• Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
  • „Paarformel“ (juft shakllar) ( I.Brandsh ) , „Wortpaar“ (juft soʻzlar) , „Binomiale“, (juftlik) (V. Hofm ay ster )
  • „formelhafte Wendungen“ (shaklli soʻz birikmalari)
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi




    Download 1,37 Mb.
    bet8/52
    Sana06.06.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #260880
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
    Bog'liq
    Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvch

    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro va 5 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda maʻruzalar qilingan, ilmiy-metodik seminarlarda muhokamadan oʻtkazilgan.
    Tadqiqot natijalarining eʻlon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 16 ta ilmiy ish chop etilgan, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiyasi komissiyasi tomonidan dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalarini nashr etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 9 ta ta maqola, shulardan 6 tasi respublika va 3 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan.
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Tadqiqotning hajmi 120 sahifani tashkil qiladi.

    I. BOB. NEMIS VA OʻZBEK TILLARIDA JUFT SOʻZLAR VA ULARNING TASNIFLANISHI

      1. Nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlarning oʻrganilish tarixi va tasnifi

    Juft soʻzlar (Zwillingsformeln) nemis tilining frazeologik tizimida oʻziga xos guruhni tashkil qiladi va koʻpincha maxsus sintaktik tuzilishga ega boʻlgan va komponentlari frazeologik maʻno beruvchi birikmalar juft soʻzlar deb tasniflanadi. Juft soʻzlar binominal, shuningdek, juftlik formulasi deb ham nomlanadi. Komponentlari frazeologik maʻno beruvchi juft soʻzlar, hatto V.Flaysher tomonidan maqol formulalari deb ham atalgan, ular asosan tilshunos olimning fikriga koʻra formulali, odatiy shaklni ifodalaydi. Ular bir xil nutq qismining asosan bir-biri bilan sinonimiya yoki antonimiya orqali bogʻliq boʻlgan ikki xil (yoki bir xil) soʻzlarning birikmasidir. Koʻplab tilshunoslar ilmiy ishlarida juft soʻzlarga nisbatan turli terminlardan foydalanishgan: „Paarformel“ (juft shakllar) (I.Brandsh), „Wortpaar“ (juft soʻzlar), „Binomiale“, (juftlik) (V.Hofmayster), „Zwillingsformeln“ (egizak shakllar), „sprichtwörtliche Formeln“ (maqol shakllar) (A.Iskos, A.Lenkova), „Doppelungen“ (takror soʻzlar) va „formelhafte Wendungen“ (shaklli soʻz birikmalari) kabi nomlar shular jumlasidandir. Soha mutaxassislari A. Iskos va A. Lenkova oʻzlarining „Lesestoffe zur deutschen Lexikologie“ asarida juft soʻzlarga nisbatan „Zwillingsformeln“, „sprichtwörtliche Formeln“ va „Wortpaare“ terminlarini qoʻllashgan. V.Hofmayster esa „Sammlung der gebräuchlichen Zwillingsformeln in der deutschen Gegenwartssprache“9 asarida „Wortpaar“, „Binomiale“ kabi ikki terminlardan foydalangan. E.Assenine ham oʻzining ilmiy maqolasida „Wortpaare“ terminidan, tilshunos olim I.Brandsh esa faqatgina „Paarformeln“ terminidan frazeologik birlik sifatida foydalangan.10 SH.Imyaminova, G.Tilovova oʻzlarining „Nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlar“ qoʻllanmasida, „Bugungi kunda juft soʻzlar koʻpgina tillarda bir necha nomlar bilan ataladi va aynan nemis tilida inobatga olingan alohida nomi mavjud emas, shuning uchun nemis tilida „Wortpaare“ va „Zwillingsformeln“ terminlari koʻproq qoʻllaniladi“,11- deb taʻkidlab oʻtganlar. Juft va takroriy soʻzlarning maʻno mohiyati va termin sifatida ham bir-biriga oʻzaro yaqinligi va oʻxshashligi hamda bu ikki xil soʻz turkumi, ularning bir-biriga munosabati haqida turli fikrlar paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Shuningdek, juft soʻzlar asosan ikki guruhga, yaʻni sof juft soʻzlar va takroriy juft soʻzlarga ajratiladi. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa juft va takror soʻzlarni umumiy belgilarga ega boʻlgan turli soʻz kategoriyalari deb taʻriflashadi va ularni alohida guruhlarga boʻlishadi. H.Myuller 2000 - yildagi ilmiy tahlili natijasida juft soʻzlar haqida shunday deb yozadi:
    Tilshunoslikda juft soʻz termini ifodani kuchaytirish (mustahkamlash, toʻplash, jamlash, urgʻu, taʻkidlash) maqsadida yoki yonma-yon qoʻllangan (bir xil yoki teng ahamiyatga ega) ikki komponent maʻnosida ishlatiladi - koʻp hollarda esa bir xil maʻnoni ifodalaydi. Shunday ekan, ikki soʻz yoki soʻz komponentlari, masalan, boʻgʻinlar orqali amalga oshiriladi. Juft soʻzlar bevosita yonma-yon boʻladi yoki ular bir-biriga bogʻlovchilar orqali bogʻlanadi. Biroq, umumiy maʻno asosan majoziy maʻnoga ega boʻlib, bu ikki soʻzning aniq individual maʻnosiga mutlaqo mos kelmaydi“12.
