• und (va)
  • Nemis tilida juft soʻz yasalishiga doir nazariyalar




    Download 1,37 Mb.
    bet9/52
    Sana06.06.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #260880
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
    Bog'liq
    Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvch

    Nemis tilida juft soʻz yasalishiga doir nazariyalar

    Nemis tilida juft soʻzlarning yasalishiga doir koʻplab nazariyalar 80-yillar oxiridan buyon hali ham nemis tilshunosligida dolzarb mavzu boʻlib qolmoqda. I. Chernisheva va M. Stepanovalar30 juft soʻzlarning struktural belgisi maʻno jihatidan bir-biriga yaqin boʻlgan soʻzlardan tashkil topadi, deb taʻkidlaydilar.
    E. Agrikola, „Juft soʻzlar har doim ikkita oʻxshash soʻzlardan iborat boʻladi. Ular oʻzaro yaqin munosabatdagi soʻzlardir“ deya taʻkidlaydi. Tilshunos olim F.Zeyler juft soʻzlarni qoidaga asosan und (va) bogʻlovchisi orqali, ayrim hollarda esa oder (yoki) bogʻlovchisi orqali bogʻlanishini taʻkidlab oʻtadi.
    Bu borada tilshunos olim K.Levkovskaya31 juft soʻzlarning maʻno kuchaytirish usullarini toʻrtga boʻlib oʻrganadi:

    1. Bir xil soʻzni takrorlash yoʻli orqali durch und durch (toʻla-toʻkis), über und über (huda-behuda), nach und nach (asta-sekin, oz-ozdan), halb und halb (yarim-yorti).

    2. Sinonim soʻzlar yoki bir-biriga yaqin soʻzlarni bogʻlash yoʻli bilan auf Schritt und Tritt (har qadamda, har yyerda, har joyda), Angst und Bange (es-xush).

    3. Turli maʻno kasb etuvchi soʻzlar, ammo ular orasida juda yaqin bogʻliqlik mavjud Haus und Hof (hovli-joy, uy-joy), Dreck und Speck (kir-chir).

    4. Maʻno jihatidan bir-biriga butunlay qarama-qarshi boʻlgan soʻzlarning bogʻlanishi yoʻli bilan: Himmel und Hölle (jannat va doʻzax), Himmel und Erde (yer-u osmon).

    Juft soʻzlar ikki soʻzning teng bogʻlanishidan hosil boʻlgan soʻzlar hisoblanadi. Juft soʻzlar har qanday tilda mavjud boʻlib, qaysidir maʻnoda oʻsha tilning boyishi uchun ham oʻzining salmoqli hissasini qoʻshadi. Nemis tilida juft soʻzlar yasalishi muammosiga toʻxtaladigan boʻlsak, juft soʻz yasalishida xuddi frazeologizmlar kabi yangi soʻz yasalishiga guvoh boʻlamiz. Shuningdek ular soʻz birikmasi ham boʻla olishadi. Juft soʻzlar frazeologizmlarning bir qismi sifatida talqin qilinadi. Koʻpgina olimlar juft soʻzlarning yasalish hodisasini turlicha izohlaydilar. Juft soʻzlar har doim ikkita (ayrim hollarda esa uchta) oʻxshash soʻzlardan iborat boʻladi. Ular oʻzaro yaqin munosabatdagi soʻzlardir.
    Juft soʻzlarda aniqlik oʻzaro yonma-yon qoʻyilgan soʻzlar orqali (bir xil yoki maʻno jihatdan teng), umuman koʻpgina holatlarda ayni oʻshalarning maʻno anglatuvchi turkumi bilan aks ettiriladi. Masalan: „Lug und Trug“ (yolgʻon-yashiq), klipp und klar (aniq-tiniq), yoki „Schickimicki“ (olifta-satang) kabilar misol boʻla oladi. Bundan tashqari nemis tilida, juft soʻzlarning „barqarorlik“ deb ataluvchi tipik xususiyati kamdan-kam almashinuvchan yoki oʻzgaruvchandir.
    Ular quyidagicha:
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




    Download 1,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nemis tilida juft soʻz yasalishiga doir nazariyalar

    Download 1,37 Mb.