Mamlakatimizda yuksalish davri boshlandi. Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiyaga
17
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Shu bois yoshlar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan "Tarbiya” fanini o‘qitish
ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Jumladan, yoshlar tarbiyasida
dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarga to‘g’ri
baho bera
olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to‘g‘ri qaror qabul qilish, hayotda o‘z o‘rnini topish
bilan bog‘liq bo‘lgan aniq maqsadlarni shakllantira olishga o‘rgatish, buning natijasi o‘laroq,
oila-jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning uzilib qolishining oldini olish, loqaydlik,
huquqbuzarlik, "ommaviy madaniyat"ning turli ko‘rinishlaridan saqlash imkoni yaratiladi.
“Tarbiya” darslarida o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat
qilishga o‘rgatish, ularda faol fuqarolik nuqtayi nazarini, milliy g‘urur, bag‘rikenglik va sog‘lom
e’tiqodni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda yosh avlodda mustahkam e’tiqod, yuksak dunyoqarash,
teran tafakkur, oilyjanob
fazilatlarni shakllantirish, Xo‘sh, o‘quvchining mustaqil fiklashi
deganda nimani tushunamiz? Ularda go‘zal insoniy fazilatlarni kamol toptirish jarayonida
ajdodlar merosidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Darslar jarayonida biz uchun asrlarning sadosi, uzoq o‘tmish bilan hamnafaslik hissini
uyg‘otuvchi, mangu chaqiriq bo‘lgan rivoyat, hadis, hikmat, hikoya, pandnomalardan
foydalanish yaxshi samara beradi. Ma’naviy merosimizning dur–gavhari hisoblangan maqol,
matal va hikmatli so‘zlardan darsda foydalanish, ular asosida olib boriladigan savol-javob,
suhbatlar, munozaralar darsni yanada qiziqarli o‘tishiga xizmat qiladi.
Zero, hikmatlardan ota-bobolarimiz asrlar osha bosib o‘tgan yo‘lni, boshdan
kechirganlarni, turmush shodliklari va chekkan azob – uqubatlari,
teran mazmunli pand-
nasihatlarni, qadimgi davlatlarda, o‘rta asr va undan keyingi asrlarda yashagan
ajdodlarimizning urf-odatlarini, rasm–rusmlarini, rang barang an’analarini ko‘ramiz va his
etamiz. Shu bilan birga darslarda hadislardan keltirilgan axloq-odob, kasb-hunar, ilm
fazilatlari, vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik haqida shunday qimmatli fikrlar faqat
o‘tmishda emas, hozirgi kunda ham yosh avlodni yuksak axloqiylik va ma’naviylik ruhida
tarbiyalashda boy manbadir.
Buyuk allomalarimiz Al- Farobiy,
Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Navoiy, Bobur kabi ulug‘
zotlarning falsafiy va ilmiy asarlari o‘quvchilar ma’naviyatini boyitishda bebahodir. Ma’lum
mavzular bo‘yicha xalq hikmatlaridan, rivoyatlardan, hadislardan, buyuk allomalarning
fikrlaridan misollar keltirish, ular yuzasidan munozara o‘tkazish, o‘z fikrini bildirishga
undash, o‘quvchilarda mantiqiy mushohada qilish, mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
“Tarbiya” fanini o‘tish jarayonida o‘zbek xalqining qadimiy yozma va og‘zaki adabiyoti
namunalari (ertaklar, dostonlar, asotirlar)dan
foydalanib, milliy g‘oyamizning tarixiy
negizlarini o‘rganish va asrab-avaylash, shuningdek, ulug‘ o‘tmishdoshlarimiz hayotidan
o‘rnak olishga arziydigan misollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘rganilishi uchun ikki soat vaqt ajratilgan mavzularning ikkinchi soatida, amaliy
mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida darsda ko‘proq ajdodlarimiz merosidan foydalanish
tavsiya etiladi. Amaliy mashg‘ulotlarining mavzusi bir soat oldin o‘quvchilarga beriladi. Mavzu
asosida maqollar,
buyuk allomalarning fikrlari, hadislar, rivoyatlar o‘qib kelishi topshiriladi.
Bu o‘quvchini mustaqil ishlashiga, izlanishga, hodisalar sirasidan mohiyatni anglab yetishga
imkon tug‘diradi.
18
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
“Tarbiya” fanini o‘qitishda sharq mutafakkir allomalari jahon fanining rivojiga bebaho
hissa qo‘shganliklari bilan bir qatorda- o‘z faoliyatlarida insonni ulug‘lash, xalqparvarlik,
mehnatsevarlik, vatanparvarlik, adolat, olijanoblik, do‘stlik, rostgo‘ylik,
kamtarlik, saxiylik,
mardlik, muruvvatlilik, odob, axloq, ilm-ma’rifat haqida ilgari surgan g‘oyalarini singdirish
katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. “Tarbiya” darslarida buyuk mutafakkirlarimiz merosini
o‘rganish beqiyos ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Zero, yoshlar qalbiga nur, ongiga ziyo bo‘lib kirib, ona Vatanimiz O‘zbekistonning fayz-
baraka yurti sifatida gullab yashnashiga munosib hissa qo‘shayotgan yoshlar buyuk
ajdodlarimiz yaratgan boy merosni yanada puxtaroq o‘rgansalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.