Axborot oʻlchov birliklari mavzusini oʻqitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Axborot nima?
Аxborot - atrof-muhit obyektlari va xodisalari,
ularning o’lchamlari, xususiyatlari va xolatlari
to’g’risidagi ma’lumotlardir.
1960-yillarda Fransiyada “Informatika” atamasi
yuzaga kelgan boʼlib, axborot informatio soʼzidan
olingan boʼlib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi maʼlumot maʼnosini anglatadi.
Umuman Аxborot atrof muhitdan, (tabiatdan yoki
jamiyatdan) sezgi aʼzolarimiz (koʼz, quloq, burun, ogʼiz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday maʼlumotni tushunamiz.
Аxborot asosan quyidagi turlarga boʼlinadi:
1. Matnli axborot; 2. Grafikli axborot;
3. Tovushli axborot; 4. Videolavhali axborot;
5. Belgili axborot; 6. Raqamli axborot.
Axborotning asosiy xossalari:
❑ To’liqlilik. Axborot o’rganilayotgan obyekt yoki
xodisani har taraflama to’liq ifodalashi lozim;
❑ Qimmatlilik. Axborot malum ma’noda qimmatli bo’lishi kerak, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug’lmaydi;
❑ Ishonchlilik. Axborot ishonchli bo’lishi kerak.
Axborotning o’lchov birliklari va axborotlarni kodlash
Har qanday kattalikni o'lchash uchun mos etalon birliklar mavjud. Masalan, uzunlikni o'lchash uchun metr, massani o'lchash uchun - kilogramm, vaqtni hisoblash uchun soniya va boshqalar ishlatiladi. Axborotlar ham har xil ko’lamga ega bo’lib, ularning o’lchov birligi mavjud. Axborotlarning eng kichik o’lchov birligi 1 bit deb olingan. 1 bit 1 yoki 0 ga teng bo’ladi. Аxborotni oʼlchashda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yoʼqligi “0” bilan ifodalanadi. Kompyuterda har bir belgi 8 bit hajmdagi joyni egallaydi. Axborotlarni o’lchash uchun hosilaviy o’lchov birliklar ham mavjud:
1 bayt = 8 bit; 1 kilobayt(kb) = 210 bayt =1 024 bayt;
1 megobayt(mb) = 210 kb = 1024 kb =220 bayt =1 048 576 bayt;
1 gegobayt(gb) = 210 mb = 1024 mb = 230 bayt =1 073 741 824 bayt;
1 terobayt(tb) = 210 gb = 1024gb=240 bayt =1 099 511 627 776 bayt;
1 petobayt(pb) = 210 tb=1024tb = 250 bayt = 1125899906842624 bayt;
"Bit" so`zi “Binary digit” - “Ikkilik son” so'zlarini qisqartirish
natijasida olingan bo`lib, ikkilik raqam, ya'ni faqat ikkita qiymatni
oladigan son - 0 yoki 1 degan ma’noni bildiradi. Sakkizta bitlar
ketma-ketligi yoki boshqacha qilib aytganda, sakkizta 0 va 1 ikkilik belgilar (masalan, 10001101) bayt deb ataladi. 1 bayt = 8 bit.
Kompyuter klaviaturasidagi har qanday belgi (katta yoki kichik
harflar, raqamlar, belgilar, shu jumladan bo'sh joy belgisi) hajmi 1
baytni tashkil qiladi.
Endi biz matnning ma'lumot hajmini hisoblashimiz mumkin12.
Undagi belgilar sonini hisoblash kerak. Olingan qiymat baytlarda
ko'rsatilgan ma'lumotlar hajmi bo'ladi.
Masalan, hujjat 30 sahifadan iborat bo'lib, har bir sahifada har biri 70 belgidan iborat 50 satr, shu jumladan so'zlar orasidagi bo'shliqlar mavjud. U holda har bir sahifada 70 * 50 = 3500 bayt ma'lumot, va butun hujjatda esa - 3500 * 30 = 105000 bayt bo'ladi. Natijadan ko'rinib turibdiki, atigi 30 varaqni o'z ichiga olgan hujjat hajmi katta son bilan belgilanadi. Gidromelioratsiya so’zida nechta bit bor?
Axborotlarni himoyalash.
Axborotlarni himoyalash ularni kodlash (shifrlash) orqali amalga oshiriladi.
Axborotni ma’lum bir qonun-qoida asosida komyuterda qayta ifodalash shu axborotni kodlash deb ataladi.
Axborotni himoyalashning bir necha usullari mavjud bo’lib, ular axborotdagi belgilarni boshqa belgilarga almashtirish, axborotdagi belgilarni sanoq sistemalari orqali ifodalash va h.k.lar.
Axborot tеxnologiyalari dеb — biror ob’yеkt holati haqidagi yangi, sifatli axborotga ega bo’lish uchun, birlamchi axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari yig’indisidan foydalanish jarayoniga aytiladi.
Axborotlashgan jamiyatda mamlakatning rivojlanish darajasi uning axborotlashtirish darajasi bilan baholanadi.
Аxborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud boʼlgan boʼlsada, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining oʼziga xos hususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy isteʼmol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, yaʼni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi oʼrinni egallamoqda.
Axborot tеxnologiyalari
Аxborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yoʼlida bir vaqtning oʼzida ham yaxlit, ham oʼzaro bogʼlangan tarzda faoliyat kursatuvchi elementlar (obʼektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yoʼlida xizmat qiladi.
Аxborot tizimi - belgilangan maqsadga erishish yoʼlida axborotni yigʼish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qoʼllaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning oʼzaro bogʼlangan majmuasidir.
Аxborot tizimlari
Аxborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yoʼlida bir vaqtning oʼzida ham yaxlit, ham oʼzaro bogʼlangan tarzda faoliyat kursatuvchi elementlar (obʼektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yoʼlida xizmat qiladi.
Аxborot tizimi - belgilangan maqsadga erishish yoʼlida axborotni yigʼish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qoʼllaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning oʼzaro bogʼlangan majmuasidir.
Linux operatsion tizimi haqida.
Linux nomi esa 1991 yilda Linus Tovalds tomonidan o`z operatsion tizimini birinchi relizini dasturchilar uyushmasiga taklif etishdan kelib chiqqan. FSF xarakati xech kimning yuridik qiziqishlariga xalaqit qilmaydigan o`ziga tegishli bo`lgan operatsion tizimiga ega bo`ldi.
GNU/Linux OT ni rasmiy relizi (operatsion tizimining yadrosi) 1994 yil yaratildi. Keyinchalik bu OT uchun dasturlarning ko`payishi Linux distributivlarni keltirilib chiqaradi.
Rasmiy Linux distributivlarining soni yuztaga yaqin.Ba`zi bir distributivlar 1-3 ta Floppy disklarda bo`lsa, boshqalari 7 ta kompakt disklarda bo`lishi mumkin. Linux OT ustida butun jahon dasturchilar ish olib borganligi sababli, Linux ko`p tilni o`z ichiga olgan.
Linuxda fayllar tizimi.
Linux operastion tizimda oxirgi chiqqan fayl tizimlari.
Ext3 (Third Extended Filesystem)– ext2 fayl tizimining yangilangan ko’rinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar bilan ishlash) qo’llanilgan. Diskda sodir bo’lgan o’zgarishlarning barchasi “jurnallarga” yozib boriladi va ma’lumotlarga zarar yetkanda shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo’ladi. Jurnallar bilan ishlashning quyidagi rejimlari mavjud:
Ext4 – Linuksning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Bu fayl tizimi Linuks yadrosining 2.6.28 versiyasida paydo bo’lgan. Ext3 fayl tizimi bilan solishtiradigan bo’lsak, Ext4 fayl tizimi ishlashi va ishonchliligi 2 barobar oshganligini ko’rishimiz mumkin. Bu tizimda disk razdelining maksimal qiymati 1024Pbayt (1Ebayt), fayl xajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan.
Linux va Windowsning farqi.
Windowsning afzalliklari:
1 Dasturlar va zaruriy drayverlarni qidirish muammosi deyarli yo’q.
2 Windowsda dasturlar bilan ishlash oson.
3 Windowsni o’rnatish deyarli avtomatik tarzda bajariladi.
4 Windows OT versiyalari yurtimiz ichida keng tarqalgan ularni topish muammosi mutlaqo yo’q.
Windowsning kamchiliklari:
- Windows operatsion tizimi Microsoft korporatsiasi tomonidan pulga litsenziyasi bilan sotiladi bu esa uning katta noqulay tarafi xisoblanadi. Bizgacha yetib kelayotgan Windows versiyalari Internet tarmog’i yoki boshqa yo’llar bilan litsenziyasiz qo’lga kiritlgan. Windowsning minimal narxi: 200$ dan boshlanib 5000$ gacha boradi.
- Windows bir oynali ( LINUX operatsion tizimi ko’p oynali. Unda ish stoli juda ko’p.). Windowsda esa ish stoli faqat bittagina. Ammo bu juda katta muammo emas chunki uni dasturlar orqali ko’p oynali qilish mumkin. M: 360 Destkop dasturi.
- Windowsning yangi versiyalari misol uchun: Windows XP- DDR 128, Processor 0.7 GHz 3.Gb HDD talab qiladi. Bu degani Windows versiyasilariga qarab talab borligini bildiradi bu ham uning noqulay tarafidir.
- Windows vaqt o’tib eskirishi mumkin uni vaqti vaqti bilan yangilab turish lozim. Agar u yangilanmasa qurilmalarni ishdan chiqrish extimolidan holi emas.
- Windowsda “OPEN SOURCE”-“OCHIQ KOD” mavjud emas. Linuxda esa “OPEN SOURCE” mavjud. Bu degani istalgan vaqtda C/C++ orqali Linuxdagi dasturlarni hattoki Linuxni o’zini ham o’zgartrish mukin degani. Agar Windows ma’muriyatida (administrator) ham ushbu narsa mavjud bo’lganda Windowsda yana bir qulaylik mavjud bo’lardi.
- Windowsning yana bir noqulayligi uning himoyaga muxtojligidir. Windows dasturida “OPEN SOURCE” mavjud bo’lganida uni quliflash turli xil xakkerlardan viruslardan ximoya qilish imkoniyatini berardi. Windowsda xech qanday to’siqsiz kompyuterni boshqarish imkoniyati bor.
- Windowsga Anti-SPAM, Anti-XACCER, Anti-SHPION, Anti-VIRUS o’rnatilgandagina u ximoyalangan xisoblanadi.
Linuxning afzalliklari:
1 Linux litsenziyaga ega ammo bepul.
2 Linux operatsion tizimini Internet orqali bepul yuklash mumkin.
3 Linux yuqorida ko’rsatilgan ko’p oynali ya’ni ko’p ish stoliga ega.
4 Linux dasturlarini drayverlarini Internet orqali yangilash yuklab olish bepul.
5 Linux qancha vaqt ishlashidan qat’iy nazar u eskirmaydi. Bu degani Linuxni qayta qayta o’rnatish majburiyati yo’q.
6 Linux yuqorida ko’rsatilgan “OPEN SOURCE” tizimiga kiradi u chiqish ko’diga ega. Bu degani istalgan vaqtda C/C++ orqali Linuxdagi dasturlarni hattoki Linuxni o’zini ham o’zgartrish mukin degani13. Linuxga o’zgartrish kiritish uchun uning chiqish kodi ochiladi va kerakli o’zgartrishlar kiritiladi.
7 Linux ximoyaga ega. Unga yuqorida ko’rsatilgan Anti-SPAM, Anti-XACCER, Anti-SHPION, Anti-VIRUS dasturlari kerak emas. Chqish kodi orqali bularni bartaraf etish mimkin.
8 Linuxda esa talab ya’ni Windows versiyalariga o’xshab yangi versiyalarga yangi qurilmalar talab etmasligi katta qulayligidir.
9 Linux tizimdagi xatoliklarni o’zi tuzatadi buning uchun uni qaytadan yozish shart emasligini bildiradi.
Endi Linuxdagi kamchiliklarga to’xtalamiz:
1 Linux qo’lda o’rnatiladi. Bu uni o’rnatish ancha vaqtga cho’zilishini bildiradi. Linuxning xar bir fayli qo’lda bittama bitta o’rnatiladi. Bu esa foydalanuvchi uchun noqulaylik tu’gdiradi.
2 Linuxda ishlash ozgina noqulay nimaga deganda unda Windwosga o’xshab dasturlar ko’p emas. Har bir dastur qanchadir muddatdan so’ng ishdan chiqadi uni Internet orqali olish mumkin.
3 Linuxda dasturlar qatorida drayverlar ham eskiradi. U ham dasturlarga o’xshab bartaraf etiladi.
4 Yana bir noqulaylik dasturlarning juda kamligi.
XULOSA
Inson axborotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda qisqa ko'rinishda bo'lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. Bunga tovushlarni harf va raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik, biologik qonuniyatlarni formulalar orqali ifodalanishini misol qilish mumkin. Inson borliqning bir qismi bo'lgani uchun doimo borliqning ta'sirini sezib turadi. Bu ta'sirni turli signallar (tovush, yorug'lik, elektomagnit, nerv va hokazo) ko'rinishida qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta'sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb ataladi Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uni biror qismini ajratib oladi va tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma'lum bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo'lgan tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan, nutq yoki musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi.
Demak, inson axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarni bu kabi uzlukli ko'rinishini diskret axborotlar deb ataladi. Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret axborotlardan eng ko'p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya'ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko'rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani, raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin.
Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun aniq bir qoidalar asosida boshqa ko'rinishga o'tkazish jarayoni axborotni kodlash deyiladi. Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo'lishi uchun emas, balki axborotni maxfiy saqlash uchun ham qo'llanilgan. Kodlashning bu ko'rinishi shifrlash deb ataladi. Axborotlarni kodlash ma’lumotlarni uzatish va saqlash qulay bo’lgan ko’rinishda ifodalashdir. Tor ma’noda aytganda “kodlash” atamasi, ma’lum bir ma’lumotning bir ko’rinishidan saqlash, uzatish, qayta ishlash oson bo’lgan boshqa ko’rinishga o’tkazishdir. Odatda kodlashda har bir shakl alohida belgi bilan taqdim etiladi. Kompyuter faqat raqamli ko’rinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi mumkin. Boshqa barcha ma’lumotlar (masalan, tovush, tasvir, priborlarning ko’rsatkichlari va boshqalar) kompyuterda qayta ishlanishi uchun raqamli formada tavsiflanishi kerak. Masalan, musiqiy tovushni raqamli formaga o’tkazish uchun, ma’lum chastotadagi tovush intensivligini katta bo’lmagan vaqt oralig’ida o’lchab, har bir o’lchash natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin. Kompyuter dasturlari yordamida qabul qilingan ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin, masalan turli xil tovushlarni bir-biriga bog’lash.
|