|
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi
|
bet | 7/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #234202 |
Bog'liq Axborotni kodlashuchun ishlatiladi.
|
RichText
|
oknot, MS Word kabi matn muharrirlarida tay- yorlangan
.txt va .rtf-fayllarni yuklash va uni samarali o‘qish imkonini beradigan yozuv maydoni.
|
|
Hotspot
|
tdagi to‘g‘rito‘rtburchak ko‘rinishdagi faollash- tiruvchi obekt. U orqali sahifada bo‘sh turgan sohani biror
funksiyani bajaruvchi faol sohaga aylantirish mumkin.
|
|
Video
|
Video fayllarni (.avi, .mpg, .wmv, mp4, .) ishchi sohaga
|
Axborotlarni kodlash haqida tushuncha. Axborotni kodlash usullari
Axborot (lotincha «informatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan og`zaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma`lumot; XX asrning o`rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o`rtasidagi ma`lumot hamda hayvonlar va o`simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan8.
Axborot resurslari — alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to’plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to’plamlari.
Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar kiradi.
Axborot tizimi — axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Axborotlarni kodlash ma’lumotlarni uzatish va saqlash qulay bo’lgan ko’rinishda ifodalashdir. Tor ma’noda aytganda “kodlash” atamasi, ma’lum bir ma’lumotning bir ko’rinishidan saqlash, uzatish, qayta ishlash oson bo’lgan boshqa ko’rinishga o’tkazishdir. Odatda kodlashda har bir shakl alohida belgi bilan taqdim etiladi. Kompyuter faqat raqamli ko’rinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi mumkin. Boshqa barcha ma’lumotlar (masalan, tovush, tasvir, priborlarning ko’rsatkichlari va boshqalar) kompyuterda qayta ishlanishi uchun raqamli formada tavsiflanishi kerak. Masalan, musiqiy tovushni raqamli formaga o’tkazish uchun, ma’lum chastotadagi tovush intensivligini katta bo’lmagan vaqt oralig’ida o’lchab, har bir o’lchash natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin. Kompyuter dasturlari yordamida qabul qilingan ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin, masalan turli xil tovushlarni bir-biriga bog’lash.Analog usulda kompyuter matnli axborotni qayta ishlashi mumkin. Kompyuterga kirishda har bir harf ma’lum son bilan kodlanadi, chiqishda tashqi qurilmalar(ekran yoki printer) inson idrok etishi uchun bu sonlardan harflarning tasvirini hosil qiladi. Harflar to’plami va sonlarning mos kelishi belgilarni kodlash deyiladi. Qoidaga ko’ra kompyuterda barcha sonlar nol va bir yordamida ifodalanadi(insonlar qanchalik o’rganib qolishgan bo’lsa ham , o’nlik sanoq sistemasidan emas). Boshqacha aytganda, kompyuterlar bu qurilmalarda qayta ishlash sezilarli darajada oson kechganligi uchun odatda ikkilik hisoblash tizimida ishlaydi. Kompyuterga sonlarni kiritish va ularni o’qish uchun chiqarishda inson o’nlik formada amalga oshishiga o’rganib qolgan bo’lsa ham, barcha zarur o’zgartirishlarni kompyuterdagi dasturlar bajaradi. Axborotlarni kodlash usullari.Har bir axborot bir necha xil usulda kodlanishi mumkin. Kompyuterlarning vujudga kelishi bilan alohida inson va butun nsoniyat ishlatadigan barcha ko’rinishdagi axborotlarni kodlash zaruriyati paydo bo’ldi. Ammo axborotlarni kodlash muammosini yechishni insoniyat kompyuterlar paydo bo’lishidan ancha oldin boshlagandi. Insoniyatning olamshumul kashfiyoti –yozuv va arifmetika-nutq va raqamli axborotni kodlash sistemasidan boshqa narsa emasdi. Axborot hech qachon sof holatda bo’lmagan, u har doim qandaydir kodlangan ko’rinishda bo’lgan. Ikkili kodlash-axborotni ifodalashning keng tarqalgan usullaridan biridir. Hisoblash mashinalarida, robotlarda, raqamli dastur boshqaruvidagi stanoklarda umumiy qonundagidek, hamma informatsiya , apparat bajaradigan barcha ishlar, ikkilik alfavit so’zlari ko’rinishida kodlanadi.Belgili axborotni kodlash.Asosiy operatsiya, matnning alohida belgisida bajariladi-belgilarni taqqoslash. Simvollarni taqqoslashda eng muhim jihat har bir belgi uchun takrorlanmaslik va bu kodning uzunligi, bevosita kodlash prinsipini tanlash amaliy jihatdan ahamiyatga ega emas. Matnlarni kodlashda turli kod jadvallarida foydalaniladi.
