Academic Research in Educational Sciences




Download 387,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.12.2023
Hajmi387,34 Kb.
#120981
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
zamonaviy-axborot-texnologiyalarining-pedagogika-bilan-uzviy-bog-liqligi (2)

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 4 | Issue 1 | 2023 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
41
 
January, 2023 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
to„g„risida”gi Qonunning 26-moddasida hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida 
o„qitish jarayoniga ilg„or, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng ko„lamda 
tatbiq etish barcha turdagi ta‟lim muassasalari oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri 
ekanligi ta‟kidlanadi. Darhaqiqat, o„qitish jarayonida pedagogik texnologiyalarning 
qo„llanilishi mashg„ulotlarni rang-barang, jo„shqin, qiziqarli tarzda tashkil etishga 
olib kelishi bilan o„quv materiallarini o„quvchilar tomonidan yuqori darajada 
o„zlashtirilishiga keng imkoniyatlar yaratadi [1, 2]. 
Darsni tashkil etish shakli dars ishtirokchilarining o„zaro aloqalariga bog„liq 
bo„lib, yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish o„quv materiali xususiyatlari, ta‟lim 
metodlari, o„quv imkoniyatlari, o„qituvchi mahorati va texnikasiga bog„liq. Bularning 
barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o„qituvchi boshqaruvchi sifatida 
o„quvchilar bilan birgalikda harakat qiladi. Xuddi mana shu jarayon faol amalga 
oshirilsagina, o„quv jarayonining samaradorligi ta‟minlanadi. O„quvchilarda 
tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimlarni puxta va chuqur o„zlashtirish, zarur bilim, 
ko„nikma va malakalar, kuzatuvchanlik, tafakkur va bog„lanishli nutq, xotira va 
ijodiy tasavvurlarni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik tamoyil – ta‟limdagi 
faollikdir. Bunday tizimda o„quvchi ham, o„qituvchi ham ta‟lim-tarbiya jarayonini 
hamkorlikda amalga oshiradi. Ular ham ijodkorlikda har bir o„quvchining bilim va 
qobiliyati, individual intilish va ehtiyojlarini aniqlaydilar. Bunday holatda o„qituvchi 
faqat “baholovchi” emas, balki yangi bilim yetkazuvchi manbaga aylanadi. Darsda 
o„quvchilar faoliyatiga nafaqat o„qituvchi, balki o„quvchilar ham rahbarlik qiladi. 
Avval a‟lochi o„quvchilar, so„ngra boshqa o„quvchilar ham o„qituvchi topshirig„iga 
binoan nima ish qilganlarini ko„rsatib namoyish qilishadi va natijada bu holatdan 
qolgan o„quvchilar o„zlariga xulosa chiqarib, ergashadilar. Bunday “izohli 
boshqaruv” o„quvchi maktab ostonasiga qadam qo„ygan kundan boshlanishi zarur. 
Ta‟lim tizimida dars samaradorligini oshirish uchun biz bugun, avvalo, 
o„quvchiga boshlang„ich sinfning dastlabki pallasidan boshlab olim A. Mallaboyev 
aytganidek, “sen buni bilishing shart” degan majburlovchi da‟vatdan voz kechib, har 
bir bolaga individual yondashgan holda “menga bu zarur, men buni bilishga, 
uddalashga, uni hayotga tatbiq etishga qodirman”, degan bir ichki tuyg„u, xohish-
istakni uyg„otishga harakat qilish lozim. Ushbu holatdan ko„rinib turibdiki, har bir 
o„qituvchi o„qitishning mavzu mazmuniga mos ilg„or, samarali usullarini izlab 
topishi, ma‟lum bo„lgan samarali usullarni unumli, ijodiy ravishda mashg„ulotlar 
jarayonida qo„llashi zarur. 
Pedagogik 
texnologiyalarni 
boshqarish 
o„zida ikki 
yo„nalishni mujassamlashtiradi: 
- faoliyatni boshqarish; 



Download 387,34 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 387,34 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Academic Research in Educational Sciences

Download 387,34 Kb.
Pdf ko'rish