b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab (chunki, negaki), maqsad (toki), shart (agar, agarda, basharti, mabodo), qiyoslash-chog’ishtiruv (go’yo, go’yoki, xuddi) ergashtiruvchi bog’lovchilari yordamida bog’lanadi. Sabab, maqsad, qiyoslash-chog’ishtiruv bog’lovchilari ergash gap boshida qo’llanadi va ergash gap bosh gapdan so’ng keladi. Bunday vaqtda yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Shart bog’lovchilari gap boshida keladi. Ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi. Ko’pincha shart bog’lovchilari qo’llanmasa ham, va shart mayli shakli qo’shma gap qismlarini bog’layveradi.
94- mashq Ko’chiring. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni va ergash gapning qanday ma’no ifodalayotganini ayting.
1. Ozgina hovliqib turishsa ham, cho’chishsa ham mayliga, negaki keyin yelkalaridan yuk arigan mahali tuyadigan shodliklari ham shunga yarasha bo’ladi. (Murod Muhammad Do’st) 2. Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga bundog’ to’nlar berar! (Abdulla Qodiriy). 3. Misralarda so’zlar gavhar kabi yonadi, go’yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi. (Oybek) 4. Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin. («G’uncha») 5. Vijdonni asrangiz har nedan ortiq, Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon. (A.Oripov)
95-mashq. Bosh gapga agar bog’lovchisi yordamida bog’langan ergashgan qo’shma gapga to’rtta misol topib, agar bog’lovchisini basharti, mabodo bog’lovchisiga almashtirib ko’ring.
Namuna: Agar boshingga qilich kelsa ham, to’g’ri gapir — Basharti boshingga qilich kelsa ham, to’g’ri gapir — Mobodo (Mabodo) boshingga qilich kelsa ham, to’g’ri gapir.
96-mashq. Gaplarni o’qing, ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida bog’langan ergashgan qo’shma gaplarni aniqlang va ularga izoh bering.
Kishida odob bo’lsa, ilm ham bo’lishi lozim. Odob shunday tojki, u aqlli, farosatli odamlar boshini bezaydi. Odobli odam tabibga o’xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko’ngildagi g’amni quvadi. Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir. Odob ulug’lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. Qaysi yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo’lsa, o’sha yer baxt maskanidir.
(«Sharq hikmatlaridan»)
97-mashq. Quyida berilgan gaplarni davom ettiring va bog’lovchi vositalarning gapdagi vazifalarini tushuntiring.
1. Donishmandlar so’zni javohirga o’xshatadilar, chunki... 2. Aytar so’zingni bilib ayt, chunki... 3. So’zning lazzati uni gapirishda emas, shuning uchun... 4. Til shirinligi ko’ngilga yoqimli, shuning uchun... 5. Har bir kishining so’zi aqliga yarasha bo’ladi, shu sababli...
98-mashq. Gaplarni ko’chiring. Qo’llangan va qo’llanmagan shart bog’lovchilarini aniqlang, ular qo’llanganda yuzaga keladigan ma’no kuchayishiga diqqat qiling.
1. Shuni yodda tutingkim, dilda e’tiqod butun bo’lsa, aslo naslimiz yo’qolmagay, tilimiz unutilmagay. E’tiqod susaysa, til emas, imon ham unutilgay. (Xurshid Davron). 2. Xalqim, tarix hukmi seni agarda, Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi, Qorliklarni makon etgan bo’lsayding, Mehrum bermasmidim o’sha muzlarga?. . . Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand bo’lsa, kechirma aslo! (A.Oripov).
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________
«Ona tili» 9-sinf
9-sinf «____» «_____________»
|