Matnli axborotlarni kodlash.Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarning katta qismi kompyuter yordamida harflar, sonlar, tinish belgilari va boshqa belgilardan iborat matnli ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Hisoblab ko’ramiz, hamma belgilar nechta va bizga qancha miqdordagi bitlar kerak. 10ta son, 12 ta tinish belgi, 15 ta arifmetik amal, lotin va rus alfaviti harflari: jami 8 bitga to’g’ri keladigan 155ta belgilar. Axborot o’lchovi birliklari:
1 bayt = 8 bit
1 Kbayt = 1024 bayt
1 Mbayt = 1024 Kbayt
1 Gbayt = 1024 Mbayt
1 Tbayt = 1024 Gbayt
Kodlashning mohiyati shundan iboratki, har bir belgiga ikkilik koddagi 00000000 dan 11111111gacha bo’lgan sonlardan biri yoki o’nlik koddagi 0dan 255 gacha bo’lgan sonlardan biri mos qilib belgilangan. Hozirgi vaqtda rus harflarini kodlash uchun 5 turlicha kodlash jadvallaridan(КОИ - 8, СР1251, СР866, Мас, ISO) foydalaniladi. Bir jadval yordamida kodlangan matn boshqa jadvalda to’g’ri ko’rinmaydi.Asosiy belgilarni kodlashning usuli ASCII(American Standard Code for Information Interchange-ma’lumotlarni almasish uchun Amerika standarti)-kodi deb nomlanib, 16 lik sanoq tizimida kodlangan 16 ga 16 jadvaldan iborat.Tovushli axborotlarni kodlash.Fizika kursidan ma’lumki tovush bu havoning tebranishidir. O’zining tabiatiga ko’ra tovush uzluksiz to’lqindir. Agar tovushni elektr signalga o’zgartirsak(masalan, mikrofon yordamida), biz vaqt o’tishi bilan o’zgaruvchi bir tekis kuchlanishni ko’rishimiz mumkin. Kompyuter analog signalni qayta ishlashi uchun uni qandaydir ikkilik ko’rinishdagi sonlar ketma-ketligi ko’rinishiga o’zgartirishimiz kerak. Buning uchun esa diskretizatsiya va raqamlash kerak. Bu ish bunday shaklda ham bo’lishi mumkin: ma’lum bir vaqt oralig’idagi signal amplitudalarini aniqlash va olingan raqamli ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga yozish.
Axborotni ikkilik sanoq sistemasida kodlash Kompyuter raqamlarining o`zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan ; ulangan yoki ulanmagan ; ha yoki yo`q va hokazo... ) ifodalanadi. bu holatning birinchisini 0 raqami bilan, ikkinchisini esa 1 raqami bilan belgilash qabil qilinga bo`lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash nomini olgan. Bu usul qisqacha qilib, ikkilik kodlash deb ham ataladi. bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali – ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali yordamida ikkilik belgilar ketma – ketligida ifodalanadi.Kodlash usullari ikkita – Tekis va notekis turda bo`lishi mumkin. Tekis usullarida bir xil xajmdagi belgilardan foydalanilsa, notekis usulda belgilar tuli hajmdagi belgilarni o`z ichiga oladi.Kodlashning notekis usuliga Morze alifbosi usullari misol bo`la oladi, chunki unda har bir harf va raqanga uzun va qisqa signallarning ikkilik ketma – ketligi mos keladi. Masalan “Y” harfiga birgina nuqta mos kelsa, “O” harfi uchun uchta tire mos keladi. bunday usul bilan axborotlarni uzatish mumkin bo`lsa-da, ularni qayta ishlash katta muammoli vazifadir. Shuning uchun ham axborotlarni qayta ishlash vositasi hisoblash mashinalarida tekis kodlash usullaridan foydalaniladi. Kompyuterlarda har bil belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat sakkizta belgi mos qo`yiladi. Shu sakkista belgining har biri bit deb nomlanadi. sakkista bit esa bir baytni tashki etadi.8 ta 0 va birlaning turli kombinatsiyasidan foydalanib, turli hildagi belgilarni kodklashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni sakkistadan ajratsak, bu kombinatsiyalar soni 28 = 256 bo`ldi va ular yordamida 256 ta harf , raqamlar va turli boshqa belgilarni kodlash imkoniyatini tug`iladi.