    Yuqoridagi fikrda muallif juft soʻzlarni tor maʻnoda belgilaydi. Ammo, juft soʻzlarning oʻziga xos bir qancha xususiyatlarini taʻkidlab oʻtadi. Juft soʻzlar kuchaytirilishi, koʻp marotaba uchrashi, urgʻuning toʻgʻri tushirilishi va empfazaga koʻra ham farqlanadilar. Nemis tilida oʻzbek tilidan farqli ravishda juft soʻzlardagi soʻz birikmalarini har doim aniq qilib ifodalashning imkoni yoʻq, chunki nemis tilida juft soʻzlarni ikki xil talqin qilish mumkin. Ikkita soʻzning kombinatsiyasi natijasida kelib chiqadigan aniq maʻno va yaxlit boʻlmagan maʻno sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, buni quyidagi misollar orqali koʻrsatish mumkin: auf und ab (tepaga pastga), gut und böse (yaxshi – yomon), heiß und kalt (issiq-sovuq), Katz und Maus (mushuk-sichqon), Tag und Nacht (kun-u tun), Angst und Bange (es-xush), Art und Weise (yoʻl-yoʻsin), Weh und Ach (oh-voh),13 va shu kabilar.
    Tilshunos olimlarning ilmiy nazariyalarigina emas, balki juft soʻzlarga nisbatan turli terminlardan foydalanishgani ham ahamiyatlidir.
    Ushbu dissertatsiya nemis tilidagi juft soʻzlar va ularning oʻzbek tilidagi ekvivalentlarining chogʻishtirma tadqiqiga bagʻishlangan. Oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi. Juft soʻzlar aslida lingvistik hodisa sifatida nimani ifodalaydi?
    Juft soʻzlar frazemaga oʻxshash, ammo gap koʻrinishida boʻlmagan va asosiy lugʻat tarkibiga kiruvchi birikmalardir. Nemis va oʻzbek tillari bunday ixcham, maʻnodor iboralarga juda boy. Ushbu dissertatsiyada tanlab olingan nemis tilidagi juft soʻzlar oʻzbek tili bilan chogʻishtirib oʻrganildi. Bu iboralarning paydo boʻlishi juda qadim zamonlarga borib taqaladi, ammo ularning koʻplari shu kungacha saqlanib qolgan.
    U.Shryoter birinchi boʻlib juft soʻzlar Zwillingsformeln, Zwillingspaare, Paarformeln kabi terminlarni qoʻllagan.
    Nemis tilida juft soʻzlar yuqorida keltirilganidek, tilshunoslar tomonidan turli xil terminlar bilan berilgan, bu holat esa, albatta, nomutanosiblikka olib keladi. Zwillingsformeln va Wortpaare terminlar odatda sinonim hisoblanadi. Lekin Z.Gergieva nemis iboralarini oʻrganish asosida ushbu ikki tushunchani ajratadi. Wortpaare — bu turli xil soʻzlarning birikmasi (sinonimlar, antonimlar boʻlishi mumkin. Masalan, Tag und Nacht, klar und deutlich), Zwillingsformeln esa – ikki bir xil soʻz birikmasi, yaʻni „egizak komponentlar“dir. Oʻzbek tilida esa oʻzbek tilshunos olimlari faqat juft soʻz terminidan foydalanishgan. Shuning uchun nemis tilida tilshunoslar tomonidan eng koʻp foydalanilgan va oʻzbek tiliga maʻnosi mos keladigan „Wortpaaretermini maʻqul deb hisoblandi.
