|
Zahiriddin muhammadbobur nomidagi andijon davlat universiteti
|
bet | 13/13 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 1,36 Mb. | | #151882 |
Bog'liq Matn protsessorida hujjat yaratish va uni taxrir qilish mavzusini (2)Ish rahbari: M.Abdujabborov.
Andijon davlat universiteti
Axborot texnologiyalari va kompyuter injinering fakulteti
5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi
501-guruh talabasi Mahmudov Mirzohid
“Matn protsessorida hujjat yaratish va uni taxrir qilish mavzusini o’qitish metodikasi”dan kurs ishiga
T А Q R I Z
Mustaqilik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda axborotlashgan jamiyat qurish borasida keng isloxotlar olib borilayotgan davrda yoshlarning axborot madaniyatini shakllantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. Barchamizga ma’lumki, XXI asr- Globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda bu esa dasturlash tillarini yuqori saviyada o’rganish, yangi imkoniyatlari bilan tanishish va amaliyotda qo’llay olish uning imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish bugungi kunda korxona xodimlari, o’qituvchi va talabalar, shu soha bilan shug’illanuvchi mutaxassislar, dasturchilar oldida turgan eng muhim va asosiy vazifalardan biridir. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni it-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-son qarori va shu bo’yicha qilinadigon chora tadbirlartashkil etish zarurligi ta’kidlangan.
Rеspublikamizda kompyutеr va axborot tеxnologiyalari, tеlеkommunikatsiya ularni dunyo standartlariga yetkazish va shu asosda axborotlashgan jamiyat sari jadal intilish maqsadida kеng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O`quvchilarning «Informatika» fani mazmunini mustaqil o`zlashtirishlarida va o`quv jarayoni sifatining oshishida nazorat topshiriqlarining o`z o`rni bor. O’qituvchi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar va dasturlashga oid savollaridan dars mashg`ulotlarida foydalanish natijasida o`quvchilar bevosita MS Word dasturi bilan ishlashga o`rgatilib borilsa ularning bilim darajasi oshadi, dastur bilan ishlay olish malkalari yanada ortadi. Buyuk faylasuf olim Konfutsiy aytganidek, Eshitganimni unutaman, Ko`rsam eslay olaman, Mustaqil bajarsam, tushunib etaman. Bu o`z o`rnida aytilgan fikrlardan bo`lib, albatta o`quvchilarga mustaqil ishlashlari uchun turli ko`rinishdagi topshiriqlar berib borilsa xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitar-gigiyena talablari imkoniyatlarini eslab qolish bilan birga ular bilan ishlay olish malakasi ortadi.
Umumаn оlgаndа ushbu kurs ishi rеfеrаtiv xаrаktеrgа egа bo’lib, kurs ishigа qo’yilgаn bаrchа tаlаblаrgа jаvоb bеrаdi dеb hisоblаymаn.
Mahmudov Mirzohidning o’z ishini mustаqil rаvishdа bаjаrgаnligi, pedagogik dasturiy vositalar, internet ma’lumotlaridam keng foydalanganligini hisobga olib, ushbu kurs ishini ijobiy bahoga himoya qilishiga ishonch bildiraman.
Taqriz yozuvchi: __________________
|
| |