|
“GeoGebra” – matematikadan “jonli” chizmalar dasturi
GeoGebra Pdf ko'rish
|
bet | 23/108 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 53,35 Mb. | | #240157 |
Bog'liq Geometriya 7 uzb 202243
“GeoGebra” – matematikadan “jonli” chizmalar dasturi
GeoGebra
bu geometriya, algebra va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limning turli da
-
rajalarida foydalanish uchun dinamik (“jonli”) chizmalar yaratish imkoniyatini beradigan
bepul dastur hisoblanadi. U geometrik shakllar, algebraik ifodalar, jadvallar, grafiklar va
statistika bilan ishlash uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi va qulaylik uchun barcha
funksiyalar bitta paketga kiritilgan. Ushbu ochiq kodli dasturiy ta’minot 2002-yilda avstri
-
yalik matematik
Markus Xenvarter
tomonidan Java dasturlash tilida yaratilgan bo‘lib, bir
qancha tillarda ishlash imkoniyati mavjud. Hozirgi kunda undan dunyo bo‘ylab millionlab
insonlar foydalanib kelmoqda.
“GeoGebra” dasturining afzalliklari:
• bepul tarqatiladi;
• ko‘p tilli interfeys;
• grafik interfeysning soddaligi va qulayligi;
• turli xil operatsion tizimlarga (hatto planshetlar va smartfonlarga) o‘rnatish imkoniyati
va onlayn versiyaning mavjudligi
• foydalanuvchilar materiallar qo‘shishi uchun ochiq bo‘lgan misollar bazasi.
“GeoGebra” dasturining qismlari
Kalkulyatorlar to‘plami
Funksiyalarni tekshirish, tenglamalarni yechish, geometrik shakllar va
3D obyektlarni qurishga mo‘ljallangan.
Grafik kalkulyator
Turli funksiyalar grafiklarini qurish, tenglamalarni tadqiq qilish va
ma’lumotlarni tasvirlashga mo‘ljallangan.
3D
kalkulyator
Turli chizmalar, 3D (uch o‘lchovli) geometrik shakllar va obyektlarni
chizishga mo‘ljallangan.
Geometriya
Turli geometrik shakllarni chizish va almashtirishga mo‘ljallangan.
CAS kalkulyator
Turli tenglamalarni yechish, algebraik ifodalar shaklini almashtirish,
hosila va integrallarni hisoblashga mo‘ljallangan.
“GeoGebra” geometriya dasturida
GeoGebra
dasturi geometriyaga oid masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan: unda
siz nuqta, kesma, vektor, segment, to‘g‘ri chiziqlardan foydalanib barcha turdagi geomet
-
rik shakllarni yaratishingiz, ularni dinamik ravishda o‘zgarishini ko‘rishingiz, shuningdek,
ma’lum bir to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar yoki parallel chiziqlar chizishingiz, o‘rta perpen
-
dikulyar, burchaklarning bissektrisalari, kesmalar uzunligini hamda ko‘pburchaklar yuza
-
sini aniqlashingiz mumkin.
|
| |