|
Pedagogik texnologiyalar asosida informatika fanlarini o‘qitish metodikasi
|
bet | 5/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #234202 |
Bog'liq Axborotni kodlashPedagogik texnologiyalar asosida informatika fanlarini o‘qitish metodikasi
Bugungi kunda ta`lim texnologiyalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
An`anaviy
Noan`anaviy
An`anaviy ta`lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta`lim jarayoni ko‘’roq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning an`anaviy shakli, metodi va ta`lim vositalarining majmuidan foydalanib ta`lim-tarbiya maqsadiga erishishdir.
Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta`lim jarayoni markazida talaba shaxsi bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy shakli, faol o‘qitish metodlari va zamonaviy didaktik vositalarning majmuini ta`lim-tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishish -ga yo‘naltirishdir4.
Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi an`anaviy ta`lim texnologiyasidan farq qilib, talabalarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e`tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega bo‘ladi. Dars tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi o‘z navbatida uchga bo‘linadi:
Hamkorlikda o‘rganish
Modellashtirish
Tadqiqot (Loyiha)
Hamkorlikda o‘rganish - talabalarning bilimini o‘zlashtirish, singdirish, mustahkamlash bo‘yicha re’roduktiv faoliyatini ta`minlovchi, mahorat va malakani ketma-ketlik bo‘yicha talabaning bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o‘qitish va bilim olishdir. U talabalarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko‘zda tutadigan metodlardan iborat. Bularga kitob bilan ishlash, o‘quv suhbati, davra suhbati, aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara kabi metodlarni kiritish mumkin.
Modellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini auditoriyada yaratish va ularda talabalarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta`lim olishini ko‘zda tutadi. Uning asosiy maqsadi talabalarning faqat tinglashi emas, balki bilimlarni o‘zlashtirishda bevosita ishtirokini ta`minlash orqali ta`lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bularga ishbo‘ o‘yinlar va rolli o‘yinlar kabi metodlarni kiritish mumkin.
Quyida ta`lim texnologiyalari bo‘yicha metodlar tizimiga batafsil to‘xtalib o‘tamiz (rasm. 3.5).
Tadqiqot - talabalar tomonidan muammoni tushunish va echish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar yig`indisidan iboratdir. Tadqiqotning maqsadi dars jarayonida talabalarda savol qo‘yish va ularga javob izlashida qiziqishini uyg`otishga qaratilgandir. Unda o‘qitish talabalarni amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta`minlaydi. Bularga muammoli vaziyat, loyihalash metodi, mustaqil izlanish, yo‘naltiruvchi matn kabi metodlar kiradi.
Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari.
«Informatika» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta`lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo‘shadigan o‘ziga hos xissasi bilan aniqlanadi.
o‘quvchilarda informatika xaqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o‘quv ‘redmetlarini o‘qitish jarayonida ishtirok etadi.
Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.
o‘quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta`lim olishni davom ettirishga tayyorlash.
Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshirilishi lozim. o‘quvchilar informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish bilangina, o‘quvchilarning informatikani fan sifatida uning o‘ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o‘qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to‘g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to‘g’ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o‘quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko‘rsata oladilar. SHuningdek, amaliy ish o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va uni yangi faktlar bilan boyitishadi, hamda informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to‘liq va mustahkam bo‘lishini ta`minlaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim DTS o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya, ta`lim dasturlari, umumdemokratik printsiplarda tashkiliy – boshqaruv funktsiyalarni rivojlantirish, o‘quvchilarga shaxs sifatida qarash, o‘quv-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy muassa sifatida maktab huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib umumta`lim maktablarining asosiy yo‘nalishlarini aniqlaydi.
Maktabgacha tarbiya, umumo‘rta ta`lim, o‘rta maµsus, kasb-hunar ta`limi va undan keyingi ta`lim bosqichlarini o‘z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta`minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga mo‘ljallangan «Informatika» fani pedagogikamiz uchun yangi bo‘lgan nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:
kadrning butun «hayotiy tsikli» hisobga olinishi kerak;
informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta`lim mazmunidagi o‘zgarishlarni aks ettirishi kerak;
informatika va dasturiy ta`minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga dasturlashni o‘rgatish zaruriyatidan voz kechish lozim;
informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish didaktik s’iral tamoyili asosida qurilishi kerak;
ishlab chiqilayotgan o‘quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urg’u berish asosidagina amalga oshirish mumkin;
shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo‘naltirilganlik;
- o‘qish vaqti resurslarini o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o‘quv ijodiy faoliyatini tashkil etish foydasiga qayta taqsimlash.
