47
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy,
masofaviy, onlayn konferensiya
“Tavakkal” so‘zi fe’lga aylantirib, o‘zbek tilida tez — tez ishlatiladigan
tavakkal qilmoq
tushunchasi hosil qilinadi. YA’ni “tavakkalchi” so‘zini psixologik izohlaganda— inson shaxsiga
xos bulgan xarakter xususiyati sifatida e’tirof etilishi mumkin.
Tavakkal xulq — atvor ko‘pincha inson xayotiga xavf tug‘diruvchi vaziyatlar bilan bog‘liq
bo‘lgani uchun ba’zan “xavfli xulq — atvor” tarzida ham ishlatiladi. Bu ikki ibora orasidagi farq
shundaki, birinchisi xulq — atvorning tasodifiy ravishda amalga oshirilishiga yoki “ichki
ovozi”ga qarab biron — bir xarakatning tanlanishiga ishora qilsa, ikkinchisi bunday xulq
insonning hayotiga ma’lum darajada tahdid solishini, xavf — uyg‘otishini ifoda etadi.
Tavakkal xulq — atvor ko‘rinishlari o‘zbek xalq maqollarida ham o‘z aksini topgan bo‘lib,
ijobiy tushuncha sifatida e’tirof etilgan. Masalan: “o‘ychi o‘yiga etguncha, tavakkalchi ishini
bitiradi”. Bu maqolga tavakkalchilik ijobiy xislat sifatida ta’rif etilgan, ya’ni tavakkalchilik
xozirjavoblik, tez va teran fikrlash sifatlariga mujjassamlashtiradi. “Arslon bolasini tutmoq
uchun, arslon uyiga kirmoq kerak” maqolida esa ko‘zlangan maqsadga erishish uchun xatarli
yo‘llarda yurib, tavakkal qilish kerak degan fikr ilgari suriladi. Bulardan tashqari yana ko‘plab
maqollarni
keltirshp mumkinki, ularda tavakkal qilish, tez, chaqqon xarakat qilish, zarur
paytlarda qo‘rqmaslik, jasurlik kabi xislatlar ulug‘lanadi.
Tavakkalchilikning ijtimoiy va kasbiy faoliyatda idrok qilinishi masalasi aloxida bir ijtimoiy —
psixologik muammoni tashkil etadi. Quyidagi qiziqarli xayotiy vaziyatda tavakkalchilikning
turli insonlar tomonidan xar xil tarzda idrok etilishini yaqqol ko‘rish mumkin. Aytaylik, ishlab
chiqarish jarayonida baxtsiz tasodif ro‘y berdi va buning natijasida bir inson hayotdan ko‘z
yumdi. Jamoatchilik direktorni korxonada o‘lim xavfi mavjudligida aybladi va direktor esa
bunga javoban mashina xech qanday o‘limni keltirib chikarmasligini ta’kidladi. Jurnalist
direktorga kuyinib: “Axir, mazkur uskunada ishlayotgan inson halok bo‘ldi” — deb tanbex
bersa, direktor: “Bu mashinada xech qanday xavf — xatar yo‘q edi, bu baxtsiz tasodifdan
boshqa narsa emas”, — deb javob beradi. SHu vaziyatdan ko‘rinib
turibdiki, har bir inson
tavakkalchilikni o‘zicha, o‘ziga xos tarzda idrok etadi. Ko‘pgina bu kabi xayotiy vaziyatlarning
tahlili shuni ko‘rsatadiki, insonlar real vaziyatlarda ikki asosiy o‘zgaruvchi omilni e’tiborga
oladilar. Bular — mag‘lubiyat ehtimoli va mag‘lubiyatdir. Biroq bizning nazarimizda bir
vaqtning o‘zida ham shaxsiy ichki, ham vaziyatli tashqi omillar tavakkalchilikni baxolashda
real mezon sifatida vujudga keladi .
Psixologlarning ilmiy g‘oyalariga ko‘ra tavakkal xatti — xarakatlarga undovchi bosh omil —
kutilgan natijalarga erishish uchun qo‘yilgan maqsadlar sari intilishning sub’ektivligidir.
Boshqacha qilib aytilsa, sub’ekt faoliyati qanchalik ko‘p kuch g‘ayratni talab qilsa, uning
ahamiyati va qaror qabul qilish zarurati shunchalik oshadi.
Sub’ektning individual va shaxsiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, tanlov
mezonlariga ta’sir qiladigan mazkur
omillarning aloxida guruxi bu, avvalambor, tavakkal
qilishga tayyorlikdir. Turli xil insonlar xavfli vaziyatlarda har xil xulq—atvorlarni namoyon
qiladilar. Ba’zilar xatarli vaziyatlarni aniq xis etsalar ham tavakkal qiladilar, boshqalar esa
hatto muvaffaqiyat extimoli yuqori bo‘lsa ham kutishni yoki boshqa bir paytga qoldirishni
afzal ko‘radilar. Demak, tavakkalchilikka tayyorlik bilan boshqa shaxsiy sifatlar va
xususiyatlar o‘rtasida muayyan bir bog‘liqlik mavjuddir.
Maxsus tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlik davrida boshqa yosh davrlarga
nisbatan tavakkalchilikka tayyorlik kuchliroq ifodalangan bo‘lar ekan.
Bu esa boshqa yosh
davrlarida yoshlar ongining bir pog‘ona yuqori ko‘tarilib, ularda vazmiilik, har ishda
48
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
ehtiyotkorlik kabi xususiyatlarning paydo bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Daliliy ma’lumotlarning
guvohlik berishicha, o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan tavakkalchilikka tayyorlik
xususiyati kuchliroq ifodalangan. Bu holatni erkak jinsining inson evolyusiyasi hamda ijtimoiy
taraqqyotida tutgan o‘rni bilan bog‘liq ravishda tushuntirish mumkin bo‘lsa kerak.
Tavakkalchilikka tayyorlik xususiyati shaxsning boshqa xarakter xususiyatlari bilan
birgalikda yaxlit voqelik sifatida, ularga bog‘liq ravishda yosh ulg‘ayishi bilan shakllanib,
sayqal topib boradi.