29
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy,
masofaviy, onlayn
konferensiya
BOSHLANG’İCH SİNFLARDA İNGLİZ TİLİNİ O'RGATİSHDA DİDAKTİK
O'YİNLARNİNG AHAMİYATİ
Mo’minova Gulizoda Ziyod qizi
O'zMu Xorijiy filologiya fakulteti talabasi, gulizoda2002@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.6281941
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o'qivchilariga ingliz tilini foydali pedagogik
metodlar, interfaol usullar va ularning yoshidan hamda salohiyatidan kelib chiqgan holda
o'qituvchi tomonidan tayyorlanadigan interaktiv metodlarning o'quvchilariga ta'siri yoritiladi.
Kalit so'zlar: didaktik o’yinlar, interfaol usullar, interaktiv metodlar,
texnologiyalar, nutqiy
mashqlar, multimediya, taqdimot materiallari, ideografik rasmlar
Mustqalikka erishganimizdan keyingi olib borilgan ta’limni tizimini isloh qilish,
qulayliklar yaratish haqidagi farmonlar yoshlarimizning bilimga olishga bo’lgan salohiyatini
tobora oshirib bormoqda. Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustda imzolangan
“Ta’lim muassasalarida chet tillarining o'qitishni yanada takomilllashtish chora-tadbirlari
to’g’risida” gi 610-sonli qarorida O’zbekistom yoshlariga chet tillarini uzluksiz o’rganish, chet
tillarini o’rganish uchun yetarli darajada sharoitlarni yaratib berish,
chet tillarini
o’zlashtirishning davlat standartlaridan kelib chiqgan holda “O’qib tushunish” (Reading),
“Yozish” (Writing), “Gapirish” (Speaking) hamda “Tinglash” (Listening) ko’nikmalari asosida
o’quvchilarni baholash mezonini tartibga solish, yetukli chet tili pedagoglarini yetishtirish
amaliyotlarini mustahkamlash kabi turli xildagi imtiyozlarni yaratish kabi masalalar ko’rib
chiqildi hamda ushbu masalalarning amalga oshirilishi nazoratga olindi. Bundan tashqari chet
tilini samarali o’rganish va o’rgatish borasida mahoratli pedagogik amaliyotlar tashkil etildi,
chet tili o’qituvchilarining o’qitish salohiyatini oshirishga doir metodika darslari yo'lga
qo’yilishi, boshlang'ich sinflarga ingliz tilini dars sifatida joriy etilishi yurtdosh-larimizning
chet tilini bilish darajasini oshirishga katta xizmat qilmoqda.
Yurtimizda miqyosida ingliz tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishlar ortishi malakali chet tili
o’qtuvchilarga bo’lgan talabning kuchayishiga sabab bo'ldi. Shu borada, Oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligi tomonidan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ingliz tili darslarini tashkil
etish bo'yicha o’quv qo’llanmalari joriy qilindi. Bunda, boshlang'ich sinf o’quvchilarining
yoshi, fiziologik, psixologik va yangi o’rganilishi kerak bo’lgan bilimlarni qabul qilish
salohiyatidan kelib chiqgan
holda mavzular tanlangan, mavzudan kelib chiqgan holda turli
xildagi interfaol mashqlar, ideografik lug’atlar, o’quvchilarning “Listening” (Eshitish)
ko’nikmasini oshirishga xizmat qiladigan qo’shiqlar, dialoglar tashkil etilgan. Boshlang’ich
sinflarga ingliz tilini o’rgatish materiallari bosqichma-bosqich tayyorlangan, ya'ni birinchi
sinf o’quvchilariga chet tili darslari o’yin tarzida hamda og'zaki nutq orqali o’rgatilsa, ikkinchi
sinf o’quvchilariga esa ingliz tili alifbosi, talafuz va ba’zi sodda grammatik qoidalar o’rgatilishi
tartibga solingan.
Shunda ko’ra, pedagoglar boshlang’ich sinf o’quvchilarining darsliklaridagi mavzulariga
munoviq holda interfaol metodlarni yaratishgan. Quyidagilar shular jumlasidandir:
Zanjir- ushbu interfaol mashq o’quvchilarning o’tilgan mavzular yuzasidan olgan
bilimlarini tekshirish maqsadi o’tkaziladi. O'yin davomida o’quvchilarning
hammasi
30
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
jalb qilinadi, o’quvchilar o’zlari o’rgangan so’zlarni ketma-ket aytishadi, o’qituvchi ular
talafuz qilayotgan so’zlarni qaytarilmasligiga va to’g’ri talafuz qilishiga e’tibor beradi.