Innovatsion pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o‘z-o‘zini boshqarishi va o‘zini-o‘zi safarbar qilishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo‘nalishlaridan biri talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish bo‘lib, u talabalarning o‘kuv ishlarini faollashtirish va kasbiy ixtisoslashi -vuning faollashuviga olib keladi.
Innovatsion faoliyatga, aksiologik yondashuv insonni o‘zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlarni anglatadi5.
O‘qituvchi va talabaning maqsadi bo‘yicha natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatilgan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va ‘lakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar, bular o‘qituvchi va talabaga bog`liq.
Ko’p o’qituvchilarning kundalik dars o’tish rejalarini o’raganish, tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar yuqorida keltirilgan har bir bosqich uchun vaqt taqsimotini beradilar. Bu, ayniqsa, yosh o’qtuvchilar uchun foydali. Ko’rsatilgan vaqtdan birozv cheklanishlar biroz tabiiy hol.
Keyingi vaqtda dars o’tishning “yagi texnalogiyasi” , dars o’tishning nostandart – noan’anaviy uslubi, xususan, interfaol(interaktiv) uslubi degan iboralar eshitamiz.
Bunday uslublarni ilg’or o’qituvchilarning o’zlari kashf qilganlar va bu uslubdan ko’pgina o’qituvchilar foydalanib kelmoqdalar.
Dars o’tishning zamonaviy pedagagik uslublariga oid ko’plab qo’llanmalar chop etilgan.
“Biror navzu ustida qanday ishlanganda uning qancha foizi (protsenti) yodda saqlanadiқ” degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o’tkazilgan tajribalar yakuni “anglash piramidasi” degan nomni oldi. Unga ko’ra mavzu bayonini;
• faqat eshitganda uning 10-20%i;
• eshitsa va mavzuga oid ko’rsatmali materiallar ko’rsa, uning 30- 50%i;
• eshitsa mavzu bo’yicha amaliy mashg’ulot bajarsa, mavzuni o’rtoqlariga gapirib bersa, tushuntirsa uning 60-90%i yodda qoladi.
Albatta har bir o’qituvchining tajribasi, bilimi, qo’shimcha adabiyotlarning borligi, shaxsiy kutubxonasining boyligi, ko’p jihatdan, unga mavzuni qaysi uslub bo’yicha o’tishini “aytadi”.
Qisqacha bo’lsada dars o’tishning noan’anaviy, faollashtiruvchi yo’llariga to’xtaylik.
Amaliy mashq – mavzuda bayon qilingan nazariy bilim, qoida, formulani amalda, mashqlar ishlash jarayonida qo’llay olish ko’nikmasi (uquvi )ga ega bo’lish maqsadida tashkil qilinadi. Matematik darslarning deyarli hammasida amaliyot bilan bog’liq mashqlar bajariladi.
Mustaqil ishlash – ma’lum mavzular guruhi (bloki) tugagach, ularni bir tizimga solish, mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga mustaqil amaliy ish, faoliyat bilan shug’ullanish, darslik, masalalar to’plami bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish. Masalan, mustaqil ish algebraic kasrlar ustida to’rt amalgam oid bo’lishi mumkin. Mustaqil ish yozilgan varaq har bir o’quvchiga alohida berilishi mumkin. Uni muallim avvaldan tayyorlab qo’yadi.
O’quvchilarning juft-juft muloqotda bo’lishi – biror mavzuga oid masalani hal etishda o’quvchi o’zining qilayotgan ishini yonida o’tirgan (u bilan juftlikda bo’lgan) o’quvchiga tushuntiradi. Masalan, juftlikdagi biro’quvchi masalaning sharti va savolini tahlil qilishdan uni to’la yechishga olib boruvch barcha ishlarni, mulohazalarni o’rtog’iga tushuntiradi. U o’z navbatida, masalaning yechilishini birinchi o’quvchiga tushuntiradi ya’ni juftlikdagi o’quvchilar navbatma-navbat o’qituvchi vazifasini (rolini) bajaradilar.
