|
Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
|
bet | 3/52 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #260880 |
Bog'liq Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvch103
XULOSA...............................................................................................
|
105
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI..
|
107
|
Kirish
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon tilshunosligida muayyan xalqning oʻzligi, turmush tarzi, tafakkuri, dunyoqarashi, oʻtmishi va kelajagini aks ettiruvchi hodisa hisoblangan juft soʻzlar va ularning milliy xususiyatlarini tilning umumiy qonuniyatlari bilan bogʻliq holda tadqiq etish hanuzgacha dolzarb boʻlib qolmoqda. Hozirgi zamon tilshunosligida juft soʻzlarning lingvistik xususiyatlari va ularning shakllanish omillarini tadqiq etish boʻyicha izlanishlar olib borish keng tus oldi.
Dunyo tilshunosligida leksikografiya masalalari, lugʻat tuzish anʻanalari, til oʻrgatishning samarali usullarini xorijiy tillar taʻlimiga joriy etish orqali til oʻrganuvchilariga qulayliklar yaratish doimo tilshunos olimlar eʻtiborida boʻlib kelgan, shuning uchun turli xil lugʻatlar tuzish, mavjud lugʻatlarning strukturasi va mohiyatini oʻrganish, ularning qiyosiy tahliliga bagʻishlangan tadqiqotlarga talab kuchaymoqda. Tilshunoslikda alohida oʻrin tutuvchi juft soʻzlarning struktur-semantik xususiyatlarini bir necha til tizimida chogʻishtirib oʻrganish ilmiy ehtiyoj hisoblanmoqda. Juft soʻzlar faqatgina kundalik hayotdagi nutqimizdagina qoʻllanilib qolmasdan, balki badiiy adabiyotda ham oʻz ifodasini topishi, tilda oʻziga xos dolzarbliklar kasb etishi ham muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda “Yangi Oʻzbekiston” barpo etilayotgan va “Uchinchi Renessans” poydevori yaratilayotgan hamda taʻlim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning hozirgi davrida ilm-fanning barcha sohalari qatorida chogʻishtirma tilshunoslik rivojiga ham alohida eʻtibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz: “Hozirgi kunda yosh avlod vakillarining bilim olishi, ilm-fan, innovatsiyalar, adabiyot, sanʻat va sport sohasidagi istedod va salohiyatini yuzaga chiqarishi, ularning jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga ustuvor ahamiyat bermoqdamiz”1,- deb taʻkidlagan edi. Yangi Oʻzbekistondagi rivojlanayotgan ilm-fan sharoitida tilshunoslik, xususan, chogʻishtirma tilshunoslik sohasida ham chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyati yaralmoqda. Natijada nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlarni struktur-semantik tadqiq etish hamda bu boradagi ilmiy izlanishlarni yanada chuqurlashtirish zarurati tugʻildi.
Juft soʻzlar oʻzining xalqchilligi, badiiy ifodaga boyligi va tilimizni qaysidir maʻnoda goʻzal qilishi bilan ham dolzarblik kasb etadi. Nemis tilidagi juft soʻzlar tilshunos olimlarning koʻplab vakillari tomonidan oʻrganilgan. Lekin oʻzbek tilida ushbu masalada biroz oqsashlar koʻzga tashlanadi. Shuning uchun ham aynan ikki qarindosh boʻlmagan tillarni chogʻishtirib oʻrganish ishimizning dolzarbligini koʻrsatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son “Oliy taʻlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy taʻlim muassasalarida taʻlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʻlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”, 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʻlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda mazkur faoliyat bilan bogʻliq boshqa meʻyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini taʻminlashda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
|
| |