• 2. BO‘LIM MAZMUNI
  • Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги




    Download 183,84 Kb.
    bet2/8
    Sana30.05.2024
    Hajmi183,84 Kb.
    #257878
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Xo\'jabekov Bahrom BMI Hayot xavfsizligi bo\'limi

    dots. I.X. Domuladjonov


    1. UMUMIY QOIDALAR
    O‘quv rejasining talablariga binoan har bir bitiruv ishining
    " Xayot faoliyati xavfsizligi " savollari ishlangan bo‘limi bo‘lishi zarur.
    Bu bo‘limda talabalarning nazariy bilimlari va amaliyotdagi tajribalari va ishlab chiqarish amaliyotida orttirgan tajribalari joylashtiriladi.
    Bitiruvchi bitiruv ishini bajarishda shikastlanish sabablarini, .texnologik jarayonni bajarishga yoki jixozlarni ishlatish va boshqarishga bog‘liq bo‘lgan kasb kasalliklari paydo bo‘lishini sabablarini ko‘ra bilishi lozim.
    U loyihalanayotgan ob’ektning asosiy xavfli va zararli omillar analiziga katta ahamiyat berishi, zararli va xavfli omillarni oldini oluvchi va texnika va texnologiyaning xavfsizligini ta’minlovchi, mashina-apparatlarni sozlash, tamirlash va boshqarishni qulaylashtiruvchi tadbirlarni tanlashi va asoslashi kerak.
    Ishni bajarishda qabul qilingan echimlarni samaradorligini mehnat xavfsizligi nuqtai nazaridan mehnat unumdorligi va iqtisodiy tomonidan baholashi lozim.
    Bu bo‘lim materiali ishning hisoblash-tushuntirish yozuvi qismini bayon qilishda keltiriladi.
    Bu qism xajmi hisob-tushuntirish xajmining 5% dan oshmasligi lozim.
    2. BO‘LIM MAZMUNI
    2.1. Loyixalanayotgan ob’ektining havfsiz va zararsiz mehnat sharoitini asoslash.
    - bitiruvchi taklif qilinayotgan zararsiz, xavfsiz mehnat sharoitini asoslashda, ob’ektdagi mashina jixozlarni ekspluatatsiya qilishda xosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararli va xavfli omillarni analizi asosida bajariladi va ular asosida mehnat jarayonida xodimlar xavfsizligini ta’minlovchi muxandislik echimlar belgilanib olinadi.
    - sexlar (stansiya, podstansiya, tarqatish tarmoklari),kompyuter xonalari hamda elektr mashinalarini (konstruktiv yo‘nalishi) loyihalashning mehnat muxofazasi bo‘limida loyihalanayotgan ob’ektlarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
    - kabel tayyorlash, izolyasiyalash materiallari ishlab chiqarish
    texnologik jarayonni ishlab chiqishda, elektrojixozlarni ishlab
    turish sharoitida ta’mirlashda xavfsizligini ta’minlash massalalari
    tayyorlash jarayonida sinash va tekshirilayotgan materiallarni
    ta’mirlashda ko‘zda tutiladi.
    - EXMda programmalashtirishga qaratilgan ishlar-ni bajarishda
    yoki ilmiy tekshirish xarakteriga ega bo‘lgan ishlarni bajarishda
    mehnat xavfsizligini ta’minlash masalalarini ishlab chiqish bilan
    birgalikda ish joyida qulay sharoit yaratish masalalari (intsrer,
    mikroiqlim, ish joyini tashkil qilish, yoritish va boshqalar) ko‘rib
    chiqiladi.

    • elektr jixozlarni ekspluatatsiya qilishda yong‘in chiqish va
      portlash xavfi bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan xolda bitiruvchi
      yong‘inga qarshi chora tadbirlarga aloxida ahamiyat berishi lozim.

    • barcha talabalar uchun xodimlar ta’mirlash ishlarini, sinov,
      ishlarini bajarishda va havo tarmoqlarida ish olib borilayotganda
      (va boshqalar) foydalaniladigan shaxsiy himoya vositalarini xarakte-
      ristikasi bilan birgalikda mehnat xavfsizligi masalalarini
      yoritishlari zarur.

    - tushuntirish xatida loyihalayotgan ob’ektning "Ishlab chiqarish
    sanitariyasi", "Texnika havfsizligi" masalalari yoritilgandan so‘ng
    himoyalovchi erga ulash va yashindan saqlovchi qurilmalar hisobi
    bajariladi.



    Download 183,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 183,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги

    Download 183,84 Kb.