O’quvchilarni guruhlarga bo’lib ishlash orqali o’rgatish – bunda sinfdagi o’quvchilar guruhlarga ajratildi. Har bir guruhda 5-6 tadan o’quvchi bo’lishi mumkun. Guruhlarga vazifa aniq va ravshan qo’yilishi kerak. Guruhdagi o’quvchilar qo’yilgan vazifa bo’yicha fikr-mulohazalarini o’rtaga tashlab, umumiy bir fikrga keladilar. Bu fikrni guruh nomidan biror o’quvchi sinfga taqdim etadi.
O’qituvchi guruhlarni faolyatini izohlaydi va baholaydi.
Bunday ishlashda o’quvchilar: bir-birlarini o’rganadilar, har bir guruhni nuqtai nazarini, fikrini hurmat qilishga; o’z fikirlari, mulohazalarini asoslashga, ko’pchilikka etkaza olishga o’rganadilar.6
O’qituvchi mavzu, topshiriqlar ro’yxatini avvaldan tuzib qo’yadi.
Rolli o’yinlar- mavzuga mos vaziyatni sahnalashtirish, rollarga bo’lib ijro etish. Ssenariy shunday tuzilishi kerakki, sahnadagi ijrochilarning bilim olishlariga, ko’nikmalarini egallashlariga yordam bersin. O’qituvchi qaysi mavzularni sahnalashtirish uchun qulayligini har tomonlama o’ylab ko’radi; ular ro’yxatni tuzadi va a’lochi o’quvchilar birlashib ssenariy yozadi.
Matematik diktantlar – o’quvchi bilimining baholashning joriy nazorat shakllaridan biri. Bunda soda mashqlar bilan bir qatorda, ma’lum bir mavzular majmuasiga oid va tushunchalarni o’quvchining qay darajada o’zlashtirilgani aniqlanadi.
Tanlovlar – ma’lum bir mavzular guruhi bo’yicha olingan bilimlarni, ko;nikmalarni tekshirish, baholashni maqsad qilib qo’yiladi. Bu tadbir savol- javoblar musobaqasi, viktorina, matematik devoriy gazetalar(ro’znomalar), mavzu bo’yicha yozilgan referatlar tanlovi (konkrusi) ko’rinishida o’tkaziladi.
Konferensiyalar – har chorakda o’takazilishi mumkun, ularni ham oraliq nazoratning bir turi deb qarasa bo’ladi. Bunda, o’quvchilar o’zlari mustaqil yozgan ishlarini sinfga ma’ruza shaklida taqdim etadilar.
Ishlar ma’lum mavzularga bag’ishlangan bo’ladi. Har bir sinfdan bir nechta maqbul deb topilgan ishlar bo’yicha o’quvchilarning maktab informatika koonferensiyasini o’tkazish ham mumkun.
Pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash asosida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda o‘quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko‘proq ma’lumotlarni yoritishga intilishi o‘quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. O‘z navbatida ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma’lumotlarni o‘zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o‘quvchining o‘zini his qilishi va sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi.
Fiziologik-gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati o‘zlashtiriladigan ma’lumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda o‘zgarib borishini e’tirof etadi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
- ko‘rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi;
- yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy ko‘tarinkilikning tinib qolishi;
- yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy hissiyotlarning yig‘ilib borishi;
- katta miqdordagi ta’limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot resurslarini faol o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi.
Bu holat ta’lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi.
Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi birinchidan: talabalarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual rivojlanganligi, ishchanlik ko‘rsatkichlari, motivatsion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta’lim vositalaridan ratsional foydalanish ko‘rsatkichlari, o‘qituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror motivatsiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.
Zamonaviy kompyuter texnikasi erishgan yutuqlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, an’anaviy ta’lim erishgan barcha yutuqlarni o‘zida aks ettirgan, uni yangi texnika, texnologiya yutuqlari bilan to‘ldirgan vosita bilan ta’minlash bugungi kunda juda ham dolzarb masaladir. Bugungi kunda ta’limning individualligini ta’minlash, ta’lim oluvchiga vaqt va fazo jihatidan qulaylik yaratuvchi vositalardan biri bu elektron kitoblardir.