Bitta belgini kompyuterlarda kodlash uchun 8 bit, ya`ni 1 bayt joy yetadi. Ko`rinib turibdiki, 1 bayt joyda ikkilik kod orqali 256 ta belgini kodlash imkoniyati bo.ASCII jadvali yordamida ayrim belgilarning ikkilik Sistemasidagi kodlarni misol sifatida keltiramiz.
A-01000001
B-01000010
C-01000011
I-01001001
J-010011010
K-010011011
M-010011101
N-01001110
O-01001111
Ya`ni ASCII jadvalida keltirilgandek Abelgisini o`nta oltilikda 14 ga teng (belgi turgan katakda kesidhgab sitr va ustun raqamlari qo`shiladi) 14 – 41 tetrada asosida 1=0001; 4 = 0100. Demak A belgisini komyuterda kodlanishi 01000001 bo`ladi, LOLA so`zini quyidagicha kodlash mumkin.
01001100 01001111 01001100 01000001
Buyruqlarni yoki turli boshqa turdagi axborotlarni kodlash uchunshu tartibda yondoshiladi. biroq turli rusumdagi kompyuterlaar uchun bu yondoshuv turlicha bo`lishi mumkin. Bu texnikaning xususiyatiga bog`liq bo`lgan holatdadir.9 0 va 1 lar ketma – ketligi bilan grafik axborotlarni ham kodlash muimkin. Buning uchun quyidagi usuldan foydalaniladi. Rozmomadagi rasmga diqat bilan razm solsangiz, u mayda nuqtalardan (ularni polografiya tilida “Rastor” deyishadi) tashkil topganligini ko`rasiz. turli polografiya uskunalaridan foydalanilganlikboyis, bu nuqtalarning zichligi turlicha bo`ladi. Ko`pchilik ro`znomalardagi rasmlarda 1 sm lik uzunlikda 24 ta nuqta bo`ladi, ya`ni 10 x 10 sm2 o`lchovidagi rasm taxminan oltmushming nuqtadan iborat bo`ladi. Bular bir xil darajadagi oq va qora nuqtalarda iborat bo`lsa u hoda bir nuqtadagi 1 bit yetarli bo`lmaydi. 2 bit bilan nuqtaning to`rt xil rangini 00-oq, 01 och kul rang 10-kul rang , 11-qora rangni kodlash mumkin bo`lsa uch bit sakkis hil rangni, 4 bit 16 xil rangni kodlash imkoniyatini beradi.Axborot miqdori va uzatish tezligi.Axborot ham boshqa ko`pgina tushunchalar (masalan , vaqt ish harorat, masofa va boshqalar) kabi o`lchanadi, Ammo uning o`lchov birligi siz bilgan matematika yoki fizika kursida tanishgan o`lchov birlilarimizdan farq qiladi.Axborotni o`lchash uchun unda ishtirok ekgan harf , raqam va boshqa belgilar 0 va 1 raqamlari bilan kodlanadigan kodga almashtiriladi.Masalan 3 raqami 11 kabi; 8 raqami 1000kabi; A harfi 01000001 ; m harfi esa 11011101 kabi ifodalanadi.Axborotning eng kichik o`lchov birligi sifatida bit qabul qilingan. Bit axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo`lib,inglis tilidagi “binariy digt” so`zidan olingan va “ikkilik raqami”” degan ma`noni anglatadi.Masalan: 100101001da 9 ta bit bor. Chunki unda 9 ta raqam ishtirok etmoqda.Axborotlarni kodlashning usullari.
Ma’lumotlarni kodlash Istalgan sonli, matnli, grafikli, tovushli va boshqa axborotlar kompyuter xotirasida ikkilik sanoq tizimidagi sonlar ko’rinishda ifodalanadi.
