40
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
Kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar oldida ishga joylashish muammosi paydo
bo‘ladi. Kishilarning individual-psixologik xususiyat-larini kasb talablari bo‘yicha
kasbiy
tayyorgarligiga mosligini aniqlash uchun qator mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy tanlov
o‘tkaziladi. Uning bajarilishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi ya’ni unga ko‘ra
kasbning normativ tavsiflarini belgilab olish psixologik xususiyat va sifatlarini aniqlash lozim.
Psixolgiya fanida kasbiy shakllanish jarayonini davrlashtirishning bir necha variantlari ishlab
chiqilgan. T.V. Kudryavtsev shaxsning kasbga munosabati va faoliyatni
bajarish darajasi
mezoniga ko’ra, kasbiy shakllanishning quyidagi bosqichlarini ajratib ko’rsatgan:
2
1)
kasbiy moyillikning paydo bo’lishi;
2)
kasbiy ta’lim va kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik ko’rish;
3)
kasbiy faoliyatga kirishish, jamoada o’z o’rnini toppishga intilish;
4)
kasbiy mehnatda shaxsning o’zini to’liq namoyon etishi.
E. A. Klimov insonni mehnat sub’ekti sifatida talqin etib kasbiy yo’nalgan davrlashtirishni
quyidagicha asoslab bergan:
1.
O’yindan oldingi bosqich (4 yoshgacha bo’lgan davr)-kishining keying rivojlanishi va
mehnatga kirishuvi uchun asos bo’lgan idrok qilish vazifalarini o’zlashtirish;
2.
O’yin bosqichi (5-8 yosh)-inson faoliyatining “asosiy mazmuni”ni o’zlashtirish;
3.
O’quv faoliyatini o’zlashtirish bosqichi (8-12 yosh)-faoliyatni rejalashtirish, o’zini-o’zi
nazorat va
taxlil qilish;
4.
Optatsiya bosqichi (12-17 yosh)-kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasb tanlash
davr;
5.
Adept bosqichi (17-20 yosh)-tanlangan ixtisoslik bo’yicha
kasbiy tayyorgarlik;
6.
Adaptant bosqichi (20-23 yosh)-kasbning ichiga kirish va unga ko’nikish;
7.
Internal bosqich (23-26 yosh)-kasbiy tajriba to’plash;
8.
Kasbiy mahorat bosqichi-mehnat faoliyatini malakali bajarish;
9.
Obro`-e’tibor bosqichi mutaxassis tomonidan yuqori malakani o’zlashtirish;
10.
Ustozlik bosqichi-mutaxassis tomonidan kasbiy tajribani shogirdlarga berish, o’z
maktabini yaratish.
NATIJALAR
Yuqoridagi masala yuzasida olib borilgan tahlillar natijasida
shunday fikrga kelindiki, kasb
tanlash inson uchun muhim muammolardan biridir. Qiziqish va moyillik faoliyat jarayonida
shakllanadi va o’zgarib boradi. Kasb tanlash arafasida turgan
inson shaxsining mazkur
sohadagi qanchalik mos ekanligi faqatgina ushbu faoliyat jarayonidagina aniqlanadi. Ushbu
mavzuga ilmiy yondashish asnosida kasbiy psixologiya fanining
tarkibiy qismlari va
manbalari ham o’rganib chiqildi
3
.