Zahiriddin muhammad bobur nomidagi




Download 1,09 Mb.
bet2/9
Sana15.05.2024
Hajmi1,09 Mb.
#234202
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Axborotni kodlash

Mavzuning dolzarbliligi. Hozirgi kunda informasion texnologiyalarning rivojlanishi ta’lim sohasiga o’z ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. Bu texnologiyalar na faqat axborotlarni uzatish va qabul jarayonida, balki ta’lim jarayonini boshqarishda ham samarali qo’llanilmoqda.
Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ta’lim jarayonini yangi sifatiy ko’rsatkichlariga erishishish, boshqarish jarayonini tezlashtirish va samaradorligini oshirish imkoniniyatini yaratadi. Ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish natijasida ta’lim prinsiplari, mohiyati, konsepsiyalari va ideyalari o’zgaradi.
Yangi pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya va o’quvchilar bilimini oshirish uchun yangi metodlarni va yondoshuvlardan foydalanishni ko’zda tutadi.talab qiladi. Bu yerda rivojlanayotgan informasion jamiyat sharoitida o’quvchilarni hayotga tayyorlash, ularning mavjud qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan masalalar muhim o’rin tutadi.
«Ta’lim to’g’risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish lozim».
Axborot tizimi bilan ishlashni tashkil qilishda qabul qilingan qarorlar va xulosalar katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lib, hosil bo’lgan axborotlarni turli sohalarda ishlab chiqilgan metodlarni qo’llagan holda umumiy tahlili talab qilinadi va o’z vaqtida bajarilish zarurligi ko’rsatiladi, chunki ba’zan qabul qilingan qarorlar uchun juda ham kam vaqt ajratiladi.
Shuning uchun ham zamonaviy axborot tizimli tahlilda asosiy e’tibor murakkab tizimlarni boshqarishning matematik modellari va algoritmlarini yaratishga bag’ishlangan bo’lib, u o’z navbatida boshqarish tizimida shunga mos kam miqdordagi kishilar qatnashadigan informasion tizimlar texnologiyalarini yaratish va ularni qo’llash imkonini beradi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev alohida ta’kidlaganlaridek, biz “mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning nechog‘li faol munosabatga bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak”.
Shuning uchun ham darsliklarda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi –ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak –atrofga munosabatlarni ham kiritishga erishdik. Natijada ta’lim mazmunini kengroq bayon etishga erishdik.

Download 1,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zahiriddin muhammad bobur nomidagi

Download 1,09 Mb.