• Kurs ishi rahbari _______________ Topshiriqni bajarishga oldim ____________________ Topshiriq berilgan sana ______________ Kirish
  • Kurs ishi topshirish muddati




    Download 1,36 Mb.
    bet2/13
    Sana05.02.2024
    Hajmi1,36 Mb.
    #151882
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Matn protsessorida hujjat yaratish va uni taxrir qilish mavzusini (2)

    2. Kurs ishi topshirish muddati __________________
    3. Kurs ishi bajarishga doir boshlang‘ich ma’lumotlar Mavzuga oid internet ma’lumotlari, adabiyotlar bilan ishlash
    4. Hisoblash – tushuntirish yozuvlarnining tarkibi (ishlab chiqariladigan masalar ro‘yxati).
    ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________
    Kurs ishi rahbari _______________
    Topshiriqni bajarishga oldim ____________________
    Topshiriq berilgan sana ______________
    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi davrda olimlar innovatsion ta'lim texnologiyalari tarkibini samarali usul va vositalar asosida tizimlashtirib, ularning tub mohiyatini ochib berishga erishmoqdalar. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning jadal rivojlanishi axborot-ta'lim muhitini shakllantirishga va innovatsion darslarni tashkil etishga keng imkoniyatlarni ochib bermoqda. Ta’lim tizimini axborotlashtirish — bu hayotdan yangi usullarni izlash jarayonidir.
    Ta’lim tizimini axborotlashtirish bu butun ta’lim jarayonini samarali tashkil etishdir. Bunda asosan fanning so‘nggi yutuqlariga tayangan holda har bir o‘quvchi va umumiy jamoaning o‘zlashtirganlik faoliyati natijalari, ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini samarali tatbiq etish darajasi aniqlanadi. Ta’lim tizimini axborotlashtirish — bu kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish, ta’limda yangi sifat ko‘rsatkichiga erishishdir. Buning uchun ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishda o‘qituvchilarning malakasini oshirish va metodik qo‘llab-quvvatlash zarur. Ma’lumki, hozirgi davrda insonga media-texnologiyalarning ta’siri kun sayin ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Bu holat, ayniqsa, kitob o‘qishga nisbatan televizorni qiziqib tomosha qiladigan bolalarga kuchli ta’sir etmoqda. Yangi axborotlarning katta oqimi, reklamalar, televideniyeda kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanilishi, kompyuter o‘yinlari, elektron o‘yinchoqlar va oilada mustahkam o‘rinni egallab borayotgan kom-pyuterlar bola tarbiyasi hamda atrofdagi olamni anglab borishiga kattalardan alohida e’tiborni talab etmoqda. Shuni ta’kidlash zarurki, bola voyaga yetgani sayin uning sevimli amaliy faoliyatining mazmuni o‘zgarib boradi — o‘yinlari, sevimli qahramonlari va qiziqishlari ham o‘zgaradi. O‘quvchi ilgari axborotni darslik, adabiyotlar, dars jarayonida o‘qituvchi ma’ruzasi va radio hamda televideniye orqali olgan bo‘lsa, endilikda bunga axborot texnologiyalari, Internet tarmog‘i ham qo‘shildi. Ta’lim tizimini axborotlashtirishda o‘qituvchidan darsni yangi innovatsion va pedagogik texnologiyalar asosida o‘tish talab etiladi. Pedagogik texnologiyaning asosini axborot texnologiyasi tashkil etadi. Sababi ta’lim jarayoni texnologiyasining asosi axborot olish va qayta ishlashdan iborat. Ta’lim texnologiyasining eng muvaffaqiyatli usullaridan biri kompyuter texnologiyasi hisoblanadi. Ta’limda kompyuter (yangi axborot) texnologiyasi — bu o‘quvchiga axborotni tayyorlash va yetkazish vositasi kompyuter orqali amalga oshiriluvchi jarayondir. O‘qituvchi AKT’dan foydalanib, dars o‘tishda bu o‘sib kelayotgan avlod uchun mo‘ljallangan saboq ekanligini unutmasligi kerak, demak, darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida maqsadga ko‘ra dars rejasini tayyorlashi, dars o‘quv materialini tanlashda asosiy: tizimlilik hamda muntazamlilik, qulaylik, differentsial yondashuv, ilmiylik va boshqa didaktik tamoyillarga rioya etishi zarur.

    Download 1,36 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,36 Mb.