|
Baozi tugmachalarga yuklangan vazifalar ro’yxati
|
bet | 11/13 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 1,36 Mb. | | #151882 |
Bog'liq Matn protsessorida hujjat yaratish va uni taxrir qilish mavzusini (2) Baozi tugmachalarga yuklangan vazifalar ro’yxati
Tugmachalar majmui
|
Yuklangan vazifa
|
CTRL+N
|
Xujjat yaratish
|
CTRL+O
|
Xujjat ochish
|
CTRL+S, SHIFT+F12
|
Xujjatni saqlash
|
CTRL+W
|
Xujjatni yopish
|
CTRL+D
|
Shriftni o’zgartirish
|
CTRL+E
|
Matnni o’rtaga rostlash
|
CTRL+Q
|
Matnning chap tomonini rostlash
|
CTRL+R
|
Matnning o’ng tomonini rostlash
|
CTRL+J
|
Matnning o’ng va chap tomonlarini rostlash
|
CTRL+U
|
Matnning ostiga chizish
|
CTRL+I
|
Matnni o’ngga qiyshaytirish
|
CTRL+B
|
To’q shriftni o’rnatish
|
CTRL+R
|
Chop qilish
|
CTRL+А
|
Matnning barcha qismini ajratish
|
CTRL+F
|
Matnni qidirish
|
CTRL+G
|
Kerakli betga o’tish
|
CTRL+H
|
Matnni izlash va almashtirish
|
CTRL+K
|
Matnni formatlash
|
CTRL+Z,
ALT+BASKSPACE
|
Oxirgi buyruqni bekor qilish
|
CTRL+Y, F4
|
Buyruqni qaytarish
|
CTRL+X, SHIFT+DEL
|
Аjratilgan matnni qirqib olish
|
CTRL+S, CTRL+INS
|
Аjratilgan matnning nusxasini olish
|
CTRL+V, SHIFT+INS
|
Matn nusxasini qo’yish
|
SHIFT+CTRL+F
|
Shrift turini o’zgartirish
|
SHIFT+CTRL+P
|
Shrift o’lchamini o’zgartirish
|
SHIFT+CTRL+S
|
Аbzats stilini o’rnatish
|
SHIFT+CTRL+F8
|
Matnni gorizontal ajratish
|
CTRL+F2
|
Xujjatni printerga qay xolatda chiqarilishini ko’rish
|
O’quvchilarga matn protsessorlarini o’rgatish metodikalarni qo’llash.
Innavatsion texnologiya-ta`lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo’llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta`lim jarayonida o’qituvchi va bilim oluvchi faoliytiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta‘lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg`ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo’llanilganda mustaqil ishlash ko`nikma va malakasi rivojlanadi. Ma`lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib, ularning aksariyati tajriba–sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. Ta`lim texnologiyalarini o’quv jarayoniga tadbiq etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat :
-darsni o’qitish jarayonida har bir o’quvchining bilimlarni o’zlashtirishda erkin muloqotga kirishishini rivojlantirish;
- ta‘lim jarayonida asosiy e`tiborni bilim oluvchining faolligini oshirishga va dars jarayonida ham faollikni oshiruvchi metod va zamonaviy ta`lim vositalarida foydalanish.
Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muoammolarga o’z munosabatlarini bildirishga intilishlarini tarbiyalab, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Innavatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi. Interfaol darslarda o’qituvchi o’quvchilarning faoliyatini dars maqsadiga yo`naltiradi. Bu usullarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, o’quvchining dars davomida befarq bo’lmasligi, mustaqil fikrlashi, ijod va izlanishga jalb etilishi, ta`lim jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlari doimiyligi ta`minlanishi, o’qituvchi va o’quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatining doimiy ravishda tashkil etilishini ta`minlaydi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizini o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishi tashkil etiladi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor. O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u o’quvchining ehtiyoji, qiziqishidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo`naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan bo’ladi O’qituvchi darsga tayyorgarlik ko`rish mobaynida o’quv vositalarini dars mavzusiga qarab tanlaydi va asosiy e‘tiborni qo’llaniladigan metodlar va o’quv vositalariga qaratadi. O’qituvchi har bir mavzuga mos yangi usullar va texnik vositalardan o’z o`rnida va unumli foydalana olsa, shundagina ko’zlagan maqsadga erisha oladi. Bu esa o’quvchilarni mustaqil bilim olishga, berilgan aniq mavzu bo’yicha atroflicha fikrlashga va ijodiy faol bo’lishga yo`naltiradi.