    Bundan tashqari rus tilshunosligidagi juft soʻzlar tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, Совет да любовь, любо-дорого, есть поедом –iboralarning shakl va maʻno darajasidagi ikkilamchilik tamoyili, yaʻni reduplikatsiya, takrorlash, tavtologiya namoyon boʻladi.
    Masalan, rus tadqiqotchilarining taʻkidlashicha, boshqa slavyan tillariga umuman yoki qisman xos boʻlmagan juft soʻzlar ham uchraydi. Biz lingvistik adabiyotlarda mavjud boʻlgan rus tilidagi boshqa slavyan tillari kesimida kuzatilgan juft soʻzlarning paydo boʻlishi, oʻziga xos xususiyatlari borasidagi nuqtai nazarlarni oʻrganishni maʻqul deb topdik.
    Rus tilshunos olimlari koʻplab monografiya va ilmiy maqolalarda juft soʻzlar tadqiq etilgan, biroq ularning xilma-xilligi, lingvistik va nutqiy materiallarning turlichaligi ushbu grammatik kategoriyaning nomlanishini murakkablashtiradi. Umumlingvistik paradigmadagi juft soʻzlarga bagʻishlangan bir qator ishlarda, asosan, dvandva (hind tilshunoslari termini) termini, juft soʻzlar (rus tadqiqotlarida uchraydigan termin), kopulyativ uyushmalar (nemis termini), binomlar (internatsional qabul qilingan termin). Juft soʻzlar haqidagi rus tilidagi tadqiqotlarda juft nomlanishlar yoki sintagma formulalari (V.Kolesov), aynan soʻzlar (A.Potebnya)14, tavtologizmlar (L.Royzenzon, A.Bushuy), tavtologik frazeologizmlar va qofiyalangan frazeologik birliklar (V.Mokienko)15, reprezentativ juftlar (A.Xrolenko), reduplikatsiya (F.Minlos)16 va boshqalar qoʻllaniladi.
    Juft soʻz mantiqiy jihatdan chegaralari aniq boʻlmagan ikki katta turli koʻrinishdagi reduplikatsiya va juft soʻzlar guruhlariga boʻlinadi. Ularning har biri oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, ular asosida tadqiqotlarni tasniflash imkoni yuzaga keladi.
    1900-yilda M.Djafar rus tilidagi bu kabi tuzilmalar – turkiy tillarning taʻsiri, degan taxminni keltirgan. Turkiy tillarda birinchi tovushning qaytalanishi hamda boshlangʻich guruhdagi m tovushli undoshlarning ikkinchi komponenti – keng tarqalgan hodisa hisoblanadi. Reduplikatsiyaning bunday turini A.Reformatskiy, N.Trinitskaya, Y.Plen, I.Pachay, F.Minlos kabi tilshunos olimlar kengroq koʻlamda oʻrganishgan17.
    S.Nikolayev oʻzining „Что такое хухры-мухры“ maqolasida quyidagi taxminni keltiradi: ,,Koʻplab (takrorlanishlar) soʻzlar boshidagi undoshlarning bir maromda almashinuvi rus tili tarkibiga oʻzlashish orqali kirib qolganʻʻ. Shu bilan bir qatorda muallif шурум-бурум, хурда-бурда va h. kabi koʻplab turkiy tillardan oʻtgan oʻzlashmalar mavjudligini ham taʻkidlaydi. Shunday qilib, turkiy tillardan nafaqat reduplikatsiya modellari, balki alohida iboralar ham oʻzlashganligi maʻlum boʻldi. S.Nikolayev18 shu kabi soʻzlarning barchasi ham oʻzlashmagan, balki ularning negizida asl rus soʻzlari ham mavjud ekanligini, masalan: тары-бarы, трень-брень va hokazolarni taʻkidlaydi19.
    Qiziqarli jihati shundaki, shu turdagi reduplikatsiyalar nafaqat sharqiy slavyan tillariga, balki bolgar (кифари-муфари, спирки-мирки va h.) tiliga ham xos. M-reduplikatsiyaning bolgar tilida oʻzlashishiga esa asosiy til – turkiy tillar sabab boʻlgan20, lekin rus tilidagi m-reduplikatsiyalardan farqli ravishda, bolgar juft soʻzlari tilning aniq faktlari boʻlmay, balki xuddi turkiy tillardagi kabi spontan nutq hodisasi va oʻz funksiyalariga koʻra turkiy takrorlanishlarga mos keladi. Ular „bildirayotgan hodisa, jarayon, belgilar urgʻu berish, taʻkidlashni anglatadi“. Shu bilan birga, xuddi rus tilidagi kabi „gohida maʻlum darajadagi peyorizatsiya (soʻz maʻnosi qiymatining pasayishi, yomonlashishi) kuzatilsa, boshqa tomondan sintez va umumlashtirish kuzatilgan “21.
