• TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
  • «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash markazi




    Download 363,42 Kb.
    bet40/71
    Sana07.01.2024
    Hajmi363,42 Kb.
    #131379
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
    Bog'liq
    «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni-fayllar.org

    Kalit so’zlar: Kompyuter o’yinlari, intelekt, qaramlik, tobelik, virtual, onlayn, tadqiqot, shuter,
    Valve, global offensive, dota 2

    KIRISH 
    Hozirgi vaqtda global internet tarmoqlar insonlarga ko‘plab imkoniyatlar yaratib berishi bilan
    birgalikda, jamiyatda muayyan g‘oyaviy-axloqiy me’yorlarga ta’sir etmoqda. Ilgari bu
    tarmoqlardan xavfsirash nisbatan kamroq edi, endilikda esa ikki jihatdan xavf ortgan.
    Birinchisi, hajm va qamrov jihatdan bo‘lib, internet xizmatidan foydalanish arzonlashdi va
    kompyuteri mavjud bo‘lgan deyarli ko‘p xonadonlarda kuzatish mumkin. Kompyuter
    ilgarigidek tasavvurdagi biror moddiy mulk belgisi sifatida emas, balki oddiy ish quroli
    sifatida ko‘rinmoqda
    1
    .
    Shuningdek, unga ega bo‘lish xuddi televizor sotib olishdek bo‘lib qoldi. Qolaversa, internet
    xizmatlaridan foydalanish nafaqat kompyuterda, balki qandaydir chegirmalar bilan mobil
    aloqa vositalarida ham kechmoqda. Demak, hajm va qamrov juda tezlikda o‘smoqda.
    TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL 
    Nielsen/Net Ratings kompaniyasi o‘tkazgan so‘nggi ilmiy-tekshiruv ishining natijasiga ko‘ra,
    butun dunyo tarmog‘iga ulanayotgan yosh bolalarning soni kun emas, soat sayin oshmoqda:
    birgina 2017-yilda Yevropada yosh avlod vakillarining 53 foizi onlayn tizimidan foydalangani
    kuzatilgan. 2018-yilda jahon axborot tarmog‘idan 12 million bola foydalangan bo‘lsa, 2020-
    yilda ularning soni allaqachon 23 milliondan oshib ketdi. Bu ko‘rsatkich kundan-kunga
    ko‘paymoqda. Germaniyada hozircha 3 million va Fransiyada esa 1,5 million bola o‘z vaqtini,
    asosan, onlayn tizimida o‘tkazadi
    2
    .
    Kanadada 17 yoshgacha bo‘lgan 6 ming nafar bola o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga
    ko‘ra, internetdan faqat axborot olish maqsadida foydalanilmas ekan. So‘rovda ishtirok
    etganlarning 99 foizi internetdan foydalanishini, ularning har 8/10 nafari uyda ulanish
    imkoniyatiga ega ekanini bildirgan. Ularning 80 foizi mustaqil ravishda internetga ulanishini,
    1
    Romanova E. S. Psixodiagnostika - "Butrus" 2015 yil
    2
    Axborot asrida ta’lim tarbiya — Toshkent: Akademnashr, 2012. — B.108



    56
    «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»


    nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
    ota-onalari kompyuterga himoya vositasi bo‘lgan filtrlash dasturini o‘rnatib qo‘ymagani va
    farzandlari qanday saytlarga kirishini nazorat qilmasligini tan oldilar
    3
    .

    Download 363,42 Kb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




    Download 363,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash markazi

    Download 363,42 Kb.