Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi




Download 2,87 Mb.
bet4/7
Sana26.08.2024
Hajmi2,87 Mb.
#269866
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zamonaviy moliyaviy tashkilotlar

Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:
1) axborot funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo‘jaligi rivojlanishining umumiy tendensiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin bo‘lgan axborot markazi rolini bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar, yig‘ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo‘yicha statistik materiallarni nashr etib boradi. 2) maslahatchi funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning xukumatlariga valyutakredit va moliya siyosatini o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar beradi.
  • tartibga solish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solish funksiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to‘lov balansida muammolarga ega bo‘lgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam ko‘rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valyuta kursini bir maromda saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam ko‘rsatgan.
  • bashorat qilish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi. Xalqaro moliya tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga bog‘liq holda jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan, mintaqaviy, shuningdek faoliyati jahon xo‘jaligining ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi tashkilotlarga ajratiladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlarni tashkil etish g‘oyasi 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi ta’siri natijasida yuzaga keldi. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi muayyan masalalarni hal etish uchun a’zo mamlakatlarning 13 moliyaviy resurslarini birlashtirish orqali tashkil etiladi. Ushbu masalalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

Xalqaro moliya tashkilotlarida qatnashish darajasi va alohida mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo‘nagining miqdori bilan aniqlanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatining samaradorligi muayyan darajada a’zo mamlakatlarning xukumati va davlat tashkilotlari va bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatga bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan xalqaro moliya tashkilotlarining investitsion faoliyati ko‘p hollarda yirik xalqaro loyihalar bo‘yicha risklarni boshqarish va sug‘urtalashni amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari bilan yaqin xamkorlikni talab etadi.
Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ularning vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiq-lashtirishdan iborat. Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda (Shveysariya) joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS – Bank for International Settlements) hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi bank qoidalarining maksimal o‘xshashligini ta’minlash-dan iborat. Undan tashqari, xalqaro moliya bozorida yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat yuritadi. Ularning maqsadi – savdo va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi (XVF) (IMF – International Monetary Rupd) va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki, yoki Dunyo banki (International Bank for Reconstruction and Development, World bank). XVF unga a’zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim a’zo davlatlar to‘lov balansini to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi.
pul-kredit siyosatini, shu jumladan valyuta siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi
O‘zbekiston Respublikasida inflatsiya darajasini monitoring, tahlil va prognoz qiladi, tegishli axborot materiallarini hamda statistik ma’lumotlarni e’lon qiladi
O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini, xalqaro investitsiyaviy mavqeyini, tashqi qarzini va zaxira aktivlarini o‘z ichiga olgan bank, pul-kredit statistikasini, tashqi sektor statistikasini shakllantirishni hamda e’lon qilishni amalga oshiradi;
har yili O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Davlat budjeti loyihasini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha axborotni taqdim etadi;

Download 2,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi

Download 2,87 Mb.