    Sharqiy slavyan tillarida reduplikatsiyalarning yana bir mahsuldor turi – sh-reduplikatsiyalar sanaladi (танцы-шманцы). Ushbu toifadagi reduplikatsiyalarda ikkinchi komponentning boshidagi undosh tovushi “см/шм”ga almashtiriladi. Bu model rus tilida idiolektlar tufayli vujudga kelgan boʻlib, ular, oʻz navbatida, ish taʻsiri ostida boʻlgan22.
    V.Belikov rus tilida yana bir reduplikatsiyani koʻrsatib oʻtadi. Bu juft soʻzlardagi ikkinchi komponentning tabu (taʻqiqlangan yoki ishlatilishi mumkin boʻlmagan soʻzlar) leksika darajasida buzilishi hisoblanadi. Shunday qilib, ushbu koʻrinishdagi reduplikatsiyani toʻlaqonli rus tiliga oid ekanligini bemalol taʻkidlashimiz mumkin.
    Reduplikatsiya konstruksiyasi turkiy tillardan rus tiliga oʻz fonetik xususiyatlarini yoʻqotmagan holda oʻzlashganligiga qaramay, rus juft soʻz va oʻzlashgan qatlamdagi juft soʻzlar taqqoslanganida, bir qator stilistik, semantik, funksional koʻlamdagi farqlar aniqlandi.
    M.Djafarning qayd etishicha, fors tilida F.Fortunatovga iqtibos keltirgan holda „juft-tarkibiy jumlalar“ iborasini qoʻllaydi. Uning taʻkidlashicha, „bu kabi juft soʻzlarni ixtiyoriy forscha soʻzlar misolida ham tuzish mumkin. Masalan, pul – qogʻozli pullar, pul-mul – qogʻozli va tangali pullar“.
    U keltirgan tasnif juft soʻzlarni tahlil qilayotgan koʻplab tilshunos olimlar uchun poydevor vazifasini bajaradi. Ushbu iboralarning manbai, tilshunos nuqtayi nazariga koʻra, asl xalq poeziyasi hisoblanadi. A. Yevgeneva ham oʻzining „Очерки по языку русской устной поэзии в записях XVII - XX vv.“ monografiyasida xuddi shu fikrni yoqlab chiqadi. V. Kolesov ham yuqoridagi fikrlarga qoʻshilgan holda, rus tilidagi juft soʻzlar qisman xalq nutqi va folklor uchun yaratilganligini taʻkidlaydi.
    Rus tilidagi м- va ш-reduplikatsiyalarning oʻziga xos farqli jihatlari shundan iboratki, ularda stilistik boʻyoqdorlik mavjud emas, aksincha, ekspressivlik kuzatiladi23.
    Bundan tashqari, turkiy tillarda shunga oʻxshash iboralar nutqning turli uslublarida qoʻllaniladi. Yаna shuni taʻkidlash lozimki, soʻzlarga bu koʻrinishdagi buzuvchi soʻz-ulamalarni qoʻshish eshituvchi uchun gohida maʻlum bir konnotatsiyaga ega boʻlsa, baʻzida unga ega boʻlmasligi, maʻlum bir tilga ega shaxsni tavsiflovchi til oʻyini hisoblanishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, xuddi shunday reduplikatsiyalarning aksariyati individual jihatdan boyitilgan boʻlishiga qaramasdan, nutq davomida paydo boʻlishi va yoʻqolib ketishi ham tabiiy holdir.
    Juft soʻzlarning paydo boʻlishini tadqiq etish borasida taniqli tilshunoslar va faylasuflar juft soʻzlarni qoʻlyozmalar, odatiy adabiy asarlar, folklor janri, xalq nutqi misolida oʻrganishga urinishgan.
