57
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
virtual qaramlik domida qolgan yoshlarning aqliy va ruhiy holatini tiklash va ularni himoya
qilish maslasi dolzarb bo’lib qoladi.
2-rasm: O’yinlarining ommaviyligi tavsifi
5
Bu holatda avvalo uyda ota-ona nazoratining sustligi eng asosiy sabablardan biri bo’lib qoladi.
Mazkur yo’nalishdagi ijtimoiy kichik tadqiqot natijasida respondenlarning ko’rsatkichlari
quyidagi ko‘rinishda aks etdi: ha, doimo nazoratdagilar 49%, 33% o’smirlarda esa «ha, ba’zan
nazorat qiladilar»degan javobni oldik. Faqatgina 18% respondent «yo‘q, men mustaqilman,
meni kimdir nazorat qilishi shart emas»-ko‘rinishidagi javobni berganlar.
3-rasm: Kompyuter o‘yinlari o‘ynashning ota-onalar tomonidan nazorat nazorat qilinishi
Bugungi kunda voyaga yetmagan yoshlar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan internetda
mavjud salbiy ma’lumotlarga zo‘ravonlikni, axloqsizlik, behayolikni, shafqatsizlikni targ‘ib
etuvchi ma’lumotlar, real muloqot ko‘nikmalarini yo‘qolishiga va insonlararo munosabatlar
rivojlanishini susaytirishga oid hamda o‘zbek xalqining milliy-madaniy qadriyatlariga zarar
yetkazishga olib keladigan axborotlar, tanishuvlar saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, bloklar, chatlar
kabi resurslarni o‘z ichiga olgan xavf-xatarlar kiradi.