|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq zamonaviy-axborot-texnologiyalarining-pedagogika-bilan-uzviy-bog-liqligi (2)Academic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 1 | 2023
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
44
January, 2023
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
keng qo„llash, ularning ma‟lum ma‟noda kutubxonalarini tashkil etish, ta‟limning
masofadan o„qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon elektron o„quv
tizimiga kirishdan iborat.
Mustaqil ta‟lim mashg„ulotlari uchun yaratilgan elektron o„quv-uslubiy
materiallar avtomatlashtirilgan dasturiy vositalar yordamida faoliyat olib boradi.
Avtomatlashtirilgan o„quv-uslubiy materiallar ta‟lim oluvchilarga kerakli mavzular
bo„yicha ma‟lumotlarni tavsiya etadi va bilimlarni nazorat qiladi. Bilimlarning
nazorati natijasiga qarab ta‟lim oluvchilarga turli saviyadagi topshiriqlar tavsiya
qilinadi. Avtomatlashtirilgan o„quv-uslubiy ta‟lim vositalari yordamida ta‟lim
oluvchilar o„qituvchining yordamisiz ham o„z bilimlarini oshirib takomillashtirib
borishi mumkin.
O„quv materiallarini elektron ko„rinishda taqdim etganda uning o„quvchilar
tomonidan tushunish darajasiga alohida e‟tibor berish kerak. Elektron shaklda
taqdim etilayotgan materiallar talim oluvchilar uchun qulay va yaxshi o„zlashtira
oladigan bo„lishi kerak. Tavsiya etilayotgan o„quv materiallarida kerakli ta‟riflar,
tayanch iboralar, kalit so„zlarga murojaat qilish va ulardan samarali foydalanish
imkoniyatlari yaratilishi kerak.
Fanlardan amaliy va laboratoriya ishlarini virtual stendlar ko„rinishida
imitatsiya qilish orqali tashkil qilish masofali o„qitish tizimida quyidagi
imkoniyatlarni ta‟minlaydi:
virtual stendlar uchun maxsus jihozlangan xonalar talab qilinmasligi;
laboratoriya ishlarini animatsiyalar bilan ta‟minlanish va ob‟ektlar ustida
olib borilayotgan jarayonlarni to„g„ridan-to„g„ri namoyish qilish;
yaratilgan virtual stendlardan ko„p marotaba foydalanish.
Fanlardan amaliy va laboratoriya ishlarini virtual stend tarzida tashkil qilish
masofali o„qitish tizimida juda katta ahamiyatga ega. Masofalio„qitish tizimini
tashkil qilish natijasida ko„rgazmali o„quv materiallaridan uzoq mintaqalardagi
ta‟lim muassasalarida o„quv jarayoni uchun kerakli o„quv jihozlari etarli bo„lmagan
holda ham ta‟lim oluvchilar amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish imkoniyati
yaratiladi.
Elektron o„quv materiallarini yaratish, ulardan qulay va samarali foydalanish
uchun elektron o„quv materiallari pdf formatiga o„tkaziladi. Bu formatda
tayyorlangan materiallardan foydalanishning afzalliklari quydagilardan iborat:
ma‟lumotlar xotiradan kam joy egallaydi;
ma‟lumotlar himoyalangan bo„ladi (o„zgartirishlar, viruslar
ta‟siridan holi qilish va boshqalar);
ma‟lumotlarni qidirish va chop etishni tezlashtirish;
|
| |