Hozirgi kunda keng qo’llaniladigan usullar:
―Klaster‖,
―Aqliy hujum‖,
―Debat‖,
―Muammoli vaziyat‖ kabilardan foydalanib, o’qituvchilar darsda samarali natijalarga erishmoqda. Dars davomida mavzu yuzasidan kelib chiqqan muammolarni innavatsion texnologoyalarni qo’llash orqali oson yechimini topish mumkin. O’qituvchi o’quvchilarning darsdagi faoliyatini aniq bir maqsadga yo`naltirishi, har bir dars puxta rejalashtirilishi, zamonaviy pedagogik texnologiylar asosida tashkil etilishi lozim. O’qituvchi doimiy ravishda o’quvchilarni o`rganilgan mavzu yuzasidan fikr bildirishga undashi, taklif va mulohazalarni, iste`dodini namoyish qilishga bo’lgan urinishlarini qo’llab quvvatlashi, buning uchun sharoit va imkoniyat yaratib berishi lozim.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olish uchun ma‘naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o’zgartirish, ularning bilim va ma‘naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish zarur. Bugun jamiyat oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo’ydi. Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta‘lim texnologiyasi yetakchi o’rinni egallaydi.
Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o’quvchi faol fikrlash faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish asosida o’quv jarayonini qayta qurish g’oyasiga olib keldi. Yangi pedagogik faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko‘rish asosida muammoli ta‘limning asosiy g’oyasi aniqlanadi: muammoli ta‘limda bilimning deyarli katta qismi o’quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o’quvchilarning tomonidan muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, an‘anaviy tarzda tashkil etilgan dars mashg’uloti samarasidan, tajriba sinov orqali o‘tkazilgan ―muammoli ta‘lim texnologiyasi‖ asosida tashkil etilgan darsning ijobiy natijasini tahlil ma‘lumotlar orqali ko‘rib o‘tdik va quyidagi xulosaga keldik, tajriba sinov orqali o‘tkazilgan ―muammoli ta‘lim texnologiyasi‖ asosida tashkil etilgan dars talabalarning darsda qatnashish faolligi, mustaqil fikr yuritish, o’zlashtirish darajasi yuqoriligi xamda o‘qituvchining mavzudagi belgilab olgan va o’z oldiga qo’ygan maqsadiga xamda ijobiy natijaga erishadi. Kollej ta‘lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta‘lim – tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishdan asosiy maqsad talabalarning zamonaviy bilim va kasbga ega bo‘lishini jamiyatda munosib o’rin egallashini ta‘minlashdan iborat hisoblanadi. Ta‘limni yangi imkoniyat va talablar asosida o’qitish xamda ta‘limni texnologiyalashtirish axborot texnologiyalariga asoslangan zamonaviy ta‘lim texnologiyalarni tadbiq qilishni taqazo etadi. Kollej ta‘limida ta‘lim texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirishning asosiy omillaridan biri bu ta‘lim jarayonida o’qitishning barcha texnik vositalar bilan ta‘minlanishi hisoblanadi.
Xulosa
Men bu kurs ishimni yozish mobaynida interet tarixi, insoniyatning Ta’limni axborotlashtirish, jamiyat va ta’limni axborotlashtirishning huquqiy –me’yoriy asoslari.bo’lgan davrdan to shu kungacha bo’lgan davrini kuzatdim. Ta’limni axborotlashtirish, jamiyat va ta’limni axborotlashtirishning huquqiy – me’yoriy asoslari.farqini urgandim. Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining tatbiq etilishi, shubhasiz, boshqaruv malasalarini sifat jihatidan yuqori darajada Ta’lim sifatini, ma’naviy-g‘oyaviy tarbiyasi darajasini oshirish vazifasi hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish so‘zsiz yangi axborot texnologiyalariga asoslanishi zarur. Ta’lim tizimini rag‘batlantirmay turib, fuqarolik jamiyatini qurib bo‘lmaydi. Ta’lim tizimi yopiq nuqtai nazarlar, qarashlar statik tizimi emas, bir uzluksiz jarayondan iborat bo‘lishi kerak. Mustaqil Respublikamizning rivojlanishini kafolatlash uchun ta’lim tizimi dinamik, mukammal bo‘lishi kerak. Respublikamizda Bbrcha soxalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jumladan soliq sohasida ham kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida, jumladan umumiy o’rta ta’limda xam pedagogik va axborot texnologiyalaridan, shu bilan birgalikda multimedia va innovatsion texnologiyalaridan foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda. Ms Office tarkibidagi asosiy dasturlardan foydalanish texnologiyasi ularni to’ldirishga imkon yaratadi.Shu sababli umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari oldida yangi muammolar, ya’ni o’qitilayotgan fanning o’zlashtirish sifatini oshirish vazifasi turibdi. Bu borada informatika fanini o’qitishda ham bir qator innovatsion uslublar qo’llanilmoqda. Shulardan biri zamonaviy multimedia texnologiyalaridan foydalanishdir. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining Informatika darslarida multimediali didaktik vositalarlaridan foydalanish yuqori samara berishi bilan bir qatorda, o‘quv jarayonida axborot va innovatsion texnologiya usullarini qo‘llashga keng imkoniyatlar beradi.
|
| |