Замонавий дидактик воситалари асосида бўлажак профессионал таълим ўҚитувчиларини касбий фаолиятга тайёрлашнинг таркибий функционал модели




Download 0.6 Mb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#71470
1   2   3   4
Bog'liq
ЗАМОНАВИЙ ДИДАКТИК ВОСИТАЛАРИ АСОСИДА БЎЛАЖАК ПРОФЕССИОНАЛ ТАЪЛИМ (3)
7-sinf to\'liq savol va javob @Kimyo, EXCELНИНГ ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДАГИ, 11-amaliy, № 6 Амалий иш Axборотларни ҳимоялаш, 6-amaliy, Uzlet stipendiya 2022 yil 2 yarim yillik ota onasi yo\'qlar, said ahmad ufq trilogiya, Bebutova Lola kurs ishi slayd 3, akhborot khavsizligi (2), metod DILNOZZZZZZ, 1 kurs ped sport bayonnoma, 202-guruh Mamaraimova Iroda, kompyuternoe-muzykalnoe-tvorchestvo-kak-sredstvo-formirovaniya-informatsionnoy-kompetentnosti-sovremennogo-muzykanta-pedagoga, Fanlar majmuasi-2021, Veb
TAHLIL VA NATIJALAR
Zamonaviy ta’lim tendensiyalari orqali jadal rivojlanuvchi va o‘zgarib turuvchi jamiyat zamonaviy mehnat bozori extiyojlarini qanoatlantirishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash zarurligini talab etmoqda. Shu bois kasb ta’limida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedogogik kompetentligini rivojlantirish, kasb ta’limi dasturlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Ta’limda axborot texnologiyalari va o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari A.A.Abduqodirov, U.Sh.Begimqulov, U.Yuldashev, N.I.Tayloqovlarning ishlarida ko‘rishimiz mumkin.[2] Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va qo‘llash texnologiyasi asoslari va tamoyillarini, ularning umumiy tuzilmasi va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida J.Hamidovlar tadqiqotlar olib borishgan.[3]
Professional ta'lim o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini takomillashtirish kasbi eng ommaviy kasbga aylanib qoldi. Bu esa o‘z navbatida bo‘lajak professional ta‘lim o‘qituvchilarini tajribali va iste’dodli bo‘lishi, dolzarb muammoni hal etishda, ya’ni davlat ta’lim standartlari talablari darajasidagi kadrlarni tayyorlash ishlari «oddiy» pedagoglar tomonidan faqatgina zamonaviy o‘qitish texnologiya va o‘quv-didaktik hamda vizual vositalarni qo‘llab didaktik jarayonni tashkil etish va obyektiv boshqarish orqali ijobiy amalga oshirilishi mumkin.
O‘qituvchining axborot va boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirish uchun zamonaviy didaktik o‘qitish vositalari muhim ahamiyatga ega. Ular o‘quvchilarning kognitiv jarayonlarini qo‘zg'atishga va qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, o‘quv materialining ko‘rinishini yaxshilaydi, uni yanada qulayroq qiladi, o‘rganilayotgan hodisa haqida eng aniq ma'lumotlarni berad va ular mustaqil ishlarni faollashtiradi va uni individual sur’atda bajarishga imkon beradi. Zamonaviy didaktik vositalari xususan, elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanma, elektron masalalar to‘plami, elektron trenajyorlar, elektron praktikumlar, elektron ma’lumotnomalar, elektron ensiklopediyalar, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari, elektron o‘quv metodik-majmua, mabil ilovalar va shu kabi boshqa ko‘plab zamonaviy didaktik vositalardan foydalana olish zarur. Hozirgi zamon professional ta’limida zamonaviy didaktik vositalari tobora katta ahamiyat kasb etmoqda, professional ta’lim tizimida zamonaviy didaktik vositalarining ahamiyati ularning qo‘llanilishi bosqichlari va darajalari bilan belgilanadi. Birinchi bosqichda zamonaviy didaktik vositalari an’anaviy ta’lim shakllari va o‘qitish metodlari doirasida alohida pedagogik vazifalarni hal qilish vositasi sifatida qo‘llaniladi. Zamonaviy o‘quv didaktik vositalar yordamida hal qilinadigan asosiy pedagogik vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
- dasturiy ta’minot bilan dastlabki tanishuv, uning tayanch tushuncha va konsepsiyalarini o‘zlashtirish;
- har xil darajadagi tayanch tayyorgarlik;
- muayyan dasturiy ta’minotda amaliy vazifalarni hal qilish ko‘nikma va malakalarini egallash;
- nostandart muammoli vaziyatlarda tahlil qilish va mustaqil qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini egallash;
- aniq faoliyat turlariga qobiliyatni rivojlantirish;
- o‘rganilayotgan ob’ektlar, jarayonlar va faoliyat muhiti modellari bilan o‘quv-tadqiqotchilik eksperimentlarini o‘tkazish;
- bilim, ko‘nikma va malakalarni qayta tiklash (kam uchraydigan holatlar, vazifa va texnologik operatsiyalar uchun);
- bilim va ko‘nikmalar darajasini nazorat qilish va baholash.
