Zagotovkaga ishlov berishda qo‘yim xisobi




Download 0,54 Mb.
bet1/21
Sana20.02.2024
Hajmi0,54 Mb.
#159512
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
aichjaa


MUNDARIJA:
1. Kirish 2
UMUMIY QISM………………………………………………………………………….5
1.1. Detalning xizmat vazifasi. 5
Ishlab chiqarish turini aniqlash Error: Reference source not found
2. TEXNOLOGIK QISM……….………………………………………………………...
2.1. Detal konstruksiyasini texnologiyaviylikka taxlili
2.2. Zagotovka tanlash. 8
2.3 Texnologik jarayon marshrutini ishlab chiqish Error: Reference source not found
2.4 Zagotovkaga ishlov berishda qo‘yim xisobi. Error: Reference source not found
2.5. Kesish rejimini xisoblash. 11
2.6. Vaqt me’yorini hisobi. 41
3.AVTOMATIKLINIYALAR…………………………………………………………..43
3.1Avtomatik liniyalarni tahlil qilish……………………………………………………44
3.2 Avtomatik liniyalarni iqtisodiy tahlili……………………………………………….51
4. XULOSA……………………………………………………………………………………...54
5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. …………………………………………….55

KIRISH
Mashinasozlik jamiyatning moddiy texnika bazasini yaratuvchi va mamlakatimizning texnik taraqqiyotini rivojlanishini belgilovchi soha, chunki u sanoatning turli tarmoqlarini yangi texnika, ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydi. Shuning uchun mashinasozlik ishlab chiqarishning barcha sohalarini rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi sanoatninng muhim tarmoqlaridan biri. Insoniyatning rivojlanishi bosqichlarini boshlarida oddiy ko‘rinishdagi texnologiyalardan foydalanib kelingan. Inson ongini taraqqiy etib rivojlanishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish texnologiyasi o‘z navbatida takomillashib kelmokda, ishlab chiqariladigan maxsulotlar murakkablashmoqda va sifat ko‘rsatkichlarining darajasi ortib bormoqda. Korxonalarda murakkab texnologiyalarni qo’llash bilan maxsulotlarni ishlab chiqarish ta’minlanadi, ya’ni kishilik jamiyatini taraqqiy etish darajasi bilan qo‘llanilayotgan yoki qo‘llanishi mumkin bo‘lgan texnologiyalar o‘zoro bog‘liq va ular biri ikkinchisiga ta’sir etishga qodirdir.
Hozirgi kunda iqtisodiyotni rivojlantirish chora tadbirlari korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslanuvchan texnologiyalarni keng joriy etish; eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish; qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirishga qaratilgan. Mashinalarga aniqlik, tezlik, issiqlikka chidamlilik, mustahkamlik, ishonchlik bo‘yicha qo‘yilgan talablar murakkab konstruktorlik va texnologik savollarni qisqa vaqt ichida yechish masalasini qo‘ymoqda. Shu sababli mashinasozlik texnologiyasi, ishlab chiqarish dasturiga asosan belgilangan muddat ichida talab etilgan sifat darajasida mehnat hamda moddiy resurslarni kam sarflagan holda mashina va mexanizmlar tayyorlash qonuniyatlarini o‘rgatadi. Texnologiya inson birinchi marotaba mehnat qurollarini yarata boshlagan davrda tug‘ilgan bo‘lsada u fan sifatida ancha keyin shakllanagan. Uning fan sifatida shakllanishning asosiy shartlaridan biri insonning mehnat qurollarini takomillashtirishga va ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga bo‘lgan intilishlaridadir.
Mashinasozlik texnologiyasi fan sifatida shakllanishning asosiy shartlaridan biri insonning mehnat qurollarini takomillashtirishga va ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga bo‘lgan intilishdadir. Mashinasozlikni rivojlanishida hozirgi kunda ikki yo‘nalish asosiy va belgilovchi bo‘lib qolmoqda. Bulardan biri ishlab chiqarish jarayonining va uni texnologik tayyorlashni intellektuallashtirish: bu o‘z navbatida loyihalash bo‘limlarida va bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida axborot texnologiyalari va avtomatlashtirish vositalaridan keng ko‘lamda foydalanishdan iboratdir. Chunki, intellektual loyihalash va ishlab chiqarish tizimlari tayyor ma’sulot turining biridan ikkinchisiga o‘tishning moslanuvchanligini ta’minlaydi. Ikkinchi yo‘nalish inson e’tiyojini individualligini, bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda belgilangan vazifani bajaruvchi turli ko‘rinishdagi mashina va mexanizmlar yaratishdan iboratdir.
Bozor iktisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora - tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investisiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investisiyalarni jalb qilishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investisiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo‘lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:

  • birinchidan, xorijiy investisiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;

  • ikkinchidan, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va buning uchun xorijiy investisiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;

  • uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;

  • to‘rtinchidan, korxona

  • larning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;

    • beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko‘maklashadi va h.k.

Mustaqil mamlakatimizda mashinasozlikni rivojlanishiga katta e’tibor qaratilgan. Ko‘plab zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari barpo etildi, qo‘shma korxonalari mashinasozlik maxsulotlarini ishlab chiqarmoqda.



Download 0,54 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 0,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zagotovkaga ishlov berishda qo‘yim xisobi

Download 0,54 Mb.