|
Zamonaviy matn redaktorlari reja: Matnli rekdaktorlari asosiy tushunchasi va ishlash prinsiplari
|
bet | 1/9 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 104,16 Kb. | | #148834 |
Bog'liq ZAMONAVIY MATN REDAKTORLARI
ZAMONAVIY MATN REDAKTORLARI
REJA:
Matnli rekdaktorlari asosiy tushunchasi va ishlash prinsiplari.
Office MS Word, Libre ()ffce Writer, Orep OPsse Writer redaktorlarining taxlili.
Matn redaktorlarida Smart AP, Word Ay, jadvallar, giper boglanish va makroslar bilan amallar bajarish.
Tayanch ibora va tushunchalar:Matnli rekdaktorlari, 0ffce MS Word, Libre ()ffce Writer, Orep OPsse Writer, Smart AP, Word Ay, jadvallar, giper boglanish, makroslar
Ma’lumki, inson ish faoliyati davomida ko ‘plab matnlarni qayta ishlashiga to‘g’ri keladi. Xujjatlarning hamda elektron xujjatlarning ko‘pchilik qismini matnlar tashkil etadi. Oddiy belgilardan tashkil topgan so‘zlar to‘plami matn deb ataladi. Kompyuterda matnli xujjatlarni tayyorlashda asosan uch gurux amallar bajariladi.
Kiritish amalida tashqi shakldagi dastlabki matnni elektron ko‘rinishga, ya’ni fayl tarziga o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Kiritish amalida nafaqat klaviatura yordamida kiritishni, balki kiritish vositalari yordamida (skanerdan o‘tkazish, grafik shakldan matn formatiga o‘tkazish) vazifani bajarish mumkin.
Taxrirlash amalida mavjud matnli xujjatni o‘zgartirish, unga qo‘shish, o‘chirish, matnni bo‘lish va xokazo kabi amallar bajariladi. Kiritish va taxrirlash amallari amaliyotda parallel olib boriladi. Bu amallar yordamida matnli xujjatning tarkibi shakllantiriladi.
Formatlash amali xujjatlarni rasmiylashtirish uchun kerak va bu amalning buyruqlari xujjatning ekrandagi yoki qog‘zdagi ko‘rinishini aniqlaydi.
Kundalik hayotimizda, xususan o’quv jarayonida to’plangan matnli ma’lumotlarni o'rganish va o'zlashtirish, yozib olish va eslab qolish, namoyish qilish va ish qog‘ozlarini tayyorlash kеrak bo‘ladi. Kundalik daftarlar, yon daftarchalar yoki maxsus jurnallarga kеrakli bo‘lgan matnlarni yozib, kеrak bo‘lgan holda qayta murojaat qilishimiz mumkin, masalan tеlеfon raqamlari daftarchasi, manzillar yozilgan daftarcha va boshqalar.
Windows operasion tizimida nafaqat tayyor matnli axborotni qayta ishlash, balki yangidan tuzish imkoniyati bor. Tayyor axborot bilan ishlash ancha engil bo'ladi, axborotni qayta ishlab yangidan yaratish esa murakkab jarayondir. Chunki, bu holda qanday va nimani yaratish kerakligini bilish lozim. Bu esa kompyuter foydalanuvchisidan ijodiy yondashishni talab qiladi. Matnli axborotni ijodiy yondashgan holda, kompyuter yordamida qayta ishlash uchun maxsus dasturlar yaratilgan: matn muharrirlari (rusch. Tekstovbie redaktorbi) va matn
|
| |