Qayd etilgan vazifalarning integral xarakteriga ega bo‘lishiga qaramay, ularning echimi bir-biriga ta’sir etadi, zamonaviy didaktik vositalari o‘quv jarayonini boshqa o‘quv metodik vositalar bilan baravar holda qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi.
Hal qilinadigan pedagogik vazifalarga bog‘liq ravishda zamonaviy o‘quv didaktik vositalar to‘rt sinfga bo‘linadi: nazariy va texnologik tayyorgarlik vositalari; amaliy tayyorgarlik vositalari; yordamchi vositalar; majmuaviy vositalar.
Shu bilan birga, tasniflash sxemasida ko‘rsatilmagan boshqa majmuaviy vositalar ham uchraydi. Ular turli ko‘rinishdagi zamonaviy o‘quv didaktik vositalarni birlashtiradi, yoki ularga xos funksiyalarni amalga oshiradi. Bunday vositalar qatoriga trenajyor-o‘rgatuvchi tizimlar va boshqa vositalarni kiritish mumkin. Integrallashgan zamonaviy o‘quv didaktik vosita katta hajmdagi o‘quv materialini o‘z ichiga oladi yoki bir necha turdagi zamonaviy o‘quv didaktik vositalarini o‘zida birlashtiradi.
Turli ko‘rinishdagi zamonaviy o‘quv didaktik vositalarini birlashtirish natijasi majmuaviy vosita hisoblanadi. Bir xil turdagi zamonaviy o‘quv didaktik vositalarining birlashishi esa integral vositani hosil qiladi. Dasturiy majmua tushunchasi vositalar to‘plamini mexanik birlashtirishni anglatmaydi. Majmua yaxlit tizim sifatida o‘quv jarayonini markazlashgan holda boshqarishni ta’minlashi va uning tarkibidagi zamonaviy o‘quv didaktik vositalardan tizim bo‘g‘inlari sifatida sinxron foydalanishni ta’minlashi kerak.
Zamonaviy didaktik vositalarning asosiy afzalliklari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: ta’lim oluvchiga o‘ziga qulay zamonaviy didaktik vositalari bilan ishlash joyi va vaqtini, o‘qish sur’atini tanlashga imkon beradigan o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish (mustaqil ta’lim olish) uchun shart-sharoitlar yaratilishi; ta’limni yanada chuqurroq individuallashtirish va uning variativligini (ayniqsa, ta’lim oluvchining joriy tayyorgarlik darajasi va qiziqishlar doirasiga moslashtiriladigan zamonaviy didaktik vositalari) ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratilishi; o‘rganilayotgan ob’ektlar va jarayonlarning modellari (shu jumladan, amaliyotda tanishish qiyin bo‘lgan modellar) bilan ishlash imkoniyati; o‘rganilayotgan ob’ektlarning uch o‘lchamli virtual obrazlarini taqdim etish va birgalikda ishlash imkoniyati; noyob axborot materiallarini (slaydlar, rasmlar, qo‘lyozma, videolavhalar, ovozli yozuvlar va boshqalar) multimedia va mabil ilova shaklida taqdim etish imkoniyati; nazoratni avtomatlashtirish, bilim va ko‘nikmalarni yanada ob’ektiv baholash imkoniyati; bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish uchun takrorlanmaydigan topshiriqlar sonini avtomatik tarzda generatsiya qilish imkoniyati; axborotni izlash (gipermatn, gipermedia, avtomatlashtirilgan ko‘rsatkichlar, tayanch so‘zlar bo‘yicha izlash, butun matn bo‘yicha izlash va boshqalar) imkoniyati; ilg‘or psixologik-pedagogik metodikalarni (o‘yinli va musobaqali ta’lim shakllari, eksperiment o‘tkazish, virtual holatga “sho‘ng‘ish” va boshqalar) samarali qo‘llash uchun yaratilgan imkoniyatlar. Yuqorida qayd etib o‘tilgan mulohazalar zamonaviy didaktik vositalarini didaktik va funksional nuqtai nazardan tavsiflaydi. Zamonaviy didaktik vositalarining texnologik afzalliklariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqish tezkorligining oshishi; yangilash, rivojlantirishning osonligi va nusxalarini ko‘paytirishning osonligi, internet orqali foydalanishi va tez tarqatilishi. Ta’limda zamonaviy didaktik vositalarining faol qo‘llanilishining ahamiyati shundan iboratki, ular nafaqat ma’lum pedagogik vazifalarni hal qilish vositalari sifatida foydalaniladi, balki didaktika va metodikaning rivojlanishiga turtki beradi, o‘qitish va ta’limning yangi shakllarini yaratishga imkoniyat yaratadi. Masofaviy ta’lim Internet texnologiyalarining keng tarqalishi natijasida jadal rivojlanadi. Multimedia, kompyuter grafikasi, mabil ilovalar va trenajyor tizimlari texnologiyalari, shuningdek raqamli ma’lumotlarni zichlashtirish metod va algoritmlarining rivojlanishiga, kasbiy faoliyat sharoitini imitatsiya qiluvchi virtual voqelikka “kirish” orqali foydalaniladigan o‘qitish metodikalarini ishlab chiqishga turtki beradi. Bundan tashqari, kompyuterli