|
Zamonaviy logistik texnologiyalar
|
bet | 5/14 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #256738 |
Bog'liq 2 5228911336129319196zlt kurs ishi (2)yukni jo‘natuvchi — yukning mulkdori nomidan ish ko‘ruvchi yoki tashish shartnomasi bo‘yicha yukning mulkdori hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
yukni oluvchi — yukni olishga vakolat berilgan va yukka doir ilova hujjatlarida ko‘rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
yuk — yukni oluvchiga berish uchun yukni jo‘natuvchidan tashishga qabul qilib olingan moddiy boyliklar. Yuk tovardan va taradan iborat bo‘ladi. Yukning sof og‘irligi “netto”, taraning og‘irligi — tara, tara bilan birgalikda tovarning umumiy og‘irligi “brutto” deb ataladi;
yuk o‘rni — avtomobil transportiga yuklashda yoki tushirishda uni tashish yoki yukni oluvchiga topshirish uchun qabul qilish uchun yukning shartli birligi;
mijoz — yukni jo‘natuvchi, yukni oluvchi, ekspeditor;
tirkama — avtotransport vositasi tomonidan shatakka olinadigan va o‘z energiya manbaiga ega bo‘lmagan yuklarni tashish uchun xizmat qiladigan avtotransport vositasi;
tirkama aravalar — uzun o‘lchamli yuklarni tashish uchun qo‘llaniladigan tirkamaning bir turi;
yarimtirkama — to‘liq massasining bir qismi o‘tirg‘ich qurilmasi orqali o‘tirgich shatakchiga beriladigan tirkamaning bir turi;
paket — taglikda yoki uningsiz bitta yirik joyga shakllantirilgan va mexanizatsiyalashtirilgan usulda yuklash, joyni o‘zgartirish va tushirish bo‘yicha operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan mayda tarali yoki tarasiz donali yuklar turkumi;
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda avtotransport vositasiga egalik qiluvchi, yuklarni tashish bo‘yicha tijorat asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi va bunga litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
tagliklar — ayri yuklagichlar va kranlar yordamida ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash uchun moslama, ko‘p martalik tara hisoblanadi;
yo‘l varaqasi — avtotransport vositasining ishini aniqlash va hisobga olish uchun belgilangan namunadagi yuridik hujjat;
|
| |