Zamonaviy logistik texnologiyalar




Download 1,17 Mb.
bet4/14
Sana29.05.2024
Hajmi1,17 Mb.
#256738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5228911336129319196zlt kurs ishi (2)

TEXNOLOGIK QISM
O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish
1. Ushbu Qoidalar “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomobil transportida tashish jarayoni qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga soladi, shuningdek yuklarni tashishga, ularning saqlanishiga qo‘yiladigan talablarni va O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashishning boshqa shart-sharoitlarini belgilaydi.
Ushbu Qoidalarning amal qilishi fuqarolarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalarini qo‘llagan holda shaxsiy ehtiyojlar uchun ular tomonidan bajariladigan yuklarni tashishga tatbiq etilmaydi.
Avtomobil transportida xavfli, yirik gabaritli va og‘ir yuklarni tashish xususiyatlari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
2. Yuklarni temir yo‘l, dengiz, daryo, havo transporti va transportning boshqa turlari bilan o‘zaro hamkorlikda avtomobil transportida tashishda yuzaga keladigan munosabatlar va bunday tashishni tashkil etish tartibi tashuvchilar o‘rtasida tuziladigan bitimlar bilan tartibga solinadi.
3. Bojxona nazorati ostidagi yuklarni tashish O‘zbekiston Respublikasining bojxona qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Yuklarni avtomobilda xalqaro tashishlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
5. Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va tushunchalar qo‘llaniladi:
tashish shartnomasi — u bo‘yicha tashuvchi unga yukni jo‘natuvchi tomonidan ishonib topshirilgan yukni borish punktiga yetkazib berish va uni yukni olishga vakil qilingan shaxsga (yukni oluvchiga) topshirish majburiyatini olgan, yukni jo‘natuvchi esa yuk tashilganligi uchun belgilangan to‘lovni to‘lash majburiyatini olgan bitim;
haydovchi — tashuvchining vakili hisoblangan va avtotransport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;

Download 1,17 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1,17 Mb.