• https://doi.org/10.5281/zenodo.7424257 Annotatsiya.
  • ПРЕДПРИНИМАТЕЛЯ Аннотация.
  • Ключевые слова
  • ENTREPRENEUR Abstract.
  • Zamonaviy tadbirkor imidjining psixologik xususiyatlari




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana31.01.2024
    Hajmi0.6 Mb.
    #149451
      1   2
    Bog'liq
    B-276
    11, 1-Муста ил иш. Mashinali o‘qitishning asosiy tushunchalari, Jimjitlik - Said Ahmad, Kompyuter tarmoqlari ofis jihozlarini sozlash o`quv amaliyotidan-www.fayllar.org, 97-103, egalindocota-02102023232416-Essentials of Understanding Psychology (Feldman, 2009) (1), 25 – mavzu Periferiya qurilmalari va ularga texnik xizmat-fayllar.org, Mavzu amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan is, Kompyuter diagnostikasi va xatolarni tuzatish. Kompyuter sinovla, Operatsion tizimlar bilan ishlash, mobil operatsion tizimlar va , Kasb hunar maktabi shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texni, 2 – amaliy mashg’ulot Mavzu Xizmat ko rsatuvchi dasturlar va ut, fojdalanish-uchun-adabietlar, Jarayonlar o‘zaro bog‘lanishi algoritmlari (sinxronlashtirish) K


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    1364 
    ZAMONAVIY TADBIRKOR IMIDJINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 
    Aliyev Shehroz Yodgor o’g’li 
    Samarqand davlat universiteti magistranti 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7424257 
    Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy tadbirkorning psixologik xususiyatlar va uning 
    rahbarlik qobilyatlarini shakllantirish shart-sharoitlari keltirib o’tilgan 
    Kalit so’zlar: tadbirkorlik, muloqot, boshqaruv, xulq-atvor, xususiyatlar, rahbar, 
    motivatsiya. 
    ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ОБРАЗА СОВРЕМЕННОГО 
    ПРЕДПРИНИМАТЕЛЯ 
    Аннотация. В данной статье описаны психологические особенности 
    современного предпринимателя и условия формирования у него лидерских качеств. 
    Ключевые слова: предпринимательство, общение, управление, поведение, 
    характеристики, лидер, мотивация. 
    PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE IMAGE OF A MODERN 
    ENTREPRENEUR 
    Abstract. This article describes the psychological characteristics of a modern 
    entrepreneur and the conditions for the formation of his leadership abilities. 
    Keywords: entrepreneurship, communication, management, behavior, characteristics, 
    leader, motivation. 
    “Tadbirkorlik 
    – 
    bu 
    muloqotdir. 
    Muloqot 
    – 
    insonlar 
    o’rtasida 
    o’zaro 
    munosabatlar 
    jarayoni 
    bo’lib, 
    doimiy 
    ravishda 
    diqqat-e’tibor 
    talab 
    qiladi. 
    Tadbirkor 
    amalga 
    oshirayotgan 
    faoliyati 
    jarayonida 
    boshliqlar, 
    yollanib 
    ishlovchilar 
    va 
    boshqa 
    tadbirkorlar 
    bilan 
    muomalada 
    bo’ladi. 
    Bu 
    esa 
    o’z 
    navbatida 
    o’zaro 
    munosabatlar 
    shakllanishida 
    shaxsiy 
    sifatlar 
    rolini 
    e’tirof 
    etadi.  
    Tadbirkorlik 
    va 
    biznesni 
    tashkil 
    etishdagi 
    mehnat 
    motivasiyasini 
    o’rganishga 
    bag’ishlangan 
    izlanishlar 
    bir 
    talay 
    bo’lib, xorij 
    olimlari 
    ushbu
    yo’nalishda qator nazariyalarni ishlab chiqishgan. Tadbirkor rahbarning tashkilotchiligi mehnat 
    jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, ishlab chiqarish va tarbiyaviy jarayonlarga ta’sir ko’rsatish, 
    guruh faoliyatini oliy maqsadlarga qarata olish qobiliyati kabi masalalarni qamrab oladi 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor rahbar faoliyatining mazmuni uning 
    boshqarish san’atini nechog’lik egallagani, ya’ni odalarni jamoaga uyushtirish
    ishlarni 
    uzoq 
    va 
    yaqin 
    muddatlarga 
    rejalashtirish
    nazorat 
    qilish, 
    axborotlar 
    ayirboshlash, boshqarishni oqilona tashkil etish kabi mezonlar bilan ham izohlanadi. Bunda 
    tadbirkor rahbar ongliligi, tadbirkorliligi, ishlab chiqarishni ishning ko’zini bilib tashkil etishi, 
    belgilangan natijalarga erishishi, odamlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirib borishi 
    uning guruh, jamoa, jamiyat oldida ma’suliyat, burch tuyg’usini chuqur xis qilishi muhim 
    ahamiyatga 
    ega. 
    Tadbirkorning 
    tashkilotchilik 
    qobiliyati 
    hamma 
    narsada 
    muvaffaqiyatga 
    erishuvining muhim shartidir.


