|
Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar
|
bet | 3/7 | Sana | 26.08.2024 | Hajmi | 2,87 Mb. | | #269866 |
Bog'liq Zamonaviy moliyaviy tashkilotlarMintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar
Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi o‘ziga ko‘plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba’zilari ko‘pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan holda xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishni amalga oshiradi. Boshqalari esa, hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda valyutakredit va moliya siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valyuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valyuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi xamkorligini rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to‘g‘ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970 yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan talab yanada ortib bordi
Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi. Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga hamda valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo‘lgan zaruriyat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ko‘lamining ortib borishi shuningdek, ularning o‘zgaruvchan xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek ular mamlakatlar va davlatlar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga ham yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, jahon xo‘jaligining muhim muammolari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil etish hamda o‘rganish sohasida xalqaro valyuta-moliya tashkilotlarning ahamiyati ortib bormoqda.
|
| |