|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq zamonaviy-axborot-texnologiyalarining-pedagogika-bilan-uzviy-bog-liqligi (2)Academic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 1 | 2023
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
42
January, 2023
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
- o„quvchilar jamoasini boshqarish.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mazkur maqolani tadqiq qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik,
izchillik, tarixiylik hamda obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Kasbiy
terminologik
lug„at
boyligini
o„rgatishda
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalarning roli obyektiv ochib berildi. Pedagogik texnologiyalarning
rivojlanish davri tarix nuqatai-nazaridan tahlil etildi. Toshkent davlat transport
universiteti “Temir yo„ldan foydalanish ishlarini boshqarish” kafedrasi mudiri,
dotsent S.K. Xudayberganovning “Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi (I qism)”
nomli o„quv qo„llanmasi metodologik manba qilib olindi [3].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ta‟lim sifatini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so„z
yuritilganda, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari o„qitishning
yangi shakl va metodlarini ishlab chiqish uchun keng imkoniyat yaratilganini aytib
o„tish joiz. Shu bilan birga, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini chuqur
o„rgatish, o„quvchilarni katta hajmdagi ma‟lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va
mustaqil ishlash muammosi yuzaga kelmoqda. Kasb-hunar kolleji yoki akademik
litseydan universitetga o„qishga kelgan ko„p o„quvchilar mustaqil fikrlash va
ishlash bo„yicha yetarlicha ko„nikmaga ega emas. Ayrimlari bilim olishga
qiziqishlari juda past. Qobiliyatli, izlanuvchan hamda ijodkorlikka ishtiyoqi bor
farzandlarimizni
o„zi qiziqqan axborot kommunikatsiya texnologiyalari
yo„nalishida chuqurlashtirilgan saboq olishi, ularni kelajakda albatta yuksak
malakali mutaxassislar bo„lib yetishishlarida asosiy omil bo„lib xizmat qiladi.
Ma‟lumki, Respublikamizning barcha ta‟lim muassasalari o„quv jarayonida
o„qitishning zamonaviy shakllari va usulllarini qo„llash, ta‟lim tizimida axborot
texnologiyalardan unumli foydalanish, ular yordamida ta‟lim tizimini talab
darajasiga yetkazish ustida bir qancha ishlar olib borilmoqda.
O„quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning
quyidagi imkoniyatlarini keltirish mumkin:
o
o„qituvchiga o„quv materiallarini ta‟lim oluvchilarga yetkazib
berishda birmuncha yengillashtirilishi;
o
dars jarayonida berilayotgan o„quv materiallarning takroriy
holda namoyish qilish imkoniyatining mavjudligi;
o
ta‟lim oluvchilar o„zlashtirish darajasining yuqori
bo„lishiga erishish;
|
| |