Reja:
1.
2.
3.
Operatsion tizimlar bilan ishlash, mobil operatsion tizimlar va ularga| xizmat ko‘rsatish
Operatsion muhit haqida tushuncha. Operatsion tizim.
Operatsion tizimning turlari.
Operatsion muhit haqida tushuncha
Amaliy dasturlarni ishlab chiqish va ular bajarilishini ta’minlaydigan vositalar majmuasi. Operatsion muhit operatsion tizim, dasturiy ta’minot, amaliy dasturlar interfeyslari, tarmoq xizmatlari, ma’lumotlar bazalari va dasturlash tillaridan iborat.
Operatsion tizim
1. Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy
bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor
xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.);
xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);