• Ilmiy tadqiqot natijalarining ishonchliligi
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
  • Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi




    Download 1,37 Mb.
    bet6/52
    Sana06.06.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #260880
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
    Bog'liq
    Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvch

    Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
    ikki qiyoslanayotgan tillarda qayd qilingan juft soʻzlarning struktur-semantik xususiyatlarini chogʻishtirma aspektda tadqiq etish uchun V.Hofmaysterning „Sammlung der gebräuchlichen Zwillingsformeln in der deutschen Gegenwartssprache“ (Zamonaviy nemis tilida juft soʻz formalari) hamda Ruska Simeonova va Sanna Dimitrovaning „Deutsch-Bulgarisches Lexikon der Zwillingsformeln“ (nemis-bolgar tillarida juft soʻzlar) lugʻatlaridan toʻplangan juft soʻzlar qariyb 1000 tani tashkil etdi. Ular asosida, „Nemischa-oʻzbekcha juft soʻzlar lugʻati“ning bosma va umumiy juft soʻzlar yigʻindisidan „Nemischa-oʻzbekcha juft soʻzlar“ elektron mobil ilova dasturi yaratilgan;
    yaratilgan bosma va elektron lugʻatlar oliy oʻquv yurtlarida tillarni chogʻishtirib oʻqitish va oʻrganishga, chogʻishtirma va qiyosiy tilshunoslik sohalari boʻyicha maxsus seminar-treninglarni tashkil qilish amaliyotiga tadbiq qilingan.
    Ilmiy tadqiqot natijalarining ishonchliligi olingan xulosalarning ishonchliligi va barqarorligi, nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlarning tarkibini, ularning semantik jihatdan oʻxshashligi va farq qiluvchi jihatlari va ekvivalentlik darajasi aniqlanganligi, respublika miqyosidagi va xorijiy jurnal, konferensiyalar toʻplamlarida maqolalar nashr qilinganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinganligi, olingan natijalarning vakolatli davlat tuzilmalari tomonidan tasdiqlanganligi bilan belgilanadi.
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, qardosh boʻlmagan turli tizimli tillar, yaʻni nemis va oʻzbek tillari materiali asosida juft soʻzlarning shakllanish omillarini tadqiq qilish, ularning har ikkala tilda qoʻllanishida oʻzaro mosligini tahlil qilish va shu bilan birga juft soʻzlarning muhim birlik sifatida lingvistik nuqtai nazardan tadqiq etilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, “Chogʻishtirma tilshunoslik”, “Leksikologiya”, “Qiyosiy tipologiya”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fanlarini oʻqitishni rivojlantirishda alohida rol oʻynaydi. Ishdagi tilshunoslikning zamonaviy tendensiyalari nuqtai nazaridan yondashuvlar nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlar semantikasini chuqurroq yoritib berish imkoniyatini beradi.

    Download 1,37 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




    Download 1,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

    Download 1,37 Mb.