Pantomime didaktik o’yini o’quvchilarning qiziqishini va so’z bilish mahoratini
oshirishda yordam beradi. O’quvchilar artikulyatsiyasiz, ya’ni so’zsiz, imo-ishorasiz
o’qituvchi tomonidan berilgan so’zlarni sinfdoshlariga tushuntirib beradi,
qolgan
o'quvchilar esa uni topishga harakat qilishadi. O’qituvchi sinning darajasini hisobga
olishi kerak, agar 1-sinflarga ushbu interaktiv metod qo’llaniladigan bo’lsa ularga
ideografik rasmlarni ko’ratgan holda bajarish lozim.
Topishmoqlar (Riddles ) yoshlarning ingliz tilida so’z bilish qobiliyati bilan
birgalikda ularning aqlini charxlashni ham o’stirishda yordam beradi. Topshipmoqlar
o’quvchilarning yoshi va so’z bilish qobiliyatidan kelib chiqgan holda topilishi
maqsadga muvofiq bo'ladi.
Qo’shiqlar yosh tilshunoslar uchun darslarni sermazmunli o’tkazish uchun qulay
interfaol usul hisoblanadi. Qo’shining kuylash, qo’shiq ma’nosiga mos ravishda raqsga
tushish ingliz tilini o’rgatish bilan cheklanib qolmay,
kun davomida darslardan
toliqqan o’quvchilarga darsga bo’lgan qiziqishini oshiradi.
Multfilimlar (Cartoons ) o’quvchilarning eng sevimli mashg’ulotlaridan biridir. Rang-
barang multfilmlarni tomosha qilish o’quvchilarda Listening, ya’ni tinglab tushunish
qobiliyatini rivojlantiradi, multfilm ko’rish davomida yangi so’zlarni o’rganadi. Ushbu
interfaol mashqni darsda amalga oshirish uchun o’qituvchi tomonidan multimediya
materiallari va uskunlarini tayyor holda bo’lishi talab qilinadi.
So’zni top nomli didaktik o’yinda o’quvchilarnig zehnini va so’z bilish qobiliyatini
tekshirish mumkin. O’qituvchi o’quvchiga o’tilgan mavzu yuzasidan so'zlardan birini
harflarini aralash holda;
teskarisiga talafuz qiladi, o’quvchi esa ushbu harflardan
o'qituvchisini aytishi lozim bo’lgan so'zni yasaydi. Qiyidagi misolda “So’zni top” nutqiy
mashqi bajarilgan:
PLEPA- apple
OTATOP- potato
Moslashtirish ( Matching ) ni turli xilda amalga oshirish mumkin. Masalan ideografik
rasmlarni shu rasmlarga mos so’zlar bilan, yoki sinomim, antonim so’zlarni bir-biriga
moslashtirish, ingliz tilida tuzilgan gaplarni yoki hikoya qismlarini moslashtirish orqali
amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan misollardan tashqari yana turli xildagi interaktiv metodlar
o’qituvchilar tomonidan dars davomida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu tayyorlanadigan
metodlar mexanizmini ishlab chiqish kelajak yoshlari uchun bir qator qulayliklarni yaratib
beradi. O’quvchilarni boshlang’ich sinfdaligidayoq til o’rganishga bo’lgan qiziqishini
yuklastirish ularning yuqori sinflarda yaxshi o’zlashtirishini ta’minlab beradi. Chet tilini
o’rganisgda foydalaniladigan interfaol usullarni amaliyotda qo’llash lozim.
Xulosa
qilib aytganda, mamlakatimiz miqyosida malakali chet tili o’quvchilarini
shakllantirish, o’qitish metodika mexanizmini ishlab chiqish, o’quvchilar uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratib berish, ingliz tilini o’rgatishda interfaol usullardan keng miqyosda
samarali foydalanish va ularning kelajak yoshlariga o’rgatish, metodik usullarni amaliyotda
qo’llanilishini ta’minlab berish hamda ushbu metodlar yordamida ingliz tilini yanada osonroq
31
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
o’rgatish kabi masalalarni hal qilishimiz hozirgi globallashuv davrida asosiy ahamiyat kasb
etmoqda.