|
« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliyBog'liq ZDTF2207« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi
geografik ob’yekt va hodisalarni tasvirlashga o’rgana borib, ularning nutqi
rivojlanadi. O’quvchilar geografik nomlar va raqamlarni o’rganadilar,
o’zlashtiradilar, natijada ularning xotiralari rivojlanadi. Maktabda politexnika
ta’limini amalgam oshirishga geografiya kurslari ham ma’lum darajada o’z
xissasini qo’shadilar. O’quchilar tabiiy geografiya kurslarini o’rganishlari
natijasida ma’lum me’yorda politexnika ta’limiga oid ko’nikma va malakalarni:
joyda kompas bilan va kompassiz gorizont tomonlarini aniqlash, masofani ko’z
bilan chamalab o’lchash, joy planini olish, topografik va geografik kartalarini o’qiy
olish, turli kuzatish asboblari (termometr, barometr, fluger…) bilan ishlay bilish,
atlas va kartalarni oqiy olish, turli xil jadvallarni tuza olish, raqamli ma’lumotlar
asosida diagramma, kartogramma, karta – sxemalar tuzishni bilib oladilar.
Geografiya ta’limida o’lka ma’lumotlaridan unumli va oqilona foydalanilsa, ular
birinchidan, o’quvchilarga o’z o’lkasida yuz beradigan hodisalar va aholi xojalik
faoliyatini, shu bilan birga, yer sharining boshqa joylarda sodir bo’ladigan
hodisalar va aholi hayotini aniq tasavvur qilishga imkon beradi; ikkinchidan,
o’lkani o’rganish jarayonida o’quvchilar geografiya kursida olgan bilimlarini
turmushga tadbiq qilishni bilib oladilar; uchinchidan, o’lkaga doir ma’lumotlar
politexnika ta’limini amalga oshirishga keng imkoniyatlar yaratib beradi.
O’quvchilar o’z o’lkasini o’rganishlari natijasida foydali mehnatga faol
qatnashadilar:
maktab atrofining topografik planini chizish. Bu maktabga va o’quv ishiga
katta foyda keltiradi;
1. maktab atrofidagi tog’ jinslari va minerallarni, yer osti va oqar suvlarni,
tuproq va o’simlik dunyosini o’rganish. Bu bilan ulardan xalq xo’jaligida
foydalanish imkoniyatlarini aniqlash mumkin;
2. muntazam ravishda ob – havoni kuzatish, Bu bilan mahalliy joylarda turli
xo’jalik tadbirlarini to’g’ri amalga oshirish ishiga yordam berishi mumkin;
3. fenologik kuzatish olib boorish. Bu bilan qishloq xo’jalikekinlarini yig’ib –
terib olish uchun tegishli muddatlar belgilashda ularga yordamlashish
mumkin. Demak, o’quvchilarning maktabda olgan geografik bilimlari
kelajakdagi faoliyatlari uchun katta amaliy ahamiyatga ega.
Shu bilan birga o’quvchilar darsdan tashqari vaqtlarda foydali mehnatda ishtirok
etib, o’quv ishida yetishmagan zarur o’quv qurollarini tayyorlashga, geografiya
xonasi va maydonchasini jihozlash ishlariga ko’maklashishlari va maktabda
o’lkashunoslik muzeyini tashkil etish ishlariga hissa qo’shishlari mumkin.
O’quvchilarga axloq normalarini singdirishda maktabning ahamiyati katta.
Yoshlarimizni tarbiyalashda maktab geografiyasi muhim rol o’ynaydi. Maktab
|
| |