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    1365 
     Tadbirkor rahbarda tashkilotchilik qobiliyatining namoyon bo’lishi: Rahbarning odamlar 
    bilan til topib ishlash mahorati: Tadbirkor rahbarning mehnatga munosabatida 
    ishbilarmonligi: 
     Rahbar faoliyatida ijro etish qobiliyatining namoyon bo’lishi:
     Tadbirkor rahbarning qarorlarni qabul qilishdagi uquvi: 
     Tadbirkor rahbarning odamlarga munosabati: 
     Tadbirkor rahbarning o’z-o’ziga talabchanligi: 
    Tadbirkor 
    rahbar 
    kamsuqum, 
    qat’iy, 
    halol, 
    shijoatli 
    bo’lib, 
    ishchi- 
    xizmatchilarning 
    fikri, 
    taklifi, 
    mulohazalari 
    bilan 
    hisoblashib, 
    demokratik 
    usulda ish ko’radi. Shu bilan bir qatorda, korxonada intizomni, tartibni talabchanlik bilan 
    nazoratga 
    oladi. 
    Sifat 
    bilan 
    ko’rsatkichni 
    e’tibordan 
    chetda 
    qoldirmaydi. 
    Tadbirkor 
    rahbar 
    va 
    xodimlar 
    o’rtasidagi 
    ruhiy 
    psixologik 
    ziddiyatlar 
    kelib 
    chiqishga sabab:
     mehnat jarayonining noto’g’ri uyushtirilishi; 
     shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi; 
     jamoa a’zosining o’ziga xosligidir. 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor rahbar faoliyatining mazmuni uning boshqarish 
    san’atini nechog‘lik egallagani, ya’ni kishilarni jamoaga uyushtirish, ishlarni uzoq va yaqin 
    muddatlarga rejalashtirish, nazorat qilish, axborotlar ayirboshlash, boshqarishni oqilona tashkil 
    etish kabi mezonlar bilan ham izohlanadi. Bunda tadbirkor rahbar ongliligi, tadbirkorliligi, ishlab 
    chiqarishni ishning ko‘zini bilib tashkil etishi, belgilangan natijalarga erishishi, kishilarning m 
    oddiy va m a’naviy ehtiyojlarini qondirib borishi, uning guruh, jam oa, jamiyat oldida 
    mas’uliyat, burch tuyg'usini chuqur his qilishi muhim ahamiyatga ega. Tadbirkorning 
    tashkilotchilik qobiliyati hamma narsada muvaffaqiyatga erishuvining muhim shartidir. Qanday 
    tadbirkor rahbar muvaffaqiyatiga tez erishadi? Psixolog olimlar uning bir necha omillaiga 
    bog‘liqligini ta’kidlaganlar. Bular quyidagilardir: 
    Tadbirkor rahbarda tashkilotchilik qobiliyatining nam oyon bo'lishi:
     jamoada sof axloqiy muhit paydo qila olishi, hammaning hamkorlikda harakat qilishini 
    ta’minlay olishi;
     kishilarni ishontira olishi va jamoada o'zaro yaxshi m unosabatlarni qaror toptirish uchun 
    shart-sharoit yaratishi.
     Rahbarning kishilar bilan til topib ishlash mahorati:
     tadbirkor o ‘z qo'l ostidagilarning nimaga qodirligini hisobga olib ishlarni taqsimlashi;
     kishilarni uyushtirishning eng m uhim omillaridan foydalanishi;
    Tadbirkor rahbarning mehnatga munosabatida ishbilarmonligi quyidagilarda ko'rinadi:
     ishlab chiqarish va boshqa jabhalarda har xil muammolarni hal etishda eng qulay yo'llarini 
    izlab topish;
     vijdonlilik va adolatlilik; 
     boshlagan ishlarni oxiriga etkazish.
    Rahbar faoliyatida ijro etish qobiliyatining nam oyon bo'lishi:
     kasbiy malaka va ko'nikmaga ega bo'lishi;
     texnik vazifalarni hal etishga uquvliligi; 
     yangiliklar va g'oyalami ishlab chiqarishga joriy etib borishi.


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    1366 
    Tadbirkor rahbarning kishilarga munosabati:
     o'z va’dasi, so'zining ustidan chiqishi;
     kishilarni bir-biridan ajratmasligi hammaga bir xil m unosabatda bo'lishi;
     o'z qo'l ostidagilar va boshqalarga tavozeda bo'lishi va o'zini tuta bilishi, odobliligi va 
    xushmuomalaligi;
     kishilarga munosabatda har bir kishining ruhiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olib 
    muomalada bo'lishi.
    Tadbirkor rahbarning o'z-o'ziga talabchanligi quyidagilarda ko'rinadi:
     o'z xatti-harakatlarini tanqidiy baholay olishi;
     o'z imkoniyatlarini hisobga olib ishlashi;
     boshqalarning unga bergan ijobiy va salbiy baholarini tahlil etib, ulardan tegishli xulosa 
    chiqarishi. 
    Xulosa qilib aytganda tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy 
    asoslariga bog'liq bo'lmay, u insonlar, qo‘l ostida xizmat qiluvchi mutaxassislar va ishchilar
    ayniqsa, chet ellik hamkasblari biznesmenlar doirasida umumaxloqiy me ’yorlarga rioya qilishi 
    bilan ham baholanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning yarmidan ko‘prog‘i uning odobi, madaniyati, 
    dunyoqarashi, ishbilarmonlik qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog'liqdir. Bozor 
    iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. 
    Boshqaruv uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi.

    Download 0.6 Mb.
      1   2




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamonaviy tadbirkor imidjining psixologik xususiyatlari

    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish