« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy




Download 235,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana12.01.2024
Hajmi235,25 Kb.
#135370
1   2   3   4   5
Bog'liq
ZDTF2207

« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi 
qunt bilan o’rganish, uni maktab yaqinidagi o’xshash ob’yektlar bilan taqqoslash, 
turli rasmlar bilan ishlash lozim bo’ladi.Uchinchidan, o’quvchilarni geografik 
hodisalarnikuzatish bilan ular qaysi sabablarga ko’ra bir – biriga bog’liqligi va bir 
– biridan taqozo etishini aniqlab, “Qanday qilib?”, “Nima uchun shu yerda 
joylashgan?” degan savolga javob bera olishga o’rgatish kerak. 
Maktab geografiya ta’limining eng asosiy va muhim joyi o’quvchilar geografik 
ob’yektlar o’rtasidagi aloqa va bog’liqlik qonuniyatlarini aniqlab olishlaridadir. 
Geografiya o’qitishning bunday qo’yilishi o’quvchilarni geografik mazmundagi 
dalillar ustida o’ylashga va geografik muhokamaga o’rgatadi. Bevosita kuzatish va 
kartalarni bir – biriga solishtirish bilan “Qanday qilib?” va “Nima uchun?” degan 
savollarga javob berish mumkin. To‘rtinchidan, o’quvchilar kishilarning geografik 
ob’yekt va hodisalarni o’rganish natijasida ulardan xo’jalik faoliyatida, xususan, 
tabiat boyliklaridan xalqning moddiy farovonligini oshirish maqsadida 
foydalanishini 
va 
tabiatga 
rejali 
ta’sir 
ko’rsatishni 
aniqlaydilar. 
Maktab geografiyasi yuqoridagi vazifalarini amalga oshirish bilan birga
o’quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi va ularning tafakkurlarining 
rivojlanishiga yordam beradi. Geografiyani o’rganish geografik qonuniyatlarini 
ochib berish bilan qo’shib olib borilishi lozim. Geografik qobiqni va yer sharidagi 
ayrim maydonlarning geografik sharoitini o’rganish bilan o’quchilar gidrosfera, 
atmosfera va litosferaning bir – biriga aloqador ekanligi va bir – biriga ta’sir 
ko’rsatishini bilib oladilar. Shuningdek, o’quvchilar geografik qobiqning muttasil 
harakatda, 
o’zgarishda 
ekanligini 
ham 
tushunib 
oladilar. 
Geografiya kurslari tabiat bilan jamiyatning bir – biriga ta’sir etish qonunlarini: a) 
tabiiy sharoitni xalq xo’jaligining rivojlanishiga ta’siri; b) inson xo’jalik 
faoliyatining tabiatga ta’siri nuqtai nazaridan o’rganadi. Geografiya o’quv fanidan 
insonning tabiiy sharoitdan foydalanishi, ayni vaqtda tabiatga ta’sir ko’rsatishini, 
insonning tabiatga ijobiy va salbiy ta’sirlarini yoritib berish talab etiladi. 
O’zbekistonda tabiiy boyliklarni muhofaza qilishning mohiyatini ochib berish 
zarur. 
Geografiya kurslarida geografik dalil va hodisalar bilan bevosita tanishish uchun 
kuzatish talab etiladi. Kuzatish tufayli o’quvchilar tabiatdagi turli xil jarayonlarni, 
insonning xo’jalik faoliyati o’rganadilar, geografik hodisalar o’rtasidagi sabab – 
oqibatlarni bilib oladilar. O’quvchilar dars jarayonidaumumiy va xususiy 
tushunchalarni o’rganish bilan ayrim hodisalarni tahlil qiladilar, ularni taqqoslab 
muhim belgilarini aniqlaydilar va xulosalar chiqaradilar. Turli mazmundagi 
kartalar bilan mustaqil ish olib borilganda esa o’quvchilar o’z fikrlarini isbot 
qilishga, to’g’ri xulosa chiqarishga o’rganadilar. Geografik ma’lumotlar, yangi 
tushuncha va ifodalarni o’rganish bilan o’quvchilarning so’z boyligi ortib boradi, 


30 

Download 235,25 Kb.
1   2   3   4   5




Download 235,25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy

Download 235,25 Kb.
Pdf ko'rish