• 6-topshiriq.
  • -NAZORAT ISHI 1 8 -dars TEST SINOVI
  • Zbek tili darsning maqsadi




    Download 219.22 Kb.
    bet35/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219.22 Kb.
    #15586
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81
    4-topshiriq. Ham..., ham...; dam..., dam...; ba’zan..., ba’zan...; yo..., yo... bog’lovchilari ishtirokida gaplar tuzing. Ularning vazifasi va ma’nolarini tushuntiring.

  • 5-topshiriq. Uyga vazifa. O’zingiz sevgan badiiy asardan bog’langan qo’shma gaplarga 6 ta misol yozing. Bog’lovchi vositalarni va qo’shma gap qismlari o’rtasidagi mazmuniy munosabatni izohlang.

  • 6-topshiriq. Gaplarni o’qing, esa, bo’lsa bog’lovchilarining tagiga chizing. Gaplarni zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplarga aylantiring.

    Bulbul gulzorni izlaydi, boyo’g’li esa doim xarobani ko’zlaydi.

    Ahmoqning yuragi og’zida, aqllining tili esa yuragida bo’ladi.

    Yomon ot o’z egasini chohga qulatadi, yaxshi ot esa o’z sohibini halokatdan qutqaradi. 4. Nodon mol-dunyo yig’adi, aqlli odam bo’lsa boshqalarga yordam berib, bundan rohatlanadi. 5. Sabrning boshi achchiq, oxiri esa shirindir.

    Namuna: Ahmoqning yuragi og’zida, lekin aqlli odamning tili yuragida bo’ladi.



    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa: mashqlar tahlili

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    O‘TIBDO‘ _____________________________________

    «Ona tili» 9-sinf «____» «_____________» I CHORAK

    2-NAZORAT ISHI 18-dars TEST SINOVI

    Darsning maqsadi:

    a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

    b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

    c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

    Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

    Dars jihozi: TEST BANKI

    Foydalaniladigan adabiyotlar: TEST BANKI

    I. Darsning borishi:

    a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

    II. Darsning rejasi:

    a) Test tarqatish

    b) Test mavzulari yuzasidan suhbat

    c) Test yozdirish

    III. TESTLARDAN NAMUNALAR

    Qo`shma gaplar yuzasidan nazorat sinovi

    1. Gaplarni sodda va qo’shma gap kabi turlarga ajratishga asos bo’luvchi omilni aniqlang.

    A) ohang B) kesimlik belgisining miqdori C) eganing miqdori D) bog’lovchilar va bog’lovchi vazifasidagi vositalar

    2. Bog’lovchi vazifasidagi vositalarni toping.

    1) -u (-yu), -da, -ki yuklamalari; 2) ko’makchili qurilmalar; 3) bo’lsa, esa, deb so’zlari; 4) nisbiy so’zlar;

    5) ohang; 6) tinish belgilari; 7) shart mayli qo’shimchasi;8) kirish so’zlar

    A) 1, 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 1, 2, 3, 4, 7 D) 2, 3, 4, 6, 8

    3. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni toping.

    1) bog’lovchilar; 2) ohang; 3) tinish belgilari; 4) ko’makchili qurilmalar; 5) bog’lovchi vazifasidagi qurilmalar

    A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 5

    4. Bog’langan qo’shma gapni toping.

    A) Dono aybni o’zidan axtaradi, ahmoq esa do’stini ayblaydi B) Guli yo’q bo’stondan yaproq yaxshi, foydasi yo’q yo’ldoshdan tayoq yaxshi C) Hunar o’rgan, chunki hunarda ko’p sir, yopiq eshiklarni ochar birma-bir

    D) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi, seni to’ydiradi

    5. Bog’langan qo’shma gaplarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan yuklamalarni toping.

    A) –mi, -chi B) –u (-yu), -da C) –ku, -da D) –u(-yu), -ki

    6. Biriktiruv bog’lovchisi qo’shma gapning qanday munosabatda bo’lgan qismlarini bog’lab keladi?

    A) payt B) sabab-natija C) maqsad D) A va B

    7. Qismlari o’rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo’shma gaplarda ikkinchi qism oldidan qaysi so’zni qo’yish mumkin bo’ladi? A) shuning uchun B) oqibatida C) natijada D) sababli

    8. Qo’shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo’lgan qismlarini bog’lab keladigan vositalarni toping.



    A) biriktiruv bog’lovchilari B) zidlov bog’lovchilari C) ayiruv bog’lovchilari D) nisbiy so’zlar

    9. Zidlov bog’lovchilari qo’shma gapning qaysi qismida qo’llanadi va qo’shma gap qismlari qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?

    A) qo’shma gapning birinchi qismi boshida qo’llanadi. Tire bilan ajratiladi

    B) qo’shma gapning birinchi qismi ohirida qo’llanadi. Vergul bilan ajratiladi



    C) qo’shma gapning ikkinchi qismi boshida qo’llanadi. Vergul bilan ajratiladi

    D) qo’shma gapning ikkinchi qismi oxirida qo’llanadi. Tire bilan ajratiladi

    10. Qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradigan yuklamalarni toping

    A) –mi, -chi B) –da, -ku C) –u(-yu), -da D) –a(-ya), -u(-yu)

    11. Qo’shma gap qismlarida ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro’y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydigan bog’lovchilarni toping.

    A) ergashtiruvchi bog’lovchilar B) biriktiruv bog’lovchilar C) zidlov bog’lovchilar D) ayiruv bog’lovchilar

    12. Takror holda qo’llanganda ayiruv bog’lovchilari oldida qanday tinish belgisi qo’yiladi?

    A) nuqtali vergul B) vergul C) tire D) hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi

    13. Qaysi so’zlar qo’shma gap qismlarni bog’lash bilan birga ular o’rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi?

    A) nisbiy so’zlar B) bo’lsa, esa so’zlari C) agar, gar so’zlari D) shuning uchun, shu tufayli so’zlari

    14. Ergashgan qo’shma gapni toping.

    A) Jondan ortiq narsa yo’q, lekin do’stlar uchun jonimiz fido

    B) Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak C) Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muomilada bo’ling

    D) Sarbon shundog’ dedi-da, quchog’ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi

    15. Ergash gaplarni bosh gapga bog’lovchi vositalarni toping. 1) ergashtiruvchi bog’lovchilar;



    Download 219.22 Kb.
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81




    Download 219.22 Kb.