-§. Texnik detallarni shakllantirish




Download 13,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/237
Sana11.12.2023
Hajmi13,35 Mb.
#116299
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   237
Bog'liq
Chizmachilik.I.Raxmonov. 2016

2-§. Texnik detallarni shakllantirish
Detallar quyma, bolg'alash, shtamplash, dastgohda ishlov berish yo ‘-
li bilan tayyorlanadi. Detal modelining shakli qancha sodda bo‘lsa, u 
shuncha oson tayyorlanadi va arzonga tushadi.
Mashinasozlik amaliyotida tekis sirtli va aylanish sirtli detallardan 
ko‘proq foydalaniladi. Chunki mavjud stanok (dastgoh)larda ulami tez, 
oson va arzon tayyorlashga erishish mumkin. Frezerlash, randalash, 
zarblash, revolverlik va tokarlik dastgohlarida tekis va aylanish sirtlariga 
osongina ishlov beriladi.
Murakkab tuzilishga ega bo ‘lgan detallar quyish yo‘li bilan hosil 
qilinadi. Detal individual va kam seriyali ishlab chiqarishda po‘lat va 
rangli materiallaming bo‘lagidan bolg‘alash, cho‘kichlash yo‘li bilan 
hosil qilinadi. Ommaviy seriyada ishlab chiqariladigan buyum detallari, 
asosan, issiq yoki sovuq shtampovkalash yo‘li bilan bajariladi.
Shtampovka yo‘li bilan olingan detallar aniqligi va ishlov berishda 
kam chiqindi chiqishligi bilan ajralib turadi. K o‘plab bir xil seriyada 
ishlab chiqariladigan rezbali biriktirish detallari ham sovuq avtomat tu- 
shirish presslarida tayyorlanadi. Bunday usulda tayyorlangan mahsulot 
sifatining yuqoriligi bilan ajralib, arzonga tushadi.
Navli (sortli) prokatlangan listli materiallardan aylanish, oval, kvadrat, 
to ‘g ‘ri to‘rtburchakli, oltiburchakli, turli shakllardagi tekis detallar sovuq 
shtampovkalash yo‘li bilan oilinadi. K o‘pchilik hollarda zagotovkalar
430


Ъ//;///7У7777/,
/
%///////У/Щ.
/
/ Pripusk
a) 
b)
15.13- shakl.
har xil usullarda tayyorlanib, ulardan iqtisod talab qilinadigan turi tanlab 
olinadi.
Detaining o ‘lchami, geometrik shakli, ishlatiladigan material, qancha 
dona ishlab chiqarilishi, bajarilishining aniqlik darajasi va ishlab chi- 
qarish turiga qarab uning zagotovkasi (keyinchalik, ishlov berib tayyor 
buyumlar olinadigan chala mahsulot) tanlanadi.
Quyma va shtampovkalash yo ‘li bilan hosil qilinadigan detal zago­
tovkasi oldindan tozalash, to‘g ‘rilash, shilish, tekislash, tores (silin- 
drsimon, prizma detallaming tashqi yoki ichki sirtlariga ishlov berish 
jarayoni)lash, markazlash kabi ishlov beriladi.
Mashinaning quyma detali yoki zagotovkasini eritilgan metallni 
formaga quyish y o‘li bilan olinadi. Buning uchun oldin detaining ishchi 
chizmasi bo ‘yicha (15.13-shakl, 
a) uning quyma chizmasi (15.13-shakl,
b) bajariladi. Unda mexanik ishlov berish hamda metallning cho‘kishi 
va qisqarishini hisobga olgan holda, pripusk (oMchami andek kattalikda) 
chiziladi.
Detaining quyma chizmasiga binoan uning modeli bajariladi. Formada 
teshikka m oijallangan sterjenning mustahkamlanishi uchun pripusk 
A qo‘shib tayyorlanadi. Modellar, asosan, formovkalash oson bo‘lishi 
uchun ko‘pincha ikkita bo ‘lak qilib tayyorlanadi (15.14- shakl, 
a). Sterjen 
sexida sterjen qutisi (yashik)da silindrik teshik uchun birlashtiruvchi 
material yordamida qumdan sterjen tayyorlanadi (15.14-shakl, 
b). 
Formovkalash sexida model bo‘yicha ikkita ramkada opoka ( bir martalik 
qumli qoliplami tayyorlashda va metall quyishda qolip aralashtirmasini 
tutib turadi, opoka -kulrang yoki qora rangli qattiq mikro-g'ovakli yengil 
mineral jins) deb nomlanuvchi forma tayyorlanadi (15.14-shakl, 
 va e).
Metall eritish sexida suyuq metall formaga quyiladi. Metall qotgandan 
so‘ng forma buziladi va hosil bo ‘lgan ortiqcha quyilgan metall olib 
tashlanadi (15.14-shakl,/).
431



Qirqish, tozalash kabi bo'lim da quyma detal barcha ortiqcha nar- 
salardan xalos bo‘lish uchun uni mexanik ishlov berish sexiga yuboriladi. 
So‘ngra tayyor mahsulotlar omboriga topshiriladi.
Sovuq shtampovka y o ‘li bilan listli materialdan olinadigan detallar- 
ni loyihalashda metallni tejash yo'li bilan mahsulotning tannarxi ka- 
maytiriladi. 15.15-shakl, 
a dagi variantdagiga qaraganda 15.15-shakl, 
b dagi variant ustun bo‘lib, metall 20 foizgacha tejaladi. Yirikroq tishli 
g ‘ildiraklami detaining boshdan oyog‘igacha qimmatbaho metallni 
sarflamasdan ulami yig‘ma qilib ishlatilish joyiga qarab 15.16- shaklda 
ko'rsatilgan variantlardan birini tanlab olinadi.

Download 13,35 Mb.
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   237




Download 13,35 Mb.
Pdf ko'rish