• O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini shakillantirish.
  • « Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy




    Download 235,25 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana12.01.2024
    Hajmi235,25 Kb.
    #135370
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ZDTF2207

    « Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy 
    izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi 
    geografiyasi kurslariga kiritilgan ma’lumotlar, o’quvchilarga g’oyaviy – siyosiy 
    tarbiya berishda, ularda harbiy vatanparvarlik hislarini tarbiyalashda va dialektik 
    - materialistik dunyoqarashini shakillantirishda, ularda hamma vaqt o’z Vatani 
    manfaatlarini ko’zlab harakat qiladigan mustahkam iroda va qat’iy e’tiqodni 
    tarbiyalashdajudamuhimdir. 
    O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini shakillantirish. O’quvchilar 
    geografiyani o’rganar ekanlar, tabiatning va jamiyatning o’zgarishi va rivojlanish 
    qonuniyatlarini tushunib boradilar, tabiat qonuniyatlaridan jamiyat manfaatlari 
    uchun foydalanish yo’llari bilan tanishadilar. Geografiya o’qituvchisi o’quvchilar 
    ob’yekt va hodisalarning muhim belgilarini o’zlashtirib olishlariga erishmog’i, 
    ob’yekt va hodisalarning bir – biriga o’zaro bog’liqligini, ularning harakati va 
    rivojlanishini ochib bermog’i lozim. O’qituvchi o’quvchilarni imkoni boricha 
    dialektik – materializm qonuniyatlari ro’yobga chiqishi mumkin bo’lgan 
    jarayonlar bilan tanishtirib borishi lozim. O’quvchilarning dalillarni 
    umumlashtirish va ilmiy xulosalar chiqarishga o’rgatish ulrning ilmiy 
    dunyoqarashlarini shakillanishida katta ahamiyatga ega. Maktab geografiyasi 
    o’quvchilarni tabiat va uni o’zgarishiga oid ilmiy fikrlar bilan qurollantirishi lozim. 
    Tabiatni muhofaza qilish mamlakatimiz har bir fuqarolarining muqaddas burchi 
    ekanligi haqida o’quvchilar e’tiqodini tarbiyalash taqozo etiladi. Buning uchun 
    faqat so’z bilan cheklanmasdan, jiddiy tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. 
    O’qituvchi avvalo o’quvchilarning tabiatdagi jarayonlarni ongli holda tushunib 
    yetishlariga erishmog’i, so’ngra insonning xo’jalik faoliyatidagi tabiatning 
    mohiyatini ochib berishi lozim. Tarbiyaning bu sohasida o’quvchilarning tabiatni 
    muhofaza qilish bo’yicha ijtimoiy foydali mehnatga jalb etilishi katta ahamiyatga 
    ega. 
    Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi tabiatda yuz beradigan ko’pgina hodisa va 
    jarayonlar (yerning ichki kuchlari, vulqon otilishlari, zilzila, tog’larning paydo 
    bo’lishi, atmosferadagi ro’y beradigan hodisalar – dovul, sel )ning vujudga kelishi 
    haqida ilmiy tushunchalar beradi. Tabiiy hodisalar o’rtasidagi sabab – aloqalar 
    aniqlanadi. Geografik muhitni tashkil etuvchi elementlar o’zaro bir – biriga 
    bog’langan (masalan, iqlimning, joyining geografik o’rni, yer yuzasi, dengizga 
    yaqin – uzoqligi, dengiz oqimlari, doimiy shamollarga bog’liqligi) va bir – birini 
    taqozo etish holatlari o’rganiladi. Shu bilan birga o’quvchilarda dunyoning 
    moddiyligi, tabiatdagi o’zgarishlar muayyan qonuniyatlar asosida ro’yobga 
    chiqishi, tabiatda g’ayri tabiiy narsa yo’q ekanligi haqida aniq fikr hosil bo’ladi. 
    Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqa ochib berilar ekan, o’qituvchi 
    o’quvchilarga Vatanimiz da tabiatni o’zgartirish rejalari (masalan, Markaziy 
    Farg’ona, Qarshi va Jizzax ko’llari tabiatini o’zgartirish.) to’g’risida so’zlab berishi 


    32 

    Download 235,25 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 235,25 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    « Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy

    Download 235,25 Kb.
    Pdf ko'rish