Ikkilik sanoq sistemasi: 0;1
Uchlik sanoq sistemasi: 0;1;2
To’rtlik sanoq sistemasi: 0;1;3
O’nlik sanoq sistemasi: 0;1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9
Istalgan sonli, matnli, grafikli,tovushli va boshqa axborotlar kompyuter xotirasida ikkilik sanoq tizimidagi sonlar ko’rinishda ifodalanadi.Axborot sonli, matnli, rasmli va boshqa shakllarda taqdim qilinishi mumkin.Axborotni berilgan shakldan boshqa shaklga o’tkazish jarayoni kodlash deyiladi.Axborot sonli, matnli, rasmli va boshqa shakllarda taqdim qilinishi mumkin. Axborotni berilgan shakldan boshqa shaklga o’tkazish jarayoni kodlash deyiladi. Istalgan sonli, matnli, grafikli, tovushli va boshqa axborotlar kompyuter xotirasida ikkilik sanoq tizimidagi sonlar ko’rinishda ifodalanadi. Kompyuter xotirasida istalgan matn belgilar kodini ketma-
ketligidan iborat bo’ladi. Ya’ni harfning o’rniga uning kodlash jadvalidagi nomeri saqlanadi. Harf va belgilarni tasviri ularni monitorga chiqarish va chop qilish momentida taqdim qilinadi.Dastavval 8 bitli kodlash tizimi qo’llanilgan va u o’zida 128 ta belgilarni mujassamlashtirgan edi.
Kompyutеrlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi ob'еkt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lеkin har qanday ma'lumot axborot bo`lavеrmaydi. Masalan: olma dеsak, bir nеcha xil ma'noni tushunish mumkin: qizil olma dеganda, mеvaning ma'lum bir rangi tushuniladi, dеmak barcha ma'lumotlar axborotga aylanishi uchun voqеa - xodisa to`g`risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim.Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyotining asosi bo’lmish hisoblash texnikasidan ishlab chiqarishning turli iqtisodiy vazifalarini hal etishda keng foydalanilmoqda, chunki juda ko’p faktorlarni hisobga olish, katta hajmdagi axborotlar bilan ishlash zaruriyati - bunday masalalarni elektron hisoblash mashinalarisiz hal etishga imkon bermaydi.
Axborotlarni asosan quyidagi shakllarda ifodalash (yig`ish, saqlash, qayta ishlash, masofaga uzatish) mumkin:
1.Turli xil yozma matnlar – kutubxonalardagi ilmiy va badiiy adabiyotlardan, gazeta va jurnallardan o’qiymiz. Ulardan foydalanish jarayonida ehtiyojga qarab qayta ishlash maqsadida yangidan boshqa ko’rinishda yana matn shaklida saqlab qo’yish mumkin.
2.Turli xil chizmalar – grafiklar (diagramma, funktsiyalarning grafiklari, ob’ektlarning loyihalari), rangli tasvirlar (tabiat tasviri, foto suratlar va h.k.) kabi uchraydi.
3.Turli xil tovushlar – odam bir-biri bilan muloqotda bo’lgandagi ovozlar, tabiatdagi jonivorlarning ovozlari, turli xil sun’iy tovushlar (telefon, radio, televizor, musiqa asboblarining tovushlari) va h.k.
4.Turli xil videolavhalar – televizor orqali namoyish etilayotgan lavhalar, tabiatda odam ko’zi orqali ko’rayotgan lavhalar, tele va videofilmlar va h.k.
Axborotlar quyidagi sifatlarga ega bo’lishi lozim:
-Axborotlar to’liqlik sifati, ya’ni axborot o’rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to’liq ifodalashi lozim bo’ladi.
-Axborot ma’lum darajada qimmatli bo’lishi, aks holda foydalanish ehtiyoji tug`ilmaydi.
-Axborot ishonchli bo’lishi lozim. aks holda uni qayta ishlashga zarurat tug`ilmaydi.
Axborotlar ushbu sifatlar bilan farqlanishidan tashqari shakliga ko’ra ikki turga bo’linadi, ya’ni uzluksiz va uzilishli turlariga ajratiladi.Atrof-muhitdagi ob-havo holatini yoki hozir sutkaning qaysi vaqti (kun yoki tun) ekanligini ham istagan vaqtda bilishimiz mumkin. Bu uzluksiz axborotga misol bo’la oladi.Shunday jarayonlar borki ular haqida hamma vaqt ham axborot olib bo’lmaydi. Masalan, faqat soat va minutlarni ko’rsatadigan soat yordamida vaqtning lahzalari haqida axborot olib bo’lmaydi. Bu uzulishli axborotga misol bo’la oladi.Har bir sohada axborotlar o’z shakliga ega bo’ladi. Masalan, matematikada axborotlar asosan sonlar va formulalar orqali qayta ishlanadi va ifodalanadi. Biologiya fani yo’nalishida o’rganiladigan ob’ekt – tabiiy tirik sistemalar (odam, hayvonlar, o’simliklar) bo’lib, biologiyada qo’llaniladigan axborotlar ana shu ob’ektlar yordamida, ularning bevosita ishtirokida to’planadi, qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi.
