Zbek tili darsning maqsadi




Download 219,22 Kb.
bet39/81
Sana22.07.2021
Hajmi219,22 Kb.
#15586
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

Bilib oling. Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog’lanadi 1) ergashtiruvchi bog’lovchilar; 2) ko’makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli va boshqalar); 3) yuklamalar -ki); 4) nisbiy so’zlar (kim - o’sha, nima-shu, qayer-shu yer va boshqalar); 5) deb so’zi va boshqalar.


89-mashq. Ko’chiring. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang.

1. Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. (Said Ahmad) 2. Tilagim shuki, tog’a, ayam bilan ukalarim kishilarga muhtoj bo’lmasin. (Oybek) 3. Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun(,) u maxsus o’rganishni talab qiladi. (Murod Muhammad Do’st) 4. Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro’yi bir pul bo’ladi. (Olimjon Xoldor) 5. Kimki dushmani bilan olishganda ham insonparvarlikni unutmasa, u, albatta, yengadi. (Xurshid Davron) 6. Shamol qay tarafga essa, maysa ham o’sha tomonga egiladi. (Xurshid Davron)


90-mashq. Matnni o’qing. Qo’shma gaplarni ko’chiring. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang.

Ongli kishi deyilsa, ongga ega, aql-idrokli odam tushuniladi. Ongli hayot desak, bir maqsadga yo’naltirilgan turmush ifodalanadi. Ongli so’zi shunday odamlarni bildiradiki, ular voqelikni, ijtimoiy hayotni, o’zining mavqei hamda tarixiy va fuqarolik burchini yaxshi tushunadilar.(«Vatan tuyg’usi»)


91-mashq. O’qing, ergashgan qo’shma gaplarni topib ko’chiring.

1. Dalalarga chiqing, bahri dilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz. (Oybek) 2. Hayotimda kim uchundir foydali inson bo’lsam, bu mening eng katta yutug’imdir. 3. Shuni bilingki, vaqtning qadriga yetish, uni behuda o’tkazmaslik lozim. 4. Ikkovi ham men bilan qadrdonlardek so’rashdi, shuning uchun darrov suhbatimizga jon kirdi. (Abdulla Qahhor). 5. Ular mening aytganimni qilishadi, chunki men oilamizning kenjatoyiman. (E. A‘zamov)


93-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni ko’chiring. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang.

1. Amir Temur o’g’lining qilich tutgan qo’li baquvvat bo’lsin deb, kecha-kunduz mashq qildirdi, yuragi qo’rquv bilmasin deb, sher yuragini yedirdi, farosatli bo’lsin deb, kitobga oshna qildi. (Xurshid Davron) 2. Hasanali bekning yechinib yotishini kutib turardi, chunki uni yotqizib, yoqilgan shamni o’zi bilan narigi hujraga olib chiqmoqchi edi. (Abdulla Qodiriy) 3. Tojixon safardan ikki kun kechikib qaytibdi, shuning uchun brigadasidan hech ko’ngli tinchimayotgan ekan. (Abdulla Qahhor) 4. Agar Alloh oldida javobgar 4/.bo’lsang, boshing, shaksiz, kesilgay. (Xurshid Davron). 4/. Mabodo men chiqolmay qolsam, qo'ni-qo'shnilarga o'zing bosh bo'lib, borib kelaveringlar. (Xurshid Do'stmuhammad)


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________
«Ona tili» 9-sinf

9-sinf «____» «_____________»



ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR

22-23-dars ERGASHTIRUVCHI BOG’LOVCHILI

ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.


Download 219,22 Kb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81




Download 219,22 Kb.