|
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi funksiyalarni bajaradi
|
bet | 5/7 | Sana | 26.08.2024 | Hajmi | 2,87 Mb. | | #269866 |
Bog'liq Zamonaviy moliyaviy tashkilotlarO’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi funksiyalarni bajaradi:
naqd pul muomalasini tashkil etadi;
valyutani tartibga solishni va valyutani nazorat qilishni amalga oshiradi;
banklarni va kredit byurolarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;
banklarning, mikrokredit tashkilotlarining, lombardlarning, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining faoliyatini va qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalaydi, shuningdek kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishining bosqichilari: 1. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to‘g‘ri keladi. 2. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970-yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. 3. 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlandi. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan talab yanada ortib bordi
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar: — xo'jalik hayoti baynalminallashuvining kuchayishi, shuningdek, transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklarning tashkil topishi;
|
| |