Ta’lim berishning mazkur vositasi mustaqil ta’lim olishga, ta’lim oluvchilarning bilim faoliyatini shakllantiruvchi asosiy element hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim oluvchi ta’lim olishda o‘zlashtirish jarayonini mustaqil boshqaradi, o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish esa o‘z navbatida sun’iy intellektga ega bo‘lgan ta’lim olish manbasi orqali amalga oshiriladi. Elektron dasliklarning qaysi fan yoki sohaga yo‘naltirilganligidan qat’iy nazar, asosiy yo‘nalish boshlang‘ich ma’lumotlarni, oraliq natijalarni vizuallashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalish joriy va yakuniy natijalarni ko‘rish imkoniyatini berish bilan birga uni tahlil etishga sharoit yaratadi. Kundalik turmushda foydalanilayotgan hisoblash texnikalari parkining doimiy ravishda kengayib borishi elektron darsliklar va «mustaqil o‘qish» texnologiyalarini yaratish va joriy etish sohalarining istiqboliga muayyan sharoit yaratmoqda.
Elektron darslik an’anaviy darslikdan ko‘ra «bir muncha yuqori intellektga» ega bo‘lishi zarur, chunki kompyuter o‘qituvchi faoliyatining bir nechta qirralari (zarur holda va kerakli joyda maslahat berish, egallangan bilimlarni musahkamlashga yordam berish va h.k.) ni imitatsiya qilish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga u o‘rganilayotgan fan bo‘yicha zarur (qo‘shimcha ma’lumotlar) o‘quv materiallarini to‘laligicha qamrab olgan bo‘lishi zarur. Faqatgina fan bo‘yicha to‘la o‘quv ma’lumotlarigina elektron darslikning muvaffaqiyatini ta’minlashi mumkin. Elektron darslikdagi «intellektual qirra»ning mavjudligi esa uning oddiy darslik oldidagi kamchiligi (faqatgina kompyuterda foydalanilishi) o‘rnini bosishi bilan bir paytda unga qo‘shimcha imkoniyatlar (zarur ma’lumotlarni tezkor suratda izlash, ixchamlilik, va h.k.) yaratadi.
Autoplay dasturi
Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko‘plab dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturidir.
Istalgan fayl yoki fayllar to‘plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun-menyusi hosil qilishda AutoPlay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi.
Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun AutoPlay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay interfeysni taqdim etadi.
AutoPlay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab qilin- maydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin.
Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil etish uchun AutoPlay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obektlar mavjud bo‘lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obektlarni kiritish mumkin.
Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish uchun AutoPlay Media Studio barcha kerakli fayllarni o‘zi yaratadi. Foydalanuv - chilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi.
2008-yilning 12-martida Indigo Rose Corparition kompaniyasi AutoPlay Media Studio 7.1.1007.0 versiyasini iste’molga chiqardi.
Dastur foydalanuvchilarga obektlarni o‘zaro bog‘lashni amalga oshirishga yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi.
AutoPlay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic , Visual C++, Java, Macromedia flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin .
Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma’lumotlar bazasini va shunga o‘xshash obektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin.
Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o‘zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo‘ladi.
Qolaversa, ma’lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning o‘zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi AutoPlay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o‘zi ochiluvchi arxiv ko‘rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin.
Bu muloqot oynasida quyidagi to‘rtta taklif ilgari surilgan bo‘ladi:
1) Create a new project (YAngfi loyiha yaratish);
2) Open an excisting project (YAratilgan loyihalardan birini ochish);
3) Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani ochish);
4) Exit Autoplay media studio (Dasturdan chiqish).
Agar AutoPlay Media Studioning ruscha varianti o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda taklif rus tilida, inglizcha varianti o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda taklif ingliz tilida bo‘ladi7.
AutoPlay har bir buyruq tugmasi funksiyasi va unga mos Scriptlar uchun tayyor kodlar to‘plamini ham taqdim etadi. Bu tayyor kodlardan qulayroq foydalanish uchun dasturning ingliz tilidagi varianti bilan ishlagan ma’qul.
SHunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz “Create a new project” bandini tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan iborat quyidagi muloqot oynasi yuzaga keladi :
Biz yaratayotgan ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida mavjud loyiha-lardan birini tanlashimiz yoki o‘zimiz istagan yangi loyihani tashkil qilishimiz mumkin. Quyida “Audio” deb nomlangan loyiha tanlangan
AutoPlay dastur oynasi quyidagi tuzilmaga ega
Dastur oynasining sarlavha satri.
Dastur oynasining menyu satri.
Instrumentlar paneli satri.
Project explorer muloqot oynasi.
Properties muloqot oynasi.
Holat satri.
Dastur oynasinig sarlavha satrida loyiha nomi, dastur nomi va oynani boshqarish elementlari joylashgan.
|
| |