II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan gap qismlarining qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’langanini aniqlang.
1. Olim bo’lsang, olam seniki. (Maqol) 2. Kamtar bo’l, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi. («Tafakkur gulshani)
Bilib oling. Qismlari ergashtiruvchi bog’lovchilar yoki shunday bog’lovchi vazifasidagi so’zlar yordamida bog’langan qo’shma gaplar ergashgan qo’shma gaplar hisoblanadi.
79-mashq. Gaplarni ko’chiring. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlab, qo’shma gap turini ayting.
1. Agar qiz bo’lsang, otingni Kimsanoy qo’yaman, agar o’g’il bo’lsang, Kimsanboy qo’yaman. (Said Ahmad) 2. Men bilgan yovuz kishilar u yerda bor, shuning uchun men bormayman. (Omon Muxtor) 3. Hunar ado bo’lmas boylikdir, shu sababli yoshlik chog’ingdan boshlab biron-bir hunarni o’rganish payida bo’l. 4. Chin do’st yurakdan so’zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni aslo xohlamaydi. 5. To’g’ri so’z qilichdan o’tkir, shuning uchun hamisha rost so’zlashga odatlan.
80-mashq. Ko’chiring. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang.
1. Olloyorning eng zo’r sifati shuki, uning qo’lida yig’layotgan chaqaloqlar birdan yupanadi-qoladi. (Murod Muhammad Do’st) 2. Ot xo’rsinsa, ko’zidan yosh oqsa, bir falokat yuz beradi(ot xo'rsinsa, bir falokat yuz beradi). (Said Ahmad) 3. Oz yesang, ko’p yashaysan, shuning uchun hamisha qorningni ortiqcha to’ydirma. 4. Majlis vaqtida boshlanmadi, chunki rais ushlanib qoldi. (Omon Muxtor) 5. Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muomalada bo’ling. (U. Nazarov). 3/. Piyoladan bug' chiqib turmasa, choy ichganday bo'lmayman (O'. Umarbekov)
81-mashq. O’qing, ergashgan qo’shma gaplarni topib ko’chiring. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni aniqlang.
1. Ortiqcha g’urur obro’yingni yo’q qilur, shuning uchun o’zingni boshqalardan baland tutma. 2. Shuni unutmaginki, g’alvirda suv turmas. 3. Kimda aql oz bo’lsa, undagi shuhratparastlik shunchalik kuchayar. 4. Qo’rqoq keta turib maqtansa, jasur qaytib kelib maqtanadi. 5. Oraga shunday jimlik cho’kdiki, yuragi gupillab urayotgani aniq eshitila boshladi. (O’. Hoshimov)
83-mashq. Uyga vazifa. Matnni ko’chiring. Ergashgan qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang. Hikmatning mag’zini chaqishga urining.
Siringni barchaga aytishdan ehtiyot bo’l, chunki mulohazakor degan so’z ehtiyotkor bo’lish degandan boshqa narsa emas. Agar siringni saqlasang, u sening asiringdir, agar oshkor bo’lsa, sen siringning asiri bo’lib qolasan. (Ibn Sino)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________
«Ona tili» 9-sinf
9-sinf «____» «_____________»
ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR
20-dars BOSH VA ERGASH GAP
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
|