V.I. Baydenko «kasbiy kompetentlik» tushunchasini quyidagicha tavsiflagan




Download 363,42 Kb.
bet38/71
Sana07.01.2024
Hajmi363,42 Kb.
#131379
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
Bog'liq
«innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni-fayllar.org

V.I. Baydenko «kasbiy kompetentlik» tushunchasini quyidagicha tavsiflagan: 
-
o’z mutaxassisligi bo’yicha faoliyat yuritish uchun zarur bo’ladigan bilim, ko’nikma,
malaka va qobiliyatlarga, kasbiy muammolarni qisman hal etishda bir vaqtda avtonomlik va
egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo’lish;
-
kasbiy shaxslararo muhitda hamkasblar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
-
faoliyat mezoni (sifat o’lchovi), qo’llash sohasi, talab etiladigan bilimlarni o’z
ichiga olgan standartlarni loyihalash tuzilmasi;
-
ish beruvchi talablariga ko’ra kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirish imkonini
beruvchi qobiliyatlardan samarali foydalanish;
2
insonga hozirgi zamon mehnat muhitida ish faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish imkonini
beruvchi bilimlar, xususiyatlar va ko’nikmalarning integrallashgan birlashuvi
Psixologik kompetentlikka berilgan barcha ta’riflar o’zida ijodkorlikni ifodalaydi. Pedagog
ijodkorligi o’z predmeti va unga mos fan sohasida bilimlarga, ta’lim va tarbiya metodikasini
egallagan bo’lishga, psixologiyada sinchiklab tekshirib ko’rish ko’nikmasiga asoslanadi.
Ijodkorlik uchun quyidagilar muhim bo’lib hisoblanadi: pedagogik masalalarning ko’p xilligi
va ularni hal etishning variativligini tushunish, o’z mahoratining darajasi va tavsifini hamda
1
Муслимов Н.А. Касб таълими ўқитувчисини касбий шакллантиришнинг назарий-методик асослари. Пед. фан.
докт. ... дисс. - Тошкент. - 2017. - 349 b.
2
Беспалко В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. - М.: ИРПО. - 2015. - 336 b.



53
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»


nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
uni rivojlantirish mumkinligini tushunish, uni takomillashtirish hohishi, yangi yechimlar
zarurligini tushunishi va unga psixik tayyorgarlik hamda uni amalga oshirishga ishonch.
Barcha katta yoshdagi kishilar kabi pedagogda ham psixika rivojlanishi uning faol kasbiy va
ijtimoiy faoliyati bilan bog’liq holda davom etadi.
S.Ye. Yelkanov pedagog shaxsining quyidagi uch komponentli tuzilmasini taklif etadi:
umumpedagogik sifatlar (pedagogik yo’nalganlik va motivatsiya); kasbiy muhim sifatlar;
individual psixologik xususiyatlar (qobiliyat, temperament, psixik jarayon va boshqalar)
A.V. Xutorskiyning tasavvuriga ko’ra, kompetentlik - bu individual- psixologik xususiyat,
kompetensiya – ta’lim oluvchining aniq bir muhitda samarali va sifatli faoliyati uchun zarur
bo’lgan ta’limiy tayyorgarlikka qo’yilgan oldindan belgilangan ijtimoiy talablardan iborat.
«Kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalarining «sifat»,
«xususiyat», «mahorat» toyifalari bilan nisbatda mohiyatini ochishga A.I. Subetto uringan.
Psixologik lug’atlarda «xususiyat» tushunchasi «biror bir insonga xos faoliyat va ahloqning
aniq sifatli - sonli bosqichini ta’minlovchi mustahkam ta’lim» sifatida ta’riflangan. A.I.
Subettoning yozishicha, «kompetentlik» va «kompetensiya» tushunchalari murakkab
tuzilmali va dinamik ta’limdir, ammo «sifat» va «xususiyat» toyifalariga nisbatan ikkinchi
darajali hisoblanadi. Shuning uchun ham ularning quyidagi umumiy tamoyillariga
bo’ysunadi:
3
-
sifatning vujudga kelishi va rivojlanishida potensial va dolzarb tashqi va ichki
ziddiyatlar tizimining mavjudlik tamoyili;
-
butunlik va tizimlilik tamoyili, bunda sifatning ichki tuzilmasi ob’yektning sifatini
potensialli sifat darajasida, sifatning tashqi tuzilmasi esa, ob’yekt yoki jarayonning tashqi
muhit bilan o’zaro ta’siri sifatini real sifat kabi aniqlaydi;
-
jarayonlar sifatini natijalar sifatida aks ettirish tamoyili va boshqalar.
O’qituvchi kompetentligining mazmunli jihatini tahlil qilib, A.K. Markova uning jarayonli va
natijali tomonlarini ajratib ko’rsatgan. Muallif pedagogik kompetentlik tuzilmasini jarayon
(pedagogik faoliyat, pedagogik muloqot, o’qituvchi shaxs) va pedagogik faoliyat natijalari,
ya’ni ta’lim oluvchining ta’lim olganlik va tarbiyalanganlik nuqtai nazaridan
tuzilmalashtirilgan. Bunda mehnatning har bir tomoni uchun psixologik modul deb
nomlanuvchi kasbiy bilimlar, kasbiy malakalar, kasbiy psixologik xususiyatlar (sifatlar)
ishtirok etadi. Ushbu nuqtai nazarga ko’ra, bizda, kompetentlik tuzilmasida faoliyatning ichki
vositasi, ya’ni motiv, bilim, ko’nikma va malaka kabi elementlarni qarab chiqish uning
jarayonli va natijali ko’rsatkichlarini hisobga olish haqidagi tasavvur paydo bo’ladi.
Psixologik kompetentlik tuzilmasida J.G.Garanina quyidagi ikkita darajaning mazmunini
ko’zda tutuvchi bilim, ko’nikma, malaka va fikrlashni qaragan:
1)
tushunchalar, hissiy obrazlar, ijtimoiy etalonlar, stereotiplar va boshqalar hamda
fikrlash tizimlari (kasbiy masalalarni hal etish bo’yicha refleksiv aqliy faoliyat);
2)
amaliy, ijrochilik, ya’ni insonlar bilan o’zarota’sirlashuv malaka va ko’nikmalari
tizimi.
Yu.V. Verdonyanning fikriga ko’ra, pedagog va psixologning kasbiy kompetentligi mutaxassis
shaxsining holati va xususiyatlari, uning kasbiy faoliyati va zarur amallarni bajarishga
qobiliyati (bilim va imkoniyati) ning yagona tizimidan iborat. O.A. Bulovenko esa,
3
Аулова Н.С. Формирование готовности будущих менеджеров к профессиональной деятельности в
современных социально- экономических условиях: дис.. канд. пед. наук. - Барнаул. 2015. - 227 b.



54
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»


nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
kompetentlikni kasbiy faoliyatning o’ziga xos chizgisi sifatida emas, balki shaxsning turg’un
oshirilgan yoki pasaytirilgan faollikda namoyon bo’luvchi holati sifatida qarashni taklif etadi.
Ayrim tadqiqotchilar bo`lajak psixologlarning matematik kompetentligi mohiyati uning kasbiy
faoliyatga tayyorgarligidan iborat - deb hisoblaydilar. Faoliyatga tayyorlik kompetentlikning
tuzilmali komponenti sifatida, shuningdek, kengroq ma’noda esa, kasbiy o’z-o’zini anglash,
motivatsion-qadriyatli va mazmunli- jarayonli komponentlarning birligini o’zida aks
ettiruvchi shaxsning dinamik tuzilmali-darajali ta’limi sifatida qaralishi mumkin.
Ko’p funksionalli dasturiy-matematik ta’minot nafaqat matematik ta’limning amaliy jihatini
kuchaytiradi, balki bo`lajak psixologlarning kasbiy tayyorgarligiga yangi imkoniyatlar kiritadi.
Mutaxassis matematik kompetentligi nuqtai nazaridan esa, matematik masalalarni yechishda
(aniq va taqribiy metodlar bilan) natija olishning turli usullari va shakllarini amalga oshirish
uchun u yoki bu uskunalarning noyob variativli imkoniyatlarini tushunish muhim hisoblanadi.
Bu o’z navbatida, bo’lajak pedagog uchun o’quv materialining mazmunini, o’rnini va bayon
etish xarakterini aniqlashning metodik muammosi dolzarbligini oshiradi.
Xulosa o`rnida aytish mumkinki, bo`lajak psixologlarning kasbiy kompetentligini tarkib
toptirish uchun pedagogik oliy ta’limda tub o’zgarishlarni amalga oshirish kerak. Oliy ta’lim
Davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi va darsliklarni takomillashtirish yo’nalishida muayyan
ishlar olib borilayotgan bir paytda, mavjud an’anaviy mazmundan voz kechish qiyin kechsa-
da, ta’lim mazmunini yanada aniqlashtirish lozim bo’ladi.

Download 363,42 Kb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




Download 363,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V.I. Baydenko «kasbiy kompetentlik» tushunchasini quyidagicha tavsiflagan

Download 363,42 Kb.