|
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash markazi
|
bet | 47/71 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 363,42 Kb. | | #131379 |
Bog'liq «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni-fayllar.orgXUSUSIYATLARI
Ilmiy rahbar: Nazarov Akmal Mardonovich
Buxoro Davlat Universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti
Muxamedova Muhayyo Karimovna
Buxoro Davlat Universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.6298991
Annotatsiya: Hozirgi davrda yuksak qobiliyatli mutaxassislarni tayyorlashga nisbatan talab
kun sayin ortib bormoqda. Maqolada turli yosh chegarasidagi o’quvchilarning aqliy faoliyati
va san’atga bo’lghan qiziqishlarini rivojlantirish va ijodiy intelekini art terapiya orqali
rivojlantirish masalasida so’z yuritilgan
Kalit so’zlar: Pedagogika, san’at, tasavvur, ert terapiya, qobiliyat, maktab, o’quvchi, musiqa,
raqs, biblioterapiya.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritib, jahonning rivojlangan davlatlari orasida
munosib o‘rinni egallab, dadil qadamlar bilan ilgarilab borar ekan, shubhasiz shu
mustaqillikni va uning porloq istiqbolini ta’minlovchi omillarning ahamiyati tobora ortib
boraveradi
1
.
Barkamol avlod kamoloti g‘oyasini turmushga tadbiq etish uchun istiqlolning dastlabki
kunlaridanoq milliy ma’naviyat, milliy ta’lim va tarbiya muammolarini hal qilishga jiddiy
e’tibor berilmoqda.
Mamlakatimizda maorif tizimida aniq va ravshan hamda ilmiy asoslangan davlat siyosati
mavjud. U insonparvarlik va demokratiyaga suyangan bo‘lib, unda har bir fuqaroning ta’lim va
tarbiya olishi konstitutsiya asosida qonunlashtirib qo‘yilgan.
2
Hozirgi davrda yuksak qobiliyatli mutaxassislarni tayyorlashga nisbatan talab kun sayin ortib
bormoqda. Modomiki, shunday ekan, alohida olingan iste’dodli shaxslardagina emas, balki
barcha mehnatkashlarning ijodiy imkoniyatlarini iloji boricha ko‘proq rivojlantirish zarurati
yuzaga kelmoqda. Bunday sharoitda inson va uning intellektual salohiyatiga aloqador
fanlarning roli ortib borishi har bir inson shaxsida mavjud yashiringan tarzdagi
imkoniyatlardan foydalanish, ularni ro‘yobga chiqarish yo‘l-yo‘riqlarini nazariy jihatdan
ishlab chiqish ehtiyoji namoyon bo‘lmoqda
3
.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash markazi
|