|
- «TELEKOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI» YO‘NALISHI
|
bet | 3/8 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 183,84 Kb. | | #257878 |
Bog'liq Xo\'jabekov Bahrom BMI Hayot xavfsizligi bo\'limi3. 5350100 - «TELEKOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI» YO‘NALISHI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH XATINi “Xayot faoliyati xavfsizligi” bo‘limida yoritiladigan asosiy masalalar
3. Tushuntirish xatida
" Xayotiy faoliyat xavfsizligi " bo‘limining yoritiladigan asosiy masalalari
3.1. Loyihalashtirilgan ob’ektning qisqacha tavsifi.
- Mehnat sharoiti nuktai nazaridan loyhalanayotgan jixozning yoki
texnologik jarayoning tavsifi.
- Loyihalanayotgan ob’ektni ekspluatatsiya qilishda zararli va
xavfli faktorlar va ish sharoiti analizini tavsifi.
Bu bo‘limda texnologik jarayon mohiyati keltirilishi va loyhalanayotganssex, jixozlar, texnologik jaryon va boshqalar ishlashida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan faktorlarni keltirish lozim.
Ularni mexanik qurilmalar, elektr toki, zaxarli moddalar bilan zaxarlanishi, noqulay sanitariya - gigiena faktorlarini uzoq muddat ta’siridan kasbiy kasallik kelib chiqishi mumkinligi nuqtai -nazaridan ularning zararli va xavfli darajasi bo‘yicha baholanishi lozim.
3.2. Havfsiz va zararsiz mehnat sharoitini ta’minlash uchun tadbirlar ishlab chiqish
Barcha bitiruv ishlarida quyidagi masalalar bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi va analiz qilinadi.
3.2.1. Ishlab chiqarish sanitariyasi.
Ish zonasi havosi
Ish zonasi havosi – bu xodimlar ish joyida nafas oladigan va ularga ta’sir qiluvchi havo. Bu havo tarkibi va sifati xodimlarning sog‘ligi va mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir qiladi. Ish joylaridagi havo sifatini tartibga soluvchi me’yorlar va standartlar mavjud. Ular xodimlarning sog‘ligini saqlash va ish unumdorligini oshirishga qaratilgan. Ish zonasi havosi xodimlarning sog‘ligi va mehnat unumdorligini ta’minlashda muhim omildir. Ish joylarida to‘g‘ri ventilyatsiya, havo tozalash vositalari va mikroiqlim sharoitlarini ta’minlash orqali xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlari yaratilishi mumkin.
|
| |