tarmoq trenajyorlar sinfining yaratilishi ishbilarmonlik va musobaqa o‘yinlari (kasbiy tayyorgarlik va malaka oshirishda kasbiy musobaqa va ishbilarmonlik o‘yinlari avvaldan qo‘llanilib kelinsada, lekin zamonaviy didaktik vositalari ularni tashkil etish va o‘tkazish sifatini sezilarli oshiradi shaklidagi mashq qilish metodikasining rivojlanishiga ham imkoniyat yaratadi). Metodika va didaktikaning rivojlanishida zamonaviy didaktik vositalari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bundan tashqari kasbni yuqori darajada egallashda motivatsiya ham muhim o‘ringa ega, motivatsiya o‘z ichiga zamonaviy o‘quv didaktik vositalar sohasidagi zamonaviy yutuqlardan foydalanishga tayyorgarlik, mustahkam kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmani egallash, bilishga qiziqish, zamonaviy o‘quv didaktik vositalardan foydalanib kasbiy faoliyatga tayyorlanishga intilish kabi ichki omillarni qamrab oladi.[5]
O‘quv jarayonida zamonaviy didaktik vositalaridan foydalanish natijasida (ta’lim sifatini oshirish; o‘quv tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish; o‘qituvchilar yuklamasi va metodik vazifalarni qayta taqsimlash, nostandart o‘quv topshiriqlarini tayyorlash, ta’lim oluvchilar bilan individual ishlash va boshqalar natijasida) o‘quv jarayonini o‘quv-metodik vositalar bilan ta’minlashning tezkorligi ta’minlanadi. Qayd etilganlardan ko‘rinib turibdiki, ta’limning zamonaviy tizimida aniq o‘quv-metodik vositalarni tanlash ehtiyoji tug‘ilganda zamonaviy didaktik vositalariga o‘qitishning an’anaviy vositalariga nisbatan ko‘proq ustuvorlik beriladi. Ammo, bu ustuvorlik zamonaviy didaktik vositalarining o‘qitishning an’anaviy vositalarini butunlay siqib chiqarishini yoki ularni almashtirishni anglatmaydi.
Zamonaviy didaktik vositalarining ham o‘ziga xos kamchiliklari bor. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Zamonaviy didaktik vositalari bilan ishlash uchun mos dasturiy ta’minotga ega bo‘lish; kompyuterda ishlash ko‘nikmasini egallash zarurligi; kompyuter ekranida katta hajmdagi matnli materiallarni idrok qilishning murakkabligi; zamonaviy didaktik vositalarining interfaolligining yetarli emasligi; o‘quv rejasi bajarilishini bevosita va muntazam nazorat qilish imkonining yo‘qligi.
XULOSA
Zamonaviy o‘quv-didaktik vositalardan professional ta‘lim o‘qituvhilarini tayyorlash jarajonida foydalanish, o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga, faol bo‘lishiga, tanqidiy fikrlashga undashi, faqat nazariy bilimlar bilan cheklanmasligi, amaliy mashg‘ulotlar, mashqlar va topshiriqlar berilishi, mustaqil ta’lim olishga imkon yaratishi, o‘quv materiali aniq maqsad va vazifalarga yo‘naltirilishi lozim. Bo‘lajak professional ta‘lim o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalar asosida ta’limni tashkil etish, o‘qitish samaradorligini oshiradi, talabalarning bilimlarini tizimlashtirishni ta’minlaydi, ijobiy qobiliyatlarini rivojlantiradi hamda kasbga qiziqishlarini kuchaytiradi. Zamonaviy didaktik vositalar asosida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning tarkibiy-funktsional modelini ishlab chiqish edi. Taklif etilayotgan model quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Birinchi bosqich - bu muammoni kontseptsiyalash va tahlil qilish, uning mohiyati va sabablarini aniqlash, shuningdek tadqiqot savollarini shakllantirish. Shu o‘rinda aytishimiz mumkinki, bizning vazifamiz bo‘lajak o‘qituvchilarni mehnat faoliyatini yaxshilash uchun ularning ehtiyojlariga mos ravishda tayyorlashni tahlil qilish edi. Ikkinchi bosqich - strukturani (yoki strukturani) loyihalash, bu strukturaning tarkibiy qismlarini va ular o'rtasidagi munosabatlarni aniqlashni o'z ichiga oladi; shuningdek, har bir komponent boshqalardan (elementlardan) alohida ishlaganda nima sodir bo'lishini belgilashni ham o'z ichiga oladi. Bizning holatlarimizda biz induktiv yondashuvni tanladik, chunki u bizga nafaqat mavjud hodisalarni tushunishga, balki o'xshash hodisalar yoki jarayonlar haqidagi mavjud bilimlarga asoslanib, yangilarini bashorat qilishga imkon beradi.



Download 0.6 Mb.
1   2   3   4




Download 0.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Замонавий дидактик воситалари асосида бўлажак профессионал таълим ўҚитувчиларини касбий фаолиятга тайёрлашнинг таркибий функционал модели

Download 0.6 Mb.