    A. Potebnya24 oʻzining „Записки по русской грамматике“ asarida folklor janri va xalq nutqidagi birinchi va zalvorli juft soʻzlar borasidagi tafsilotlarini yoritib bergan. U keltirgan tasnif juft soʻzlarni tahlil qilayotgan koʻplab tilshunos olimlar uchun poydevor vazifasini bajaradi. Ushbu iboralarning manbai, tilshunos nuqtai nazariga koʻra, asl xalq poeziyasi hisoblanadi. U xalq poetikasiga xos boʻlgan iboralardan formula sifatida foydalanadi va ularni rus tilining oʻziga xos grammatik kategoriyasi misollari, deya izohlaydi. V.Felitsina va V.Mokienko25larning frazeologik lugʻatlaridagi нежданно – негаданно, ми-дорог, любо – дорого kabi konstruksiyalar buyuk rus xalq nutqiga xosligi taʻkidlanadi. A. Evgeneva ham oʻzining „Очерки по языку русской устной поэзии в записях XVII - XX vv.“ monografiyasida xuddi shu fikrni yoqlab chiqadi. V. Kolesov26 ham yuqoridagi fikrlarga qoʻshilgan holda, rus tilidagi juft soʻzlar qisman xalq nutqi va folklor uchun yaratilganligini taʻkidlaydi.
    Ayni shu paytda A. Potebnya хлеб-соль, отец-мать koʻrinishidagi rus konstruksiyalari, xitoy birikmalari, hind tilidagi iboralarning semantik va struktur jihatidan oʻxshashligiga ishora qiladi.
    Slavyan tili tadqiqotchisi chexoslovakiyalik K.Goralek slavyan xalqlari xalq qoʻshiqlarini tadqiq etish asnosida sharqiy slavyan hamda gʻarbiy slavyan xalq qoʻshiqlarining oʻziga xosligi – juft soʻzlarning mavjudligi yoki mavjud emasligida degan fikrni ilgari suradi27. Turli janrlardagi folklor asarlarining qiyosiy tahlilida sharqiy slavyan matnlaridagi juft konstruksiyalarning chex va polyak tillariga nisbatan ustunligi yaqqol koʻzga tashlanadi.
    I.Pachay Sharqiy Yevro osiyo tillarida „yigʻindi koʻrinishidagi juft soʻzlarning“ oʻziga xos funksiyasiga alohida urgʻu beradi28. Juft soʻzlar semantikasining ushbu xususiyatini A. Potebnya avvalroq payqagan: ,,Bir-biri bilan muqobil boʻlmagan xususiyliklarni taqqoslash mantiqiy qonuniyatning buzilishi emas, balki maʻnoni taʻkidlash usuli, umumlashtirish usuli, baʻzida esa – shu kabi predmetlarning ajoyibligini, gʻayritabiiyligini hamda oʻziga xosliklarini tasvirlash maʻnosidagi ideallashtirish hisoblanadiʻʻ.29 B.Velxlining „Парные слова и естественная сочинительная связ “ asarida turli oila tillariga mansub tillardagi juft soʻzga xos xususiyatlar haqida soʻz boradi. Juft konstruksiyalarning bu xususiyatlari iboralarning komponentlari sinonimik juftliklardan iborat boʻlgan holda oʻrta asrlardagi rus tillariga oʻziga xos maʻno kasb etgan.
    Xulosa qilish mumkinki, juft soʻzlarni nemis tilida klassifikatsiyalashga asosan H.Burger, V.Flaysher, H.Myuller, V.Hofmayster kabi nemis tilshunos olimlari katta hissa qoʻshgan. Keyinchalik esa E.Zayler juft soʻzlarining klassifikatsiyalash davri bilan birgalikda ularni qoidaga asosan yasalish usullarini tadqiq qilgan. Nemis tilidagi juft soʻz terminlaridagi notmutanosibliklarni koʻrish mumkin. Sababi nemis tilshunoslari juft soʻz terminini tadqiqotlarida turlicha qoʻllashgan. Oʻzbek tilshunos olimlaridan N.Mamatov va A.Hojiyevlar oʻzlarining tadqiqotlarida faqatgina juft soʻz termini qoʻllanilishi haqida fikr bildirishgan. Juft soʻz termini nemis tilida turlicha nomlar bilan keltirilishi, oʻzbek tilida esa faqatgina juft soʻz terminidan foydalanishi Ikki chogʻishtirilayotgan tillardagi farqli jihatlardan biri sanaladi.




      1. Download 1,37 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




    Download 1,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi

    Download 1,37 Mb.