|
Zamonaviy moliyaviy tashkilotlar
|
bet | 1/7 | Sana | 26.08.2024 | Hajmi | 2,87 Mb. | | #269866 |
Bog'liq Zamonaviy moliyaviy tashkilotlar
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARI YO’NALISHINING
2-KURS 222-GURUH TALABASI
ASKAROV SHODIBEKNING
MOLIYA
FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
REJA:
1.Zamonaviy (amaliy) moliyaviy tashkilotlarva ularning funksiyalari.
2. Xalqaro moliya tashkilotlari.
1. Zamonaviy (amaliy) moliyaviy tashkilotlarva ularning funksiyalari.
Markaziy bank - mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlat hamda hukumatga yordam beradigan moliyaviy organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyadagi Angliya banki (Bank of England), AQShdagi AQSH Federal zaxira tizimi (Federal Reserve System), Germaniyadagi Bundesbank (Bundesbank), Yaponiyadagi Yaponiya banki (Bank of Japan )jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi.
Markaziy bank odatda davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U davlatni milliy valyuta bilan ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi kamida o‘rtacha bo‘lishi va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb ko‘rishlari shart.
Biroq, ko‘p davlatlarda ulardan aholining to‘liq bandligini hamda davlat iqtisodiy o‘sishini ta’minlash kabi maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan harakatlarni kutishadi. Bunday davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha bir-biri bilan nizoli maqsadlarni balansga keltirish: narxlar barqarorligini va aholining to‘liq bandligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.
|
| |