27
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
mavjudlari zamon talablari, fan-texnika taraqqiyoti natijalarini hisobga olgan holda qayta
ko’rilishi kerakligi ma'lum bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalish]aridan biri
bolaning xususiyatlari, imkoniyatlari, la- yoqati va qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda uni
shaxs sifatida mu- kammal rivojlantirishga qaratilgan ta’limdir. Ma’lumki,
har bir shaxs
o‘zining intilishlari, qobiliyati va imkoniyatlariga ko‘ra ha- yotda o‘z o‘rnini topa olgan
sharoitda rivojlanuvchi jamiyatni barpo etishi mumkin.
Shuning uchun bizning asosiy vazifamiz maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni bilimga
undash, faollikka chaqirish, amaliy fao- liyatning har bir turida matematik
tushunchalarning muhimligini ko‘rsatish, fikrlashga o‘rgatishdan iboratdir. Demak,
zamonaviy maktabgacha ta’lim oldida bolalarga yoshligidan boshlab mustaqil, faol
matematik tushunchalarni rivojlantirish vazifasi turibdi.
Geometrik materialni o’rganish vazifalarini nazarda tutib, materialni o’rganayotganda turli
ko’rsatma qo’llanmalardan keng foydalaniladi. Bular jumlasiga geometrik figuralarning rangli
karta yoki qalin qog’ozdan tayyorlangan sinf ko’rgazmali modellari, figuralar, turli shakldagi
jismlar, shuningdek geometrik figuralar tasvirlangan plakatlar, doskadagi chizmalar,
diafilmlar kiradi. Bundan tashqari individual ko’rsatma qo’llanmalar bo’lgan qog’oz
poloskalar, turli uzunlikdagi cho’plar, qog’ozdan qirqilgan figuralar va ularning bo’laklari kabi
tarqatiladigan material talab etiladi. Ayrim mavzularni o’rganishda o’quvchilar
bilan
birgalikda qo’lda ko’rgazmali qo’llanmalar tayyorlash foydali, bular to’g’ri burchak modeli,
ko'pburchaklar modellari (shu jumladan to’g’ri to’rtburchaklar va kvadratlar ham) va boshqa
narsalardan iborat. Doskada chizmalarni bajarish uchun chizmachilik o’lchash asboblari
majmui: chizg’ich, chizmachilik sirkuli, albatta, sinfda mavjud bo’lishi kerak. Shunday asboblar
har bir o’quvchida ham bo’lishi kerak.
I-IV sinf o’quvchilariga geometrik materialni ochib berayotib, fazoda predmetlarning
shakli, o'lchami va o’zaro joylashishini bolalar maktabgacha davrdan egallashlarini hisobga
olish kerak. O'yin jarayonida va amaliy faoliyatlarida ular predmetlar bilan ish olib boradilar,
ko'zlari bilan ko’radilar, qo'llari bilan ushlab ko'radilar, chizadilar, yasaydilar va
peredmetlarning boshqa xossalari ichidan asta-sekin shaklini ajratadilar.
Maktabgacha
yoshdagi ko’pchilik bolalar 6-7 yoshlarida shar, kub, doira, kvadrat, uchburchak, to’g’ri
to’rtburchak shaklidagi predmetlarni to’g’ri ko’rsata oladi. Biroq bu tushunchalarni
umumlashtirish darajasi hali yuqori bo'lmaydi. Kvadratni to’g’ri to’rtburchakka qarama-
qarshi qo'yadilar, agar predmetlarning o’zi ularga tanish bo'lmasa, uning tanish shaklini bila
olmaydilar. Figuralarning burchaklari yoki tomonlarining bola odatlanganidek bo'lmasligi,
figuralarning har vaqtdagidan boshqacha joylashishi va hatto o’lchamlari juda katta yoki juda
kichik bo’lishi bolani dovdiratib qo'yadi. Shakllarning nomlarini bolalar ko’pincha
predmetlarning nomlari bilan chalkashtiriladi yoki almashtiriladi (masalan uchburchakni
“burchak”, "tom", "bayroqcha" va h.k.) deb ataydilar. Predmetlarning fazodagi vaziyatini
xarakterlayotganda agar bolaning o’zi "sanoq boshi" (bolaga nisbatan chapda-o'ngda, oldida
orqasida, yuqorida-pastda, yaqinda-uzoqda va h.k.) bo'lsa, maktabgacha
yoshdagi bolalar
fazoviy munosabatlarni ancha erkin anglaydilar. Tekislikdagi yoki fazodagi predmetlarning
boshqa predmetga yoki boshqa kishiga nisbatan vaziyatini bola ancha qiyinchilik bilan
aniqlaydi. Maktabda o’qitishda bolalarning mavjud tajribalariga tayanish ularning
tasavvurlarini aniqlashtirishi va boyitishi zarur.
28
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Geometrik materiallni o’qitish vositalari orasida geometrik topshiriqlar yozilgan
kartochkalar muhim o’rin tutadi. Bular darsliklarga qo’shimcha tariqasida nashr qilinadi.
Ularning asosiy maqsadi individual topshiriqlar bo’yicha bolalarning mustaqil ishlarini tashkil
qilishda, programmaning asosiy materiallarini puxta o’zlashtirishda o’qituvchiga yordam
berishdan iborat.
Shunday qilib, kartochkalar darsliklarni mashqlar bilan to’ldirishgagina
mo’ljallangan bo’lmay, balki bolalarning, darslikka yuklab bo’lmaydigan, mustaqil o’quv
faoliyatlarini boshqarishning bir qator funksiyalarini ham
bajaradi. Kartochkalardan har xil
foydalanish mumkin. Masalan, ulardan o’qituvchi mustaqil va nazorat ishlarni o’tkazishda,
o’quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni to’ldirishda, frontal, gruppaviy va individual ishlarni
tashkil qilishda, bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solishda, bilimlar, malakalar va
ko’nikmalarni hisobga olish va nazorat qilishda foydalanishi mumkin.