44
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
yashayotgan muhit va shart-sharoitlari doimiy ravishda ta’sir etib turadi. Uning ayrimlari
kishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatsa, ayrimlari bilvosita tarzda ta’sir qiladi.
Jinoyatchilik xulqining ijtimoiy-psixologik omillari deganda, eng avvalo makro va mikromuhit
deb nomlangan ikki katta tushunchalarga izoh berib o‘tish lozim bo‘ladi. Jinoyatchilikning
psixologik omillari esa jinoyatchi shaxsining individual-psixologik va yosh davri xususiyatlari
jamlanmasi ma’nosida talqin qilinadi.
Makromuhit, ya’ni katta ijtimoiy qatlamdagi munosabatlar, xususan jamiyatning iqtisodiy
munosabatlari, siyosiy xokimiyatning tashkil etilishi, jamiyatdagi siyosiy vaziyat, ijtimoiy
ongning shakllari hamda kishilarning katta guruhlari hisoblangan millat, siyosiy partiyalar,
harakatlar, ijtimoiy va professional guruhlar va boshqalar asosida tashkil topadi. Mikromuhit
esa shaxsga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi, ya’ni insonni qurshab olgan muhitni, uning oilaviy
muhitini, mehnat faoliyati, shart-sharoitlari, xizmat ko‘rsatishi va dam olishini hamda u
faoliyat ko‘rsatayotgan mehnat jamoasi va turli xil ehtiyojlarni qondirish yo‘lidagi muomala
munosabatlarini qamrab oladi.
Makromuhitning jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga ta’siri to‘g‘risida gapirilganda avvalo
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoit, kishining turmush tarzi, ijtimoiy mavqei,
jamiyatda tutgan o‘rni to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim bo‘ladi.
Jamiyatning iqtisodiy inqirozi kishilarning turmush tarziga, hayot kechirishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bu kishilarni jamiyatda o‘z o‘rni, hayotini saqlab qolish uchun turli xil g‘ayriijtimoiy
xatti-harakatlarni bajarishga undaydi. Oqibatda bunday jamiyatda qonunning ustuvorligi
yo‘qoladi, turli xil qonunbuzarliklar, jumladan o‘g‘irlik, bosqinchilik, zo‘ravonlik kabi
jinoyatlar avjiga chiqadi. Mamlakatda siyosiy beqarorlikning hukm surishi, muayyan mafkura
va g‘oyaning yo‘qligi ham turli xil qonunbuzarlikning kelib chiqishiga imkoniyat yaratadi.
Kuzatishlarimizga qaraganda, voyaga yetmaganlarning bezoriliklari ko‘pincha o‘zini
ko‘rsatish va ermak, ovunchoq sifatida, tengdoshlarini kuldirish, qiliqlar ko‘rsatish ma’nosida
sodir etiladi. O‘smirning bu xildagi xatti-harakatlari ba’zan jamiyatga, kishilarga jiddiy putur
etkazishi va jinoiy harakatga aylanishi mumkin.
SHaxsga tajovuz qilish jinoyatchiligi orasida voyaga yetmaganlarning nomusga tegish jinoiy
harakatlarini alohida ko‘rsatib o‘tish lozim. Kuzatishlarimizdan ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlar
tomonidan bunday jinoiy harakatlar mastlik holatida, guruhiy ko‘rinishda amalga oshiriladi.
Bunday jinoyatlarning o‘ziga xos jihatlaridan biri hech qachon o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan
xotin-qizlarda amalga oshirmasligidir. YA’ni, bunday jinoyatlar asosan notanish, davraga
yangi taklif etilgan yoki ko‘cha-ko‘yda uchratib qolgan xotin - qizlarda sodir etiladi.
Voyaga yetmaganlarning bunday jinoiy harakatlarini tahlil qilganimizda, ular nafaqat jinsiy
ehtiyojni qondirish, balki jinsiy tarbiya borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tufayli sodir
etilayotganligining guvohi bo‘lamiz. Bunday bolalar va o‘smirlar oilada jinsiy tarbiya borasida
etarlicha tarbiya ko‘rmaganliklari bilan ajralib turadilar. Ayrim o‘smirlar o‘zining bunday
harakatlarini “erkak sifatida etilganliklari”ni ko‘rsatish, namoyish etish ma’nosida ham sodir
etayotganliklari kuzatiladi.
Bolalar va o‘smirlar tomonidan garchand kam darajada bo‘lsada tovlamachilik, firibgarlik
jinoyatlari ham sodir etiladi. Bunday jinoiy harakatlar ko‘pincha noto‘liq oilalarda yoki ota-
onasiz tarbiyalangan bolalar va o‘smirlar tomonidan amalga oshirilganligi kuzatiladi.
SHuningdek, bunday jinoyatlar kattalarning ishtirokida ularning ta’siri, yo‘l-yo‘riqlari asosida
sodir etilayotganligining ham guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida
45
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
qanday jinoyat turlarining keng tarqalayotganligidan qat’iy nazar, ularda yosh davri
xususiyatlarining ta’siri va o‘rni mavjudligini ko‘ramiz.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi kattalar jinoyatchiligi bilan taqqoslanganda ularning tor
doira va mazmunga ega ekanligi, ya’ni jinoiy harakat mazmuni moddiy - tovar boyliklariga
yo‘naltirilganligi hamda turli xil mayda bezoriliklar bilan chegaralanayotganligi kuzatiladi.
Jinoiy harakatni amalga oshirish usullarining sodda va oddiyligi bunday jinoyatlar bevosita
voyaga yetmagan jinoyatchi tomonidan amalga oshirilganligidan dalolat beradi.
Voyaga yetmaganlarda jinoyatchilik xulqining motivlarini o‘rganish maqsadida, o‘zimiz
tomonimizdan tuzilgan ijtimoiy-psixologik so‘rovnomadan foydalandik hamda ichki ishlar
bo‘limi tomonidan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish
hujjatlarini tahlil qildik.
Tadqiqot natijalari bolalar va o‘smirlar jinoyatchiligining quyidagi motivlari mavjudligini
ko‘rsatdi:
1.
Moddiy va maishiy shart-sharoitga ega bo‘lishga intilish, ochko‘zlik mazmuniga ega
bo‘lgan jinoyatchilik xulqi motivi.
2.
Do‘stlari oldida obro‘ orttirish maqsadidagi jinoyatchilik xulqi motivi.
3.
Qasos, o‘ch olish va g‘azab asosidagi jinoyatchilik xulqi motivi.
4.
O‘rtoqlari va kattalarga taqlid qilish asosidagi jinoyatchilik xulqi motivi.
5.
Boshqa birovni himoya qilish maqsadida yuzaga keladigan jinoyatchilik xulqi motivi.
6.
Boshqa jinoyat turini yashirish maqsadidagi jinoyatchilik xulqi motivi.
7.
O‘ziga xos sarguzasht qilishga intilish maqsadidagi jinoyatchilik xulqi motivi.
8.
O‘zini ko‘rsatishga intilish (maqtanish) asosidagi jinoyatchilik xulqi motivi.
9.
Boshqa kishilarning ta’siri ostida yuzaga keladigan jinoyatchilik xulqi motivi.
10. Anglanmagan jinoyatchilik xulqi motivlari.
Bolalar va o‘smirlarda jinoyatchilik xulqining ijtimoiy-psixologik motivlarini o‘rganish
natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, sodir etilayotgan jinoyatlarning katta qismi, “Anglanmagan
motiv” asosida amalga oshirilayotganligini kuzatish mumkin.
Jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar shaxsida asotsiallik, ruhiy beqarorlik,
o‘zgaruvchanlik, gipertimlik, affektga moyillik, siklotomiklik xususiyatlarining yaqqol
ifodalanganligidan kelib chiqib, ular shaxsini sog‘lomlashtirishga harakat qilish maqsadga
muvofiqdir. Bunda ular yashayotgan oila va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, shaxslararo
sog‘lom munosabatni vujudga keltirish ishlarini olib borish yaxshi natija beradi.
SHunday ekan, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining asosiy sabablari sifatida “bolalar va
o‘smirlar faoliyatini nazorat qilmaslik”, “oilada bola tarbiyasiga e’tiborning susayishi” kabilar
namoyon bo‘lganligidan kelib chiqib, oilada va oiladan tashqarida bolalar va o‘smirlar
faoliyatini, bo‘sh vaqtlarida nima bilan shug‘ullanayotganligini nazorat qilish va oilada bolalar
tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.