Informatikada axborotlar ikki turga – anolog (uzluksiz) va raqamli (uzulishli) axborotlarga bo’linadi.
Anolog axborotlar uzluksiz mavjud bo’lib, uni ixtiyoriy vaqtda qabul qilish mumkin, boshqacha aytganda, anolog axborotlar atrof-muhitga (shu jumladan insonga ham) uzluksiz ta’sir etuvchi energetik signallardir. Anolog axborotlarni qayta ishlash uchun ularning biror davrdagi holatini ajratib olishimiz va tahlil qilishimiz lozim. Buning uchun esa bu axborotni boshqacha shaklga o’tkazish zarur bo’ladi. Bunda turli belgilardan foydalanishga to’g`ri keladi. Ya’ni har qanday axborotni raqamli axborotga aylantirish, masalan ranglarni raqamlar bilan, tovushlarni notalar – notalarni esa yana raqamlar bilan belgilab, anologli axborotni raqamli axborotga aylantirish zarur bo’ladi10.
Tabiatda bu signallarning ikkita aynan bir xil kompbinatsiyasi uchramaydi. Ya’ni aynan bir xil tovushni uchratmaymiz. Ammo buning teskarisi, ya’ni bir xil shaklga ega bo’lib, turli mazmun kasb etadigan holat ham mavjud. Masalan, bitta nota qog`ozda bitta yagona belgi bilan ifodalansa-da, u turli musiqa asboblarida ijro etilganda, uning farqini darhol sezish mumkin.
Ta’kidlash lozimki, analog axborotlarni qayta ishlash uchun ularning biror davrdagi holatini ajratib olishimiz va tahlil qilishimiz lozim. Buning uchun esa bu axborotni boshqacha shaklga o’tkazishimiz kerak bo’ladi. Bunda turli belgilardan foydalanamiz. Har xil ranglarni turli raqamlar bilan, tovushlarni esa notalar bilan belgilab, analog axborotni raqamli axborotga aylantirishimiz mumkin.
Anolog axborot bilan raqamli axborotning asosiy farqi shundaki, anolog axborot uzluksiz, raqamli axborot esa uzulishlidir.
Inson tomonidan yaratilgan qurilmalar ham mana shu yuqorida ko’rsatilgan ikki xil turdagi axborotlar bilan ishlaydi. Masalan, televizor, telefon anolog axborotlarni qayta ishlash qurilmalari bo’lsa, kompyuter raqamli axborotlar bilan ishlash qurilmasi hisoblanadi. Hozirgi kunda raqamli televizor, telefon, videokamera, fotoapparat kabi qurilmalar ham hayotimizga kirib kelmoqda.
Biz axborotlarni turli xil signallar orqali qabul qilamiz. Ularni qayta ishlash jarayonida signallarning turli-tumanligi qiyinchiliklar tug`diradi. Axborotlarni to’plash, qayta ishlash, saqlashni osonlashtirish maqsadida barcha shakl va turdagi axborotlarni bir xil shaklga keltirib olinadi, ya’ni qayta ishlash uchun qulay bo’lgan belgilar bilan almashtiriladi. Bu jarayon axborotlarni kodlash deyiladi. Kodlashning ikkita usuli mavjud – tekis va notekis kodlash. Tekis kodlashda bir xil hajmdagi belgilardan foydalaniladi, masalan ikkilik kodlash. Notekis kodlashda esa turli xil hajmga ega bo’lgan belgilardan foydalaniladi, masalan, morze alifbosi orqali kodlash.Biror belgilar yordamida yozilgan axborotni kodlangan axborot deb qarashimiz mumkin. Chunki mazkur alifbo bilan tanish bo’lmagan uning yordamida tayyorlangan axborotni qabul qila olmaydi va qayta ishlash imkoniga ega bo’lmaydi. Shuning uchun ikki taraf o’zaro axborot almashganda oldindan biror qonun va qoidaga kelishib oladi. Masalan, avtomobil svetorfor signallaridan foydalanamiz, demak, signallardan foydalanish oldindan kelishib olingan qat’iy qoidaga rioya qilish kodidir.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fani uchun asosiy o’rganiladigan ob’ekt – axborotdir. Axborotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda asosiy vosita bo’lgan kompyuterning xususiyatlarini o’rganish ham ushbu fanning vazifasiga kiradi.
Kompyuter raqamlarning o’zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan, ulangan yoki ulanmagan, ha yoki yo’q) ifodalanadi. Bu holatning birinchisini 0 raqami bilan ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo’lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash nomini olgan. Bu usul qisqacha qilib ikkilik kodlash ham deb ataladi. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali – ASCII (American Standart Code for Information Interchange) jadvali yordamida ikkilik belgildar ketma-ketligida ifodalanadi.Odatda, matnlar harflar, raqamlar, tinish va boshqa belgilardan iborat bo‘ladi. Matnlar axborotning boshqa shakllari singari kompyuter xotirasida ikkilikda kodlanadi. Belgilarni kodlash jadvallarining turli ko‘rinishlari mavjud. Aksariyat hollarda ASCII va Unicode tizimlaridan foydalaniladi. ASCII jadvali kodning uzunligi 8 ga teng bo‘lgan ikkilik kodlar asosida ishlaydi, ya’ni har bir belgi sakkizta 0 va 1 ning ASCII jadvali asosidagi ketma-ketligidan iborat. Har bir belgi 8 bit kod uzunligiga teng va u xotiradan 1 bayt joyni egallaydi. ASCII kodlash tizimi yordamida o‘nlik sanoq sistemasidagi 0 dan 255 gacha bo‘lgan sonlar orqali jami 28 = 256 ta belgi kodlanadi.
ASCII (ingl. American Standard Code for Information Interchange – axborot almashish uchun Amerika standart kodi) – xalqaro kodlash jadvali.
Matnlar kompyuter xotirasiga klaviatura yordamida kiritiladi. Klaviaturada harf, raqam, tinish belgilari va boshqa belgilarga mos tugmachalar berilgan. Bir so‘z bilan ularni belgi deb olish mumkin. Biror tugmacha bosilganida, o‘sha tugmachaga mos belgi ikkilik kod shaklida kompyuter xotirasida ifodalanadi. Uni monitorda aks ettirish uchun, u yana ikkilik koddan avvalgi ko‘rinishga o‘tkaziladi.
Unicode – yozuv tillarining deyarli barcha belgilarini kodlash standarti. Unicode kodlash jadvalida oddiy belgilardan boshlab, xitoy iyerogliflari, matematik belgilar, grek, kirill va lotin alifbolari harflari, musiqaning nota belgilari hamda boshqa belgilargacha kodlangan. Jadvalda kodlangan belgilar kodining uzunligi 16 bitga teng, ya’ni har bir belgi xotiradan 2 bayt joyni egallaydi. Unicode jadvali belgilarini kodlash ASCII jadvaliga mos tushadi, bundan tashqari, u ASCIIda mavjud bo‘lmagan belgilar bilan to‘ldirilgan. Unicode jadvalida belgilar 16 lik sanoq sistemasidagi to‘rtta raqam orqali kodlanadi. ASCII va Unicode jadvallaridan boshqa ham ko‘plab belgilarni kodlash jadvallari mavjud. Ularga ISO, CP, Windows, UTF jadvallari misol bo‘la oladi. Matnning axborot hajmi matn berilayotgan kodlash jadvalida belgilangan kodning uzunligiga bog‘liq. Masalan, bitta belgi ASCII jadvali orqali 1 bayt, Unicode jadvalida kodlansa – 2 bayt, UTF-8 da 1 baytdan 4 baytgacha axborot hajmiga ega bo‘ladi.
Monitor ekranida hosil qilingan tasvir gorizontal va vertikal chiziqlar kesishmasidagi kichik nuqtalar – piksellardan tashkil topadi. Grafik axborotlar kompyuter xotirasida rastrli yoki vektorli tasvir ko‘rinishida saqlansa-da, monitorda rastrli tasvir sifatida namoyon bo‘ladi. Rastrli tasvirdagi har bir piksel ikkilik koddan iborat. Pikselning rangi mana shu ikkilik kod yordamida aniqlanadi11.
Odatda, tasvir o‘lchamlari piksellarda emas, balki santimetr (cm)larda beriladi. Raqamli qurilmalar, shuningdek, monitor ekrani o‘lchami dyuymlarda ifodalanadi: 1 dyuym = 2,54 cm.
|
| |