|
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat unuversiteti andijon viloyati turizm boshqarmasi
|
bet | 1/3 | Sana | 31.07.2024 | Hajmi | 1,34 Mb. | | #268967 |
Bog'liq ADU Axborot xati
O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNUVERSITETI
ANDIJON VILOYATI TURIZM BOSHQARMASI
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
ANDIJON IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR “OLIMA” UYUSHMASI ANDIJON VILOYATI BO‘LIMI
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabridagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi hamda 2023-yil 11-sentyabridagi PF-158-sonli “O’zbekiston-2030” strategiyasi to’g’risidagi Farmonlarida belgilangan oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdek ustuvor vazifalarni amalga oshirishga hissa qo‘shish maqsadida Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi hamda Turkiyaning “Akademik tadqiqotlar guruhi” (Akademik çalışmalar grubu) tashkiloti bilan hamkorlikda 2024-yil 18-20-sentyabr kunlari “Hamkorlik – jamiyatni modernizatsiya va rivojlantirishning asosi sifatida” mavzusida turli fan sohalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning dolzarb muammolari, amaliyotda erishilgan yutuqlar va belgilangan vazifalarni bajarish mexanizmlarini muhokama qilish maqsadida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiyada quyidagi sho‘balarda maqolalar qabul qilinadi:
sohalarida hamkorlik masalalari.
Barcha abstrakt (maqolaning asosiy mohiyatini ochib beruvchi qisqacha matn) lar Abstraktlar kitobiga kiritiladi. Abstraktlar orasidan tanlangan to'liq maqolalar xalqaro materiallar to’plamida yoki xalqaro indekslangan jurnallarda (masalan, Esci, Scopus, TRDizin va boshqalar) to‘plam bo'limlari sifatida taqriz olingandan keyin yoki Konferensiya materiallarida nashr etiladi. Maqolalarga qo’yiladigan talablar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://asc.academicianstudies.com/en/yazim-kurallari/
|
| |