chizish, masalan, birinchi qavat eshigiga zinapoya maydon-
chasi ajratiladi. Ikkinchi tomonda ham qavatlararo zinapoya maydon-
chalarining o ‘rtasida maydoncha ajratiladi. Qolgan masofa 10
qismga
b o‘linadi. Uning bir bo‘lagi chap va o ‘ng tomondagi maydonchalarga
qo‘yilib, 14.11-shakldagidek tutashtirilsa, zinapoya qiyaligi kelib chiqa-
di. Endi har bir zinapoya bo‘lagini qiyalik chizig‘i bilan kesishgan
nuqtalardan gorizontal chiziqlami keyingi
boiakkacha chizib chiqilsa,
zinapoya pog‘onalari hosil bo‘ladi. Zinapoya marshlarining balandligi
150 mm, oyoq qo‘yadigan joyining kengligi 300 mm dan iborat.
14.12-shaklda:
a - zinaxonaga kirish yoki chiqish pandusning plan-
dagi,
b, d - zinapoyani chizish bosqichlari,
e, f g
pastki, o ‘rtadagi,
ustki marshlarning plandagi tasviri berilgan.
Tomlar. Ular chordoqli va chordoqsiz b o iad i. Chordoqli tomlarda
yog‘och yoki temir-betondan yasalgan fermalar ustiga qoqilgan reykalarga
tunuka, shifer yoki yom g‘ir o ‘tkazmaydigan materiallar yopiladi. Tomlar
bir, ikki va to‘rt nishabli yoki chodirsimon b o ‘lishi mumkin.
Bitta tomda
uning nishablari birxil olinadi. Shuning uchun planda tom burchaklaridan
45° burchak ostida chiziq o ‘tkazib, yopilma qirralari, ya’ni nishablaming
o ‘zaro kesishish chiziqlari aniqlanadi (14.13-shakl).
Tomlar turli tabiat hodisalari (yog‘ingarchilik, quyosh issiqligi,
shamollar)dan saqlash uchun xizmat qiladi.
Tomlaming nishabi tom
yopadigan materialga va mahalliy sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Tom-
lami yopish oldidan har xil konstruksiyalarda asoslar tayyorlanadi
(14.14- shakl).
Deraza va eshiklar. Bino qurilishi paytida deraza va eshiklar uchun
maxsus joylar qoldiriladi. Yirik panelli imoratlarda deraza romlari
bir y o ‘la zavodning o ‘zida o'rgatiladi. Deraza va eshiklar o ‘matilish
joyiga
qarab bir qavatli, ikki qavatli, bir tabaqali, ikki tabaqali va bir
yarim tabaqali bo'ladi. Bulardan tashqari ular maxsus
buyurtma asosida
yasalishi mumkin. 14.15-shakl,
a da deraza,
b da eshiklaming fasadda,
14.15-shakl,
d da ulaming planda tasvirlanishi ko‘rsatilgan.
Pechkalar. Bitta qozon orqali bitta yoki bir nechta binolarni suv
bilan
isitish
markaziy, bevosita xonani pechka bilan isitish
mahalliy
407