XIV bob. QUR1LISH CHIZMACHILIGI
l-§ . Umumiy ma'lumotlar
O ‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida ko‘plab qurilish
ishlari olib borilmoqda. Turli k o‘rinishdagi yangi binolar qatorida ajdod-
larimiz Ьафо etgan tarixiy yodgorliklar ta’mirlanmoqda, batamom buzi-
lib ketganlari qaytadan tiklanmoqda. B a’zi alloma bobokalonlarimizga
bag‘ishlab yangi maqbaralar loyihalanib, qurilmoqda. Qurilayotgan yangi
yerosti metrolar,
yerusti sport komplekslari, milliy banklar, ko‘priklar,
shohona m a’muriy binolar, bozor, akademik litsey, kollej va fuqoro
binolari kabilar nafaqat shaharlarimizning ko‘rki, balki dunyo miqyosida
Respublikamizning rivojlanayotgan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga
kafolat beradigan omillardan biri hisoblanadi.
Qurilish madaniyati bizning hududimizda juda qadimdan boshlangan.
Arxeologik qazilmalar natijalariga asoslangan holda miloddan avvalroq
mustahkam qal’a,
shaharlar qurilgan, turli kanallar orqali sug‘orish
yordamida yuqori hosil olinganligining guvohi bo‘lamiz.
Hozirda ajdodlarimizdan qolgan qurilish madaniyati asosida mustah
kam va ko‘rkam, o'ziga xos, takrorlanmaydigan jahon standartlariga mos
qurilish normalari barpo etildi.
Bino deganda barcha quriladigan inshootlar tushuniladi. Inshoot esa
insonlaming material va madaniy hojatlarini qoniqtira oladigan darajada
qurilgan binolardir.
Har bir inshootni qurishdan oldin obdon o ‘ylab, fikrlab, ko‘z oldiga
keltirgandan keyin uning maketi, modeli
yoki tekislikdagi yaqqol
tasviri va chizmasi bajariladi. Boshqacha qilib aytganda, o ‘sha inshoot
loyihalanishi lozim.
Qurilishda loyihalash va ilmiy tekshirish institutlari, konstruktorlik
byurolari,
qurilish korxonalari, qurilish-montaj ishlari bilan shug‘ulla-
nuvchi ko‘plab zavod va tashkilotlar qatnashadi.
Qurilishning umumiy loyihasi qurilish maydonini tekislash loyihasini
tuzishdan boshlanadi. Unda yerosti inshootlarini, y a’ni kanalizatsiya,
397
issiq va sovuq suv quvurlarini joylashtirish, elektr va telefon tarmoqlarini
asosiy tarmoq bilan ulash o ‘rinlari belgilanadi.
Binoning plani, qirqimi va fasadi hamda ayrim elementlarining joy-
lanishi chizmalarda ko‘rsatiladi.
Arxitektura-qurilish va muhandislik inshootlari
loyiha hamda smeta-
larga asosan quriladi. Loyihaga quriladigan inshootning chizmalari,
tushuntirish xati va smetasi kiradi. Chizmada bajarilishi kerak bo ‘lgan
ishlar, smetada esa inshootning to‘la narxi ko‘rsatiladi. Smetada yana
bajariladigan ishlaming hajmi, qurilish buyumlari va ulam ing soni,
mutaxassis ishchilar va qurilishda foydalaniladigan
mexanizmlaming
soni ko‘rsatiladi. Loyiha hujjatlarini alohida loyiha tashkilotlari va ins-
titutlari tuzadi. Loyihalami tuzishda va taxt qilishda turli yozuvlar
bajariladi. Bu yozuvlarda standart shriftlardan tashqari turli arxitektor va
sanoat qurilish shriftlaridan foydalaniladi.
Respublikamizdagi barcha qurilish yagona modul sistemasi (YMS)
talabiga javob berishi lozim. Bundan asosiy maqsad fuqaro, jamoat,
sanoat, har xil muhandislik inshootlarini loyihalash va qurilishlami tur-
larga ajratib, ulami standartlashtirishdan iborat.
Modul sifatida, asosan,
100 mm qabul qilingan. B a’zan 50 sm olinishi mumkin.
M odullar yiriklashtirilgan 2
M, 3
M, 12 M, 15 M, 30 M v a 60
M yoki
kasrlangan 1/2
M, 1/5
M, 1/10
M, 1/20 M, 1/50 M v a 1/100
M olinishi
mumkin.
Qurilish chizmalari arxitektura-qurilish va muhandislik-qurilish
turlariga b o ‘linadi. Fuqaro, sanoat binolarining chizmalari arxitektura-
qurilish chizmalariga kiradi. K o‘prik, tunnel, suv inshooti kabi qurilish
chizmalari muhandislik-qurilish chizmalariga kiradi.
Qurilish ishlari umumqurilish va maxsus qurilishga bo‘linadi.
Umumqurilishga binolami qurish va pardozlash ishlari, maxsus qurilishga
esa suv, kanalizatsiya, elektr, gaz, telefon tarmoqlarini o ‘tkazish,
obodonlashtirish ishlari kiradi.
Umumqurilish va maxsus qurilish qismlarga
ajratilganligi tufayli ish
chizmalari ham alohida qismlarga bo ‘linadi va har biriga marka qo‘yiladi.
M arkalar ish chizmalarining turiga qarab, bosh harflar bilan belgilanadi.
Bosh plan va transport
ВТ
Arxitektura chizmalari
A Ch
Temir-beton konstruksiyalar
ТВ
398
Po‘lat konstruksiyalar
Yog‘och konstruksiyalar
Suv o ‘tkazish va kanalizatsiya
Isitish va ventilatsiya
Elektr yoritish tarmoqlari
PK
YK
SK
IV
EY
Soyabon
Poydevor asosi