52
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy,
masofaviy, onlayn konferensiya
BO`LAJAK PSIXOLOGLARNING MATEMATIK KOMPETENTLIGINI
OSHIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Toxirova Nasiba Kobilovna
Buxoro Davlat Universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.6298973
Annotatsiya: Ushbu maqolada bo`lakaj psixologlarning kompetentligi,
matematik
kompetentligi, uning psixologik xususiyatlari, yo`nalishlari, alohida holatlar va o`ziga xosligi
borasida fikrlar, tahlillar ko`rib chiqiladi.
Kalit so`zlar: Psixolog, kompetentlik, matematik, kasb, tushuncha.
Bo`lajak psixologlar ta`limini har tomonlama to`g`ri amalga oshirish bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi. Bunda bo`lajak psixologlarning
matematik kompetentligi
asosiy yo`nalishlardan biri bo`lib xizmat qiladi.
V.A.Adolf kasbiy kompetentlikni quyidagicha aniqlagan: kasbiy kompetentlik - bu mahsuldor
pedagogik faoliyatga nazariy, metodologik,
predmetli, psixologo-pedagogik va texnologik
tayyorgarlikni o’z ichiga olgan umumlashgan shaxsiy ta’limdir. U o’qituvchining kasbiy
kompetentligi
tuzilmasida predmetli, metodik, metodologik, psixologo-pedagogik tashkil
etuvchilarni ajratgan. Uning fikridan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, to’laqonli
kasbiy kompetentlik faqatgina harakatchan va yangilikka intiluvchi o’qituvchidagina
namoyon
bo’lar ekan. V.A. Adolf kompetensiyani ob’yektiv sharoit, ya’ni bo’lajak o’qituvchining huquqi,
burchi va javobgarligi sifatida talqin etgan. Matematik kompetensiya bo’lajak psrixologiya
o’qituvchisi uchun kasbiy kompetensiyaning tashkil etuvchisi sifatida predmetli
kompetensiya bo’